San’at sira bilmas chegara,
Mahoratning cho’qqisiga chiqolgaymi biror san’atkor!
Gavhar kabi yashirindir oqilona so’z,
Lekin uni topish mumkin don tuygan, huv, cho’ridan38.
Demak, so’z – san’at materiali, lekin u san’atga aylanishi uchun uni ishlata oladigan iste’dod lozim, iste’dod esa cho’rida ham bo’lishi mumkin. Bu o’rinda nafosatshunoslikning ko’p jihatlarini ko’ramiz: avvalo, san’atdagi yuksak mahorat doimo nisbiy. Ikkinchidan, so’z qo’llash ham san’at. Uchinchidan, badiiy adabiyotni, umuman, san’atni xalqning hamma qatlamlari, ya’ni oliy zotlar ham, xizmatkor-cho’rilar ham yaratadi, zero san’at mohiyatan demokratik xususiyatga ega bo’lib, hammaga birdek taalluqlidir.
Qadimgi Misrda mirzalar muayyan ma’noda ziyolilarning etakchilari hisoblanganlar. Dastlabki shoirlar ham ana shu mirzalardir. Ularning xizmatlari qadrlangan, ular ijodkor sifatida olqishga sazovor bo’lganlar. Chunonchi, «Mirzalarni sharaflash» deb atalgan she’rda noma’lum mirza bundan deyarli uch yarim ming yil avval, fir’avn Ramzes II davrida shunday deb yozgan edi:
Donishmand mirzalar...
Ular qurmadilar o’zlari uchun
Birinchdan qabrtosh
Va misdan ehrom.
Qoldirmadi ular va na merosxo’r, –
Nomlarin saqlagan zurriyotini.
Biroq qoldirdilar meroslarini –
O’zlari bitgan xat, pandnomalarda...39
O’sha asrlardagi mana bu satrlar qadimgi Rim shoiri Horastiydan salkam ikki ming yil, Pushkindan salkam to’rt ming yil avval yozilgan:
Haykal qo’ydim o’zimga, u misdan boqiyroqdir,
SHohona ehromlardan balandroqdir u.40
Qadimgi Misrda yaratilgan qissalar va ertaklar o’zining badiiy puxtaligi, shakliy go’zalligi bilan kishi diqqatini tortadi. Ularda asosan mo’’jizaviylik estetik hususiyati bo’rtib ko’zga tashlanadi. «Sinuxe qissasi», «SHirinsuhan dehqon haqida ertak», «Kema halokatiga uchragan kishi haqida ertak», «Nefertitining karomati», «Aka-uka haqida ertak» singari asarlar shular jumlasidandir. «Kema halokatiga uchragan kishi» ertagida qahramonning sehrli orolda ko’rgan-kechirganlari Sindbod dengizchi haqidagi ertakni va «Odisseya»ning ba’zi epizodlarini eslatadi. «Unamunaning sargardonligi» qissasi esa qadimgi Misr realistik nasrining ajoyib namunasidir. SHuningdek, qadimgi Misrda masal janri ham rosmana rivojlangan. Ularda kulgililik estetik xususiyati o’z ifodasini topgan.
Qadimgi Misr she’riyatida shakllarning turli-tumanligi, qabul qilingan muayyan uslub, she’r tuzilishi san’ati, ba’zan ma’lum darajadagi balandparvozlik, undagi uzoq taraqqiyot yo’lini ko’rsatib turadi. Qadimgi Misr muhabbat lirikasi orasida birinchi shoir ayol hisoblangan qadimgi yunon shoirasi Safodan ko’p asrlar avval yaratilgan, ayol shoir qalamiga mansub go’zal she’rlar bor.
Qadimgi Misrda teatr san’atining mavjud bo’lganligiga hozir hech qanday shubha bo’lishi mumkin emas. Qadimgi Misr teatri dastlab dafn marosimidagi ma’budlarning o’zaro dialoglari, shuningdek, turli ma’budlar sharafiga o’tkaziladigan xalq sayllari va bayramlarida o’sha ma’budlar hayotidan olingan lavhalarni sahnalashtirish natijasida bunyodga kelgan. Ma’budlar rolini kohinlar o’ynagan. Bunday sahnalar qadimgi podsholik davridayoq, ya’ni bundan 4–4,5 ming yillar avval ijro etilgan. O’shanday sahna-pesalardan bizgacha birginasi saqlanib qolgan. Uni fanda «Memfis ilohiyoti yodgorligi» deb atashadi. Kohinlar tasavvuridagi kosmologiya bayoni bo’lmish bu matnda Memfis ma’budi Pta tomonidan olamning yaratilishi va Osiris hamda uning o’g’li ma’bud Gor haqidagi juda qadimgi mifologik syujetlar, parchalar keltirilgan. Keyingi davrlardagi matnlar ham mifologik mazmunda bo’lib, ularda ko’proq ma’bud Gor ishtirok etadi. Bu tasodifiy emas. Qadimgi Misrda hukmron bo’lgan tasavvurga ko’ra, Gor taxtga o’tirgan har bir fir’avnning timsoli sifatida qabul qilingan, u har bir hukmdor uchun namuna, ideal hisoblangan.
Misrshunoslikdagi bebaho bitiklardan biri – Ixernofret degan a’yonning tarjimai holidir. Unda bu a’yon o’zini fir’avn Senusert III (miloddan avvalgi XIX asr) hukmronligining 19-yilida Abidosdagi ibodatxonani taftish qilish va har yili ko’p sonli tomoshabinlar ishtirokida sahnaga qo’yiladigan Osiris misteriyasini kuzatish uchun yuborilganini yozadi. Ixernofret bitigidan mazkur pesa quyidagi ko’rinishlardan tuzilganligini bilish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |