Pedagogik amaliyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati


 Ma’bud Upuat (yo’l ochuvchi), Osirisning birinchi jangchisining kirib kelishi



Download 303,18 Kb.
bet37/56
Sana29.06.2022
Hajmi303,18 Kb.
#718127
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56
Bog'liq
5-mavzu. Pedagogik amaliyotda mantiq, axloq va estetikaning ahamiyati.

1. Ma’bud Upuat (yo’l ochuvchi), Osirisning birinchi jangchisining kirib kelishi.
2. Osirisning qayiqda suzib kelishi va unga dushmanlarning hujum qilishi.
3. Makkor akasi Set tomonidan Osirisning o’ldirilishi.
4. Ma’bud Tot tomonidan jasadning qayiqda olib ketilishi.
5. Osirisning o’ldirilgan joyi – Neditda ko’milishi.
6. Tirilgan Osirisning Abidosdagi o’z ibodatxonasiga qaytishi va umumxalq tantanasi.
Ko’rinishlarning hammasida bosh rolni Osirisning o’g’li – ma’bud Gor o’ynagan. Gor rolini esa a’yon Ixernofretning o’zi ijro etgan.
Heradot yunonlarning Dionisiy misteriyalarini Misr xalq diniy bayramlari bilan solishtirib, ular orasida shunchalik ko’p umumiylik topadiki, natijada yunonlar misrliklarning bayramlari va urf-odatlarini qabul qilganlar, degan xulosaga keladi. Dramatik matnlarni o’rganish misrshunoslarni qadimgi Misr teatri o’zining diniy-ilohiy mohiyatiga qaramay, faqat tor doiradagi diniy mavzular bilan cheklanib qolgan emas. Chunonchi, «Tobutlar matnlari»da, undan keyin «Mayyitlar kitobi»ning 78-bobida Gor va boshqa mifologik personajlar ishtirok etgan komediyadan parchalar saqlanib qolgan. Unda ma’bud Gorning elchisi qator holatlarda kulgili ahvolga tushib qoladi. «Mayyitlar kitobi»ning 39-bobida ham Misr iblisi – ilon Appop ishtirok etgan kulgili sstenariydan parcha berilgan. SHunday qilib, qadimgi Misr misteriyalarida faqat fojeaviylik emas, balki kulgililik ham o’z o’rniga ega bo’lgan.
Dunyoviy teatrning qadimgi Misrda mavjud ekani g’oyatda e’tiborga sazovor. Undagi rollarni kohinlar emas, mutaxassis-aktyorlar bajargan. Edfulik Enxeb degan kimsaning tarjimai holi yozilgan bitikdan uning sayyor aktyor va musiqachi bo’lganligini anglash mumkin. Hozirgacha bu bizga etib kelgan shu xildagi yagona matndir. U qadimgi Misrda professional teatrlarning, ya’ni dunyoviy teatrlarning mavjudligini isbotlashi bilan qimmatli. Demak, teatr san’ati qadimgi yunon va qadimgi hind teatridan ancha avval ham Sharqda mavjud bo’lgan ekan.
Qadimgi Misrda musiqa va musiqachilar hurmat-e’tiborga sazovor bo’lishgan. Qadimgi misrliklarning musiqaga katta qiziqishi bilan qaraganliklarini bizgacha etib kelgan yodgorliklar to’la isbotlab beradi. Qadimgi cholg’u asboblaridan tashqari, bizgacha cholg’u chalayotgan musiqachilarning nomlari ham saqlanib qolgan. Mirza-xattotga nasihatlardan birida uning nay va sibizg’a chalishi, chiltorga jo’r bo’lishni bilishi, next deb atalgan musiqiy asbob yordamida qo’shiq ayta olishi kerak, deyiladi. Qo’shiqchilar va musiqachilar ham erkaklardan, ham ayollardan bo’lgan. Demak, musiqa qadimgi Misr maktablari dasturidan o’rin olgan, ularda estetik tarbiya masalalariga alohida e’tibor berilgan. Etnografik ma’lumotlar, shuncha uzoq tarixiy davr o’tishiga qaramay, YUqori Misr fallohlari, qadimgi Misrdagi musiqiy unsurlarni saqlab qolganliklarini ko’rsatadi. Mushuk va sichqon haqidagi xalq qo’shig’i buning dalilidir.
Shunday qilib, qadimgi Misrda vujudga kelgan estetik g’oyalar, ijodiy tamoyillar, janrlar keyingi davrlar nafosat ilmi rivojiga harakatlantiruvchi ma’naviy kuch sifatida ta’sir ko’rsatganiga shubha yo’q.
Sharqda vujudga kelgan boshqa qadimgi davlatlarda yashagan xalqlar ilgari surgan estetik g’oyalar ham katta ahamiyatga ega. Chunonchi, muqaddas «Bibliy» kitobining avvalgi qismi bo’lmish «Ahd ul-qadim»ni qadimgi yaxudiylar dini bilan bog’liq so’z san’atining ulkan yodgorligi deb atash mumkin. Unda va keyinchalik qo’shilgan boshqa qismlarda qadimgi adabiyotning diniy asotirlar, tarixiy afsonalar, qahramonlik eposi shakllarida aks etganini ko’rsa bo’ladi. Ularda go’zallik haqidagi tasavvur o’zini diniy-mifologik shaklda namoyon qiladi. Bibliyadan o’rin olgan asarlarning ko’pchiligida Shumer-Bobil va Misrda ilgari surilgan g’oyalar ta’sirini ilg’ash qiyin emas.

Download 303,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish