Pdf-faylidagi rasmiy manba



Download 382,24 Kb.
bet2/22
Sana09.04.2022
Hajmi382,24 Kb.
#539322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
2565 28.02.2014 (2)

qonunchilik texnikasi — huquq ijodkorligi faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish uchun foydalaniladigan qoidalar, metodlar, vositalar va usullar (instrumentlar) majmui;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat — vazirlik, davlat qo‘mitasi va idora tomonidan belgilangan tarzda qabul qilingan, umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar — texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (bundan buyon matnda yagona elektron tizim deb yuritiladi) — idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlovchi elektron tizim;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
huquqiy ekspertiza — idoraviy normativ-huquqiy hujjatning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligini tekshirishni amalga oshirish.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish faqat yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi, bundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mustasno.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar (bundan buyon matnda vazirlik va idoralar deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarga muvofiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalarda idoralar deganda vazirlik yoki davlat qo‘mitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan respublika davlat boshqaruv organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari tushuniladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish bo‘yicha vakolatlar
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qiladi. Vazirlik va idoralar, agar ularga qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli hujjatni qabul qilish yoki aniq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha vakolat berilgan bo‘lsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari mumkin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Vazirlik va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari va hududiy organlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha berilgan vakolatni boshqa organlarga, shuningdek o‘zlarining tarkibiy va hududiy bo‘linmalariga berishga haqli emas.
4. Vazirlik va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar kelib chiqqan taqdirda, agar ushbu masalalarni huquqiy tartibga solish o‘z vakolatlariga kirsa, tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralarga tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurligi to‘g‘risida, uni qabul qilish muddatini ko‘rsatgan holda taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, bir oydan oshmasligi lozim.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Huquqiy normalarni idoraviy normativ-huquqiy hujjat bo‘lmagan hujjatlarga (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, xatlar, telefonogrammalar, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar) kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Umum majburiy tusga ega bo‘lmagan, lekin umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar bekor qilinishi lozim va qo‘llanilmaydi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqli.
Vazirliklar va idoralar o‘n kun muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan normativ-huquqiy tusga ega bo‘lgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olishi hamda bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga axborot berishi shart.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning turlari va amal qilish muddatlari
6. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur Qoidalarning 1 — 12-ilovalariga muvofiq buyruq va qarorlar tarzida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Buyruqlar vazirlik va idora nomidan qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qarorlar davlat qo‘mitalari va idoralar nomidan qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat qo‘mitalari yoki idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Ikki yoki undan ortiq vazirlik va idoralarning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari qarorlar tarzida qabul qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
9. Buyruq va qarorlar boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
10. Buyruqlar va qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 1 — 5-ilovalariga muvofiq ushbu buyruq yoki qarorning tarkibiy qismi bo‘lgan nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bitta buyruq yoki qaror bilan bir nechta nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar yoki boshqa hujjatlar tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
11. Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuini tartibga solishga qaratilgan o‘zaro tizimli bog‘langan qoidalarni belgilashni nazarda tutadi.
12. Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida huquqiy normalarni belgilashni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Yo‘riqnomalarning asosiy mazmuni qonunchilik hujjatlari qoidalarini qo‘llash tartibini belgilashni nazarda tutadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
14. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar muayyan muddatga (vaqtinchalik) yoki nomuayyan muddatga qabul qilinishi mumkin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin.
15. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilish muddati:
a) aniq sana bilan;
b) muayyan hodisaning yuz berishi yoxud idoraviy normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi bilan chegaralanishi mumkin.
2-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash
1-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tayyorlanishini tashkil etish
16. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash vazirlik va idoralarning bir yoki bir nechta tarkibiy bo‘linmalariga, ularning vazifalari va vakolatlarini hisobga olgan holda, yuklatiladi. Bunda ko‘rsatilgan loyihaning tayyorlanishi uchun mas’ul bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasi, uni tayyorlash muddati, zarurat bo‘lgan taqdirda esa, mazkur ishga jalb qilinadigan tashkilotlar aniqlanadi.
17. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun ishchi guruhlar tuzilishi mumkin.
18. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik va idoralarning yuridik xizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi ustidagi ish jarayonida loyiha mavzusiga oid O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari, boshqa davlatlarning qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish tajribasi va qonunchilik hujjatlari, xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar o‘rganiladi, tegishli qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyoti, ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarining materiallari, shuningdek agar o‘tkazilgan bo‘lsa, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar ma’lumotlari tahlil qilinadi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtiruvchi hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik, qo‘shimcha to‘lov va yig‘imlarni belgilovchi, ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutuvchi, ularga asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keluvchi, shuningdek ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan huquqiy normalar mavjudligi bo‘yicha o‘rganiladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lishi shart.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan;
jinsi bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan;
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik boshqaruvi organlari vakolatiga kiruvchi masalalar va korporativ munosabatlarni tartibga soladigan;
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlikni, qo‘shimcha to‘lov va yig‘imlarni, ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni belgilaydigan, ularga asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keladigan, shuningdek ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat tuzilishi
22. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat tuzilishi huquqiy tartibga solish predmeti izchil (mantiqiy) rivojlanishini, shuningdek bo‘lajak hujjat bir xilda tushunilishi va qo‘llanilishini ta’minlashi lozim.
23. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat uning mazmuniga muvofiq bo‘lgan hamda tartibga solish predmetini aks ettiruvchi qisqa nomga ega bo‘lishi lozim. Hujjat nomi aniq, ravon va imkon qadar axborotga boy bo‘lishi lozim.
Agar buyruq yoki qaror bilan nizom, qoidalar, yo‘riqnoma yoki boshqa hujjat tasdiqlanadigan bo‘lsa, mazkur Qoidalarning 1 — 5-ilovalariga muvofiq shakl bo‘yicha buyruq yoki qarorning nomida ushbu hujjatlarning tasdiqlangani ko‘rsatilishi lozim.
24. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad va sabablarni tushuntirish uchun loyihada kirish qismi — muqaddima berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Muqaddimada idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishning sabablari, maqsadlari va vazifalari ko‘rsatiladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida qabul qilinayotganligi ko‘rsatilishi shart. Bunda, normativ-huquqiy hujjatlar turlari ularning yuridik kuchiga nisbatan ko‘rsatilishi kerak.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Muqaddima huquqiy normalarni o‘z ichiga olmasligi, bandlarga bo‘linmasligi va raqamlanmasligi kerak.
25. Huquqiy normalar arab raqamlarida belgilanib, nuqta qo‘yilgan bandlar ko‘rinishida bayon qilinadi va sarlavhaga ega bo‘lmaydi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat bandlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Bandlar doirasimon qavslar bilan berkitiladigan kichik harflar yoki raqamlar ko‘rinishidagi kichik bandlarga hamda xatboshilarga bo‘linishi mumkin.
26. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
ikkitali raqamlar va (yoki) harflarni ishlatishga (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a”, “a.a” va h.k.);
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
bir vaqtning o‘zida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bog‘lanmagan) xatboshilarni bayon etishga;
xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilar ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
27. Hajmiga ko‘ra idoraviy normativ-huquqiy hujjat kamayib boruvchi quyidagicha tuzilmaviy birliklarga bo‘linadi: bo‘limlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar va xatboshilar. Ikkinchi va keyingi xatboshilarni bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bo‘limlar rim, boblar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega bo‘ladi.
28. Quyidagi tuzilmaviy birliklar:
agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda boblar bo‘lmasa, “bo‘lim”;
agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda band bo‘lmasa, “kichik band” va “xatboshi” kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning mazmunini bayon etish
29. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning har bir bandi, qoida tariqasida, bitta huquqiy normani o‘z ichiga olishi hamda to‘liq va tugallangan mazmunga ega bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
30. Zarur holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatda yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjatining ayrim qoidalari mazkur hujjatga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.
Yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunchilik hujjatlarining ayrim qoidalarini takrorlashga ushbu hujjatlarga havolalar qo‘llash bilan masalani to‘laroq bayon etish uchungina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
31. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda, qoida tariqasida, boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy normalari qayta aynan takrorlanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda uning boshqa bandlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga havola qilish ularning o‘zaro aloqasini ko‘rsatish yoki takrorlanishlarning oldini olish uchungina yo‘l qo‘yiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Qonunchilik hujjatiga havola qilingan hollarda mazkur Qoidalarning 1 — 13-ilovalariga muvofiq uning turi, rekvizitlari va nomi ko‘rsatilishi ham shart. Bunda, boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatga havola qilinganda, uning nomi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi ko‘rsatiladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatda mavjud bo‘lmagan qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirmagan xalqaro shartnomalarga, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan umum majburiy tusdagi hujjatga, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilgan hujjatga havola qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Vazirlik va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lmagan, shu jumladan tavsiya xususiyatiga ega hujjatlariga havola qilishga ularning qoidalariga umum majburiy tus bermaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar bundan mustasno).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan vazirlik va idoralarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatini berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlari majmuiga yoki o‘rnatilgan tartibga havola qilingan holda yuridik xizmat xulosasiga tegishli qonun hujjatlar ro‘yxati ilova qilinadi.
(34-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
35. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni lo‘nda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan ma’nosiga muvofiq yagona shaklda qo‘llaniladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
36. Loyihada quyidagilarning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
og‘zaki nutq shakllari;
xorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng ma’noli so‘zlar va tushunchalar bo‘lgan taqdirda;
eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.
37. Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamashunoslikdan foydalanilgan holda umume’tirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda qonunchilik hujjatlarida mavjud bo‘lmagan tushunchalar, shuningdek texnik va boshqa maxsus tushunchalardan foydalanilgan hollarda, hujjatda ularning ta’riflari beriladi. Loyihada ko‘p marotaba qo‘llanilgan bir yoki bir nechta tushunchaga ta’rif berish zarur bo‘lgan hollarda ular mazkur Qoidalarning 1, 3 va 4-ilovalariga muvofiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatning boshlanishida alohida bandda ko‘rsatiladi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda umum qabul qilingan qisqartmalar qo‘llanilishi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berilishi mumkin.
38. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda ro‘yxatlar, jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalar namunalari, uslubiyotlar berilsa, unda ular ilovalar ko‘rinishida, hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havolalar qo‘llagan holda rasmiylashtirilishi lozim.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga, shuningdek tavsiya xususiyatidagi hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, shartnomalar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ham, ularning qoidalariga umum majburiy tus bermaslik sharti bilan ilova qilinishi mumkin. Ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish predmeti hisoblanmaydi.
Ilovalar tegishli tartibda arab raqamlari bilan raqamlanadi va mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
4-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi loyihani tayyorlash
39. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar yoxud uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish tegishlicha buyruqlar yoki qarorlar bilan rasmiylashtiriladi. Muqaddam qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni yoki ularning tuzilmaviy birliklarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qoidalar mazkur Qoidalarning 6 — 12-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qaror loyihasining matniga kiritiladi (o‘z kuchini yo‘qotayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar, bo‘limlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar, chiqarib tashlanayotgan xatboshilar ko‘rsatilgan holda).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar yoxud uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi hujjat o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qaysi tilda qabul qilingan bo‘lsa, shu tilda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining matnida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotgan yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat nomidan keyin mazkur Qoidalarning 6 — 12-ilovalariga muvofiq shakl bo‘yicha unga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasi, shuningdek e’lon qilishning rasmiy manbasi ko‘rsatiladi.
(39-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning loyihasi bilan kiritilayotgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa, bunday o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazkur Qoidalarning 10 va 11-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan yoxud o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan bo‘lsa, ushbu hujjatlar tegishli ravishda mazkur Qoidalarning 8, 11a, 11b va 12-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bir vaqtning o‘zida ikki yoki undan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan yoxud o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish raqamlarining o‘sib borishi bo‘yicha joylashtiriladi.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
42. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning kichik bandigacha bo‘lgan (kichik bandni ham qo‘shgan holda) tuzilmaviy birligining amal qilishining tugatilishi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish, xatboshi ko‘rinishidagi tuzilmaviy birlikning amal qilishining tugatilishi esa chiqarib tashlash deb ko‘rsatiladi.
43. O‘zgartirishlarga quyidagilar kiradi:
raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish;
kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish yoki raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilarni chiqarib tashlash;
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalarni, shuningdek paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalar va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar nomlarini yangi tahrirda bayon qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
431. Jumlaning, ilovaning, bo‘limning, bobning, bandning, kichik bandning, xatboshining va h.k.ning matnini sezilarli o‘zgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish lozim.
(431-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
44. Qo‘shimchalarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni yangi raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar bilan to‘ldirish kiradi.
45. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjat quyidagilarga bo‘linishi mumkin:
nuqtali arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlar;
doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar yoki arab raqamlari bilan belgilanadigan kichik bandlar;
xatboshilar.
46. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda uning ilovalari, bo‘limlari, boblari, paragraflari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi o‘zgarmaydi.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjat yangi tuzilmaviy birliklar bilan to‘ldirilayotgan bo‘lsa, mazkur Qoidalarning 47-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qo‘yiladigan qo‘shimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, 21-band, “v1”-kichik bandi va h. k.).
47. Agar tegishli qo‘shimchalar tuzilmaviy birlik (bo‘lim, bob, paragraf, band yoki kichik band)ning oxiriga kiritilayotgan bo‘lsa, unda mavjud raqamlanish davom ettiriladi (masalan, agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatning oxirgi bandi 50-band bo‘lsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjat 51-band bilan to‘ldiriladi, agar bandning oxirgi bandi “v” kichik band hisoblansa, unda “g” kichik band bilan to‘ldiriladi va hokazo).
48. Band yoki kichik bandga yangi xatboshi qo‘shilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi xatboshilari ketma-ketligi tegishli tartibda o‘zgaradi.
49. Kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar matniga, ularning mazmuniga qarab, tinish belgilari ham qo‘shiladi (masalan, “va yo‘riqnomalar” degan so‘zlar “, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; “, shuningdek hujjatlar” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin; “suv bilan ta’minlovchi korxonalar —” degan so‘zlar chiqarib tashlansin).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilayotganda ilovalarning nomi va ilova belgilari qayta ko‘rib chiqiladi.
50. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning bandi yoki kichik bandi xatboshilardan iborat bo‘lsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan boshlanadi. Masalan:
“(birinchi xatboshi) 2. Yer osti ishlari quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin:
(ikkinchi xatboshi) shaxta yoki rudnikka tushish va yer ustiga chiqish jurnali (tabeli);
(uchinchi xatboshi) marksheyderlik hujjatlari bilan;
(to‘rtinchi xatboshi) ishchi nomiga (shaxtalarda, rudniklarda) akkumulyatorlik raqamlarini biriktirish jurnallari bilan”.
Oldingi tahrirga qarang.
(beshinchi xatboshi) Yer osti ishlarini tasdiqlash uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar ham qo‘llanilishi mumkin.”.
(50-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
51. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tegishli tuzilmaviy birliklari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilganda, keyingi tuzilmaviy birliklarning raqamlanishi o‘zgarmaydi.
52. Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta ko‘rib chiqiladi. Masalan:
“2-bandning “a” kichik bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin.”.
Oldingi tahrirga qarang.
53. Asosiy idoraviy normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotganda, ushbu hujjatga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar (ularning tegishli tuzilmaviy birliklari) ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi kerak.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatga muhim ahamiyatga ega o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurati yoki aynan bir masala bo‘yicha bir nechta hujjatlarning mavjudligi aniqlansa, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjat bir tilda qabul qilingan bo‘lsa va uni boshqa tilda ham qabul qilish zaruriyati bo‘lsa, u holda ularni tartibga solish maqsadida yagona yangi hujjat (bundan buyon matnda yagona yangi hujjat deb yuritiladi) ishlab chiqiladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning aniqliligini lozim darajada nazorat qilishni ta’minlash uchun, shuningdek yagona yangi hujjat ishlab chiqilganida vazirlik yoki idora rahbari (uning o‘rinbosari) tomonidan imzolanadigan qiyosiy jadval tayyorlanishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan birga kiritilishi lozim.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
56. Qiyosiy jadval uchta grafadan iborat bo‘ladi:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatning o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilayotgan tuzilmaviy birligining amaldagi tahriri;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatning o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan tegishli tuzilmaviy birligining taklif etilayotgan tahriri;
kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni asoslantirish.
57. Tegishli tuzilmaviy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan tahriridagi grafalari qiyosiy jadvalda quyidagi ko‘rinishda bayon etiladi:
amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida o‘zgarayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar “polujirniy” shrifti bilan ajratib ko‘rsatiladi;
taklif etilayotgan tahrir grafasida to‘ldirilayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar “polujirniy” shrifti bilan ajratib ko‘rsatiladi;
amaldagi tahrir grafasida o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar, ilovalar yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilar “polujirniy kursiv” shrifti bilan ajratib ko‘rsatiladi.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligi yangi tahrirda bayon etilayotgan bo‘lsa, qiyosiy jadvalda faqat tegishlicha o‘zgarayotgan, to‘ldirilayotgan, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar ajratib ko‘rsatiladi.
Amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida o‘zgarmagan tegishli raqamlar, so‘zlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, bo‘limlar va ilovalar, kiritilgan o‘zgartirishlar oddiy shriftda beriladi.
3-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni rasmiylashtirish, kelishish va qabul qilish
1-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni rasmiylashtirish
58. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni A4 formatdagi qog‘oz varag‘ining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda joylashishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Buyruqlar va qarorlar matnlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan tegishli blankalarda yozilishi va ularni qabul qilgan organning (organlarning) nomi bo‘lishi lozim.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
60. Ilovalari bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim, bunda buyruq yoki qaror uning ilovalaridan alohida raqamlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Betning tartib raqami varaqning yuqorisida o‘rtada 2 raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi betida 1 raqami qo‘yilmaydi.
(60-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Qoida tariqasida, standart varaq 1 qator oralig‘ida (“mnojitel”) yozilishi lozim, har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 2 sm hoshiyaga ega, matnda birinchi qatorning satr boshisi 1,27 sm bo‘lishi lozim.
(61-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 12 o‘lchamli shriftida yoki shunga o‘xshash shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
62. Loyiha matnining har bir qatorida so‘zlar ko‘chirilmasdan tugallangan bo‘lishi lozim. Loyihaning har bir qatori oxirida, old ko‘makchilar, bog‘lovchilar, “№” belgisi, sonlar qismi, abbreviaturalar va boshqalarning qoldirilishi tavsiya etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat matnida o‘chirish va tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan mazkur Qoidalarning 931-bandida ko‘rsatilgan holatlar mustasno.
(62-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib chiqilganidan so‘ng vazirlik va idoralarning yuridik xizmati loyihaning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligini tekshiradi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishi asoslangan hamda maqsadga muvofiq bo‘lsa, loyiha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishi asoslangan hamda maqsadga muvofiq bo‘lmasa, yuridik xizmat loyihani tegishli xulosa bilan loyihani tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmaga qaytaradi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havolaki normalarning qo‘llanilishi asoslangan va maqsadga muvofiq bo‘lgan taqdirda ushbu loyiha bo‘yicha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Yuridik xizmat xulosasida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
(65-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
a) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish uchun asos (vazirlik va idora vakolati, idoraviy normativ-huquqiy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan boshqa holatlar);
b) ushbu organ tomonidan ushbu masala bo‘yicha muqaddam qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
v) ushbu masala bo‘yicha muqaddam boshqa organlar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar va mazkur hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni o‘zgartirish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida takliflar tayyorlash haqidagi ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(65-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining korrupsiyaga qarshi hamda gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganligi va uning natijasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
(65-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
66. Yuridik xizmat mavjud bo‘lmagan taqdirda, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi bo‘yicha xulosa idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma tomonidan tayyorlanishi va vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning o‘rinbosari tomonidan imzolanishi mumkin.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
661. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga uning qabul qilinishi maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat bo‘lgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
(661-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Tushuntirish xati vazirlik yoki idora rahbari (istisno hollarda – uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Tushuntirish xatida quyidagilar aks ettiriladi:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash, shuningdek hujjatni qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solishda yuz berishi mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan normativ-huquqiy hujjat normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinayotgan masala yuzasidan boshqa davlatlarning qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish tajribasi va qonunchilik hujjatlari, xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar, tegishli qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyoti, ko‘rib chiqilayotgan masala bo‘yicha ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarining materiallari, shuningdek agar o‘tkazilgan bo‘lsa, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar ma’lumotlari;
(661-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi kelishilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar;
Oldingi tahrirga qarang.
idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) jamoatchilik muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar, bunda qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlarini) qo‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadvalda mazkur Qoidalarning 12a-ilovasiga muvofiq ko‘rsatilishi majburiydir;
(661-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
(661-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
662. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari yuzasidan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (ro‘yxat raqami 3287, 2021-yil 24-fevral) belgilangan tartibda korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha cheklist to‘ldiriladi va loyihani ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi o‘rinbosari) imzosi bilan rasmiylashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan birga taqdim qilinadi.
(662-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish
Oldingi tahrirga qarang.
67. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelishilishi majburiy bo‘lgan hollarda, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasida boshqa vazirlik va idoralar manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qiluvchi normalar mavjud bo‘lsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi yagona elektron tizim orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik va idoralar tomonidan u taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida e’tirozlarsiz kelishilishi yoki asoslantirilgan e’tirozlar bilan qaytarilishi kerak.
(67-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kelishilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik yoki idora rahbari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda uning kelishilganini ko‘rsatuvchi yakuniy qoidalarni o‘z ichiga olishi lozim. Bunda, mazkur Qoidalarning 3, 4, 5, 6, 8 va 10-ilovalariga muvofiq shakl bo‘yicha lavozim nomi, familiya, ismning bosh harfi, shuningdek kelishilish sanasi ko‘rsatilishi lozim.
(67-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat u birinchi kelishilayotgan vazirlik va idora bilan kelishilganidan so‘ng, o‘ttiz kun ichida qabul qilinishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
68. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari:
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, sanoat siyosati, iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan;
(68-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-apreldagi 98-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-9, 29.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 10/20/2565-9/0539-son)
tashqi savdo va investitsiyalar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan;
tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan;
Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan;
fuqarolarning mehnat huquqlariga taalluqli masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan;
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan;
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
(68-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan;
advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladigan masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan;
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan;
fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha — O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilishi lozim.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 20-fevraldagi 65-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-7, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2565-7/2653-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 20-fevraldagi 65-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-7, 20.02.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2565-7/2653-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Atrof-tabiiy muhitga, shu jumladan tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan majburiy davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkaziladi.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-oktabrdagi 335-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-4, 13.10.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 10/17/2565-4/0110-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(711-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 20-fevraldagi 65-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-7, 20.02.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2565-7/2653-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(712-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 20-fevraldagi 65-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-7, 20.02.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2565-7/2653-son)
72. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni kelishish davomida vazirlik va idoralar o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, bunday hujjat kelishmovchiliklar bartaraf qilinguniga qadar qabul qilinishi mumkin emas. Agar kelishmovchiliklarni bartaraf qilishning imkoni bo‘lmasa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashga mas’ul bo‘lgan vazirlik yoki idora bu masalani batamom hal qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoxud boshqa yuqori turuvchi organga murojaat qilishi lozim.
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
73. Vazirlik va idora tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan buyruq yoki qarorni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yo‘li bilan qabul qilinadi.
Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar vazirlik va idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanganda, imzolar tegishli vazirlik va idoraning muhri bilan tasdiqlanadi.
Qo‘shma qarorlar qabul qilishda vazirlik va idoralarning nomi har bir vazirlik va idora uchun tartibga solinayotgan masalaning ahamiyatini hisobga olgan holda ketma-ket joylashtiriladi. Tartibga solinayotgan masala bir nechta vazirlik va idoralar uchun teng ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirda, ularning nomlari alfavit tartibida joylashtiriladi.
(73-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
74. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Bunda, hujjatning tarjimalari boshqa tillarda ham qabul qilinishi mumkin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tarjimalari uning davlat tilidagi tahririga muvofiq bo‘lishi lozim.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
75. Nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar ularni tasdiqlayotgan buyruqlar yoki qarorlarga ilova ko‘rinishida rasmiylashtiriladi, buyruq yoki qarorning tegishli bandida esa ularga mazkur Qoidalarning 1 — 5-ilovalariga muvofiq havolalar bo‘lishi lozim. Bunda, ilova belgisida buyruq yoki qarorning tasdiqlangan sanasi hamda normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnaliga muvofiq berilgan raqami ko‘rsatilishi kerak.
(75-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
76. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat quyidagi rekvizitlarga ega bo‘lishi lozim:
a) hujjatning turi va nomi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning lavozimi, elektron raqamli imzosi (davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli vazirlik yoki idoraning muhri bilan tasdiqlangan imzosi), ismining bosh harfi va familiyasi;
(76-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
v) qabul qilingan sanasi, raqami va joyi.
Oldingi tahrirga qarang.
77. Bir nechta vazirlik va idoralarning qo‘shma qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjati u birinchi bo‘lib qabul qilayotgan vazirlik yoki idora tomonidan imzolangan sanadan boshlab o‘n kun ichida qabul qilinishi lozim.
(77-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Agar vazirlik yoki idora rahbariga ikki yoki undan ortiq lavozimdagi vazifalarni bajarish yuklatilgan bo‘lsa, u holda hujjatning rekvizitlarida unga ushbu vazirlik yoki idora nomidan imzolash huquqini beruvchi lavozimi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik yoki idora rahbari vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, ta’tildaligi yoki boshqa sababga ko‘ra bo‘lmaganida uning vazifasini bajarishni yuklash tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangan tashkiliy-boshqaruv hujjatida nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
(77-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
78. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilayotgan hujjatlar hisobini yuritish uchun alohida jurnal yuritishadi va unga idoraviy normativ-huquqiy hujjat haqida quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:
a) hujjatning turi va nomi;
b) hujjat qabul qilingan sana va joy;
v) hujjat kelishilgan organlar (ular mavjud bo‘lsa);
g) hujjatni imzolagan shaxs ismining bosh harfi va familiyasi, shuningdek lavozimi;
d) hujjatni tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linmaning nomi, shuningdek mas’ul xodim ismining bosh harfi, familiyasi va lavozimi.
79. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnalidagi tartib raqamiga mutanosib raqam beriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnali tartib raqami qo‘yilgan va ip o‘tkazib bog‘langan bo‘lishi kerak.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnalidagi yozuvlarni chizish yoki ularni boshqacha tarzda buzib to‘g‘rilashga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar yozuvlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnaliga kiritishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘yilsa, noto‘g‘ri kiritilgan yozuv to‘liqligicha o‘chiriladi va ma’lumotlar qaytadan kiritiladi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnaliga kiritilayotgan jiddiy bo‘lmagan tuzatishlar, o‘zgartirish va qo‘shimchalar vakolatli shaxs imzosi bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
80. Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ikkita asl nusxada qabul qilinadi. Qo‘shma qarorning asl nusxalari soni hujjatni tasdiqlagan organlar soniga mutanosib ravishda hamda bitta asl nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uchun qabul qilinadi.
(80-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
4-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning huquqiy ekspertizasi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va kuchga kirishi
1-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish
Oldingi tahrirga qarang.
81. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun idoraviy normativ-huquqiy hujjat tasdiqlangan holda uni qabul qilgan organ tomonidan ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan kundan boshlab, o‘n kun ichida yagona elektron tizim orqali taqdim etiladi. Agar ko‘rsatilgan muddatning tugashi ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, u holda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilish muddati keyingi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
(81-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni belgilangan muddat davomida huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilish fakti yagona elektron tizim orqali kelib tushgan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanadan qayd qilinadi.
(81-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida xulosa yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi xat rasmiylashtirilgunga qadar ushbu hujjatni huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan talabga rioya qilinmasdan takroran taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan, hujjatni taqdim etgan organga qaytariladi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun bitta kuzatuv xati bilan faqatgina bitta idoraviy normativ-huquqiy hujjat taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
82. Kuzatuv xatida idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga mas’ul bo‘lgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va aloqa telefon raqamlari ko‘rsatilishi lozim.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
83. Bir nechta vazirlik va idoralarning qo‘shma qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etish hujjatni imzolaganlar orasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan organga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
84. Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga vazirlik va idora rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan ikkita asl nusxada taqdim qilinadi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng uning bitta asl nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qoladi.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
85. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni taqdim etgan organning yuridik xizmati rahbari (vazirlik yoki idoraning rahbari yoki tegishli o‘rinbosari) tomonidan imzolangan yuridik xulosa ilova qilinadi. Yuridik xulosada uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa telefon raqamlari ko‘rsatilishi lozim.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
86. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan taqdirda, yuridik xulosada vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajarishni yuklash, shuningdek mazkur vazifalarni bajarish muddati ko‘rsatilgan tegishli tashkiliy-boshqaruv hujjatning (mazkur hujjatning nusxasini ilova qilgan holda) rekvizitlari bo‘lishi lozim.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
87. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran jo‘natilayotgan bo‘lsa, shuningdek u davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan hujjat o‘rniga qabul qilingan bo‘lsa, yuridik xulosada O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi yoxud idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan qaytarilganligi to‘g‘risidagi xatining (xulosasining) sanasi va raqami ko‘rsatilishi lozim.
(87-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(88-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 20-fevraldagi 65-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-7, 20.02.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2565-7/2653-son)
89. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning fuqarolik, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va majburiyatlariga, ularni amalga oshirish kafolatlariga, ko‘rsatilgan huquq, erkinlik va majburiyatlarni amalga oshirish mexanizmlariga daxl qiluvchi;
b) idoralararo tusdagi (umum majburiy tusdagi);
v) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idora (qo‘shma qabul qilgan ikki yoki undan ortiq idora) tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar. Agar tashkilotlar vazirlik yoki idoralarning to‘liq bo‘ysunuvida bo‘lsalar, mazkur organlarning tizimiga kiruvchi tashkilotlar hisoblanadilar. Bo‘ysunuv to‘g‘ridan to‘g‘ri (mazkur tizimning barcha yuqori bo‘g‘inlariga vertikal ravishda) yoki bevosita (bevosita yuqori turuvchi organga) bo‘lishi mumkin. Tashkilotlar, agar vazirlik yoki idoraga qaysidir alohida munosabatlar yuzasidan (masalan, hisob yuritish qoidalari, mablag‘ bilan ta’minlash, uslubiy rahbarlik masalalari bo‘yicha va hokazo) bo‘ysunuvda bo‘lsalar, ularning nazorati ostida bo‘lsalar yoxud vazirlik yoki idora tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini bajarsa, vazirlik yoki idoralar tizimiga kiruvchi hisoblanmaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
90. Mazkur Qoidalarning 89-bandida ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan biri yoki bir nechtasiga ega bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
(90-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddatidan (doimiy amal qiluvchi, vaqtinchalik (ma’lum bir muddatga qabul qilingan), shuningdek ulardagi huquqiy normalarning qanday xususiyatda bo‘lishidan, shu jumladan davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga yoki maxfiy ma’lumotlarga ega bo‘lishidan qat’i nazar, huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
91. Quyidagilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:
a) yakka tartibdagi hujjatlar:
shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish yoki lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, faxriy yoki harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga imtiyozlar berish va boshqa shu kabilar);
amal qilishi bir marta qo‘llash bilan tamom bo‘luvchi;
tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);
b) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan hamda yangi huquqiy normalarni o‘z ichiga olmagan hujjatlar (shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari to‘g‘risida xabardor qilishdan iborat bo‘lgan hujjatlar);
v) texnik reglamentlar;
g) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar (standartlar, standartlashtirish bo‘yicha qoidalar va normalar, texnik-iqtisodiy ma’lumotlar klassifikatorlari);
d) sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari;
Oldingi tahrirga qarang.
e) shaharsozlik, ekologik normalar va qoidalar;
(91-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
j) ushbu bandning “v” — “e” kichik bandlarida nazarda tutilmagan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar. Ushbu kichik bandda nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
z) tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar;
i) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hujjatlar;
k) umum majburiy tusga ega bo‘lmagan boshqa hujjatlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning “v” — “j” kichik bandlarida nazarda tutilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
92. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjat kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida amalga oshiriladi. Agar ko‘rsatilgan muddatning tugashi ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelsa, unda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar taqdim etilgan hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yo‘li bilan qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan bo‘lsa, hujjatni ko‘rib chiqish muddati o‘n besh kungacha uzaytirilishi mumkin.
(92-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
93. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish:
a) huquqiy ekspertizani;
Oldingi tahrirga qarang.
b) ushbu hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida xulosa rasmiylashtirishni;
(93-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tkazish raqami berilgan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumot kiritishni va uni Davlat reyestriga kiritishni;
(93-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
g) Davlat reyestriga idoraviy normativ-huquqiy hujjatning o‘z kuchini yo‘qotganligi to‘g‘risida ma’lumot kiritishni va uni Davlat reyestridan chiqarishni o‘z ichiga oladi.
(93-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
931. Elektron tizim orqali taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish natijasida unda texnik ko‘rinishdagi, shu jumladan hujjat mazmunining o‘zgarishiga olib kelmaydigan xatoliklar mavjudligi aniqlangan taqdirda, mazkur xatoliklar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan elektron tizim orqali bartaraf etilishi mumkin. Bunda, idoraviy normativ-huquqiy hujjatda aniqlangan texnik ko‘rinishdagi, shu jumladan mazmun o‘zgarishiga olib kelmaydigan xatoliklar hujjatni qabul qilgan organ (organlar) birinchi rahbari tomonidan imzolangan tegishli xatga asosan bartaraf etiladi.
(931-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
94. Taqdim qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
a) hujjat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga zid bo‘lsa;
(94-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a1) hujjatda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash prinsiplariga muvofiq bo‘lmagan qoidalar mavjud bo‘lsa;
(94-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-apreldagi 98-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-9, 29.04.2020-y.) asosan “a1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 10/20/2565-9/0539-son)
b) hujjat Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizom va mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibini buzgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilgan bo‘lsa. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etish tartibi buzilganligi sababli davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilsa, huquqiy ekspertiza o‘tkazilmaydi;
v) hujjat manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan bo‘lsa;
g) hujjat mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan boshqa talablarga javob bermasa.
95. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab o‘n kun ichida vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan hujjatni bekor qilish to‘g‘risida tegishli hujjat qabul qiladi va uning nusxasini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi. Ushbu hujjat huquqiy normalarni o‘z ichiga olmasligi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga zarurat bo‘lmasligi lozim.
Hujjatni bekor qilish haqidagi hujjat yuborilayotgan kuzatuv xatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi haqidagi xatining (xulosasining) sanasi va raqami ko‘rsatilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat bekor qilinganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xulosasini e’tiborga olgan holda qayta ishlab chiqilishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilingan hujjatlarni qayta ishlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga takroran taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi lozim.
(95-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Mazkur Qoidalarning 94-bandi “b” va “v” kichik bandlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganda (mazkur Qoidalarning 81-bandida nazarda tutilgan muddat buzish hollari bundan mustasno), vazirlik va idoralar bir oy ichida rad etish sabablarini bartaraf etishga va ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etishga yoxud hujjatni bekor qilish to‘g‘risidagi hujjat nusxasini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborishga majburdirlar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning asl nusxalari tegishli vazirlik va idoralarning yozma murojaati asosida ularga faqat ularni bekor qilish to‘g‘risidagi hujjat nusxalari berilgan taqdirda qaytarib berilishi mumkin.
96. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idoraga bu hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilgan organning iltimosiga ko‘ra, huquqiy ekspertizaning istalgan bosqichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qaytarib berilishi mumkin. Bu holda vazirlik yoki idora O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishli xatni, ushbu hujjatni bekor qilish haqidagi hujjatning nusxasini yuboradi.
97. Agar huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertiza o‘tkazish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim emas deb topilsa, ushbu hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etgan organga ushbu qarorni qabul qilish asoslari ko‘rsatilgan tegishli xulosa yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
98. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yagona elektron tizim orqali idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan, istisno tariqasida, qog‘oz shaklida tasdiqlanadigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
(98-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosa asosida ro‘yxatdan o‘tkazish raqami berilgan holda Davlat reyestriga tegishli ma’lumot kiritiladi.
Davlat reyestri elektron shaklda yuritiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi belgi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami va sanasi, shuningdek davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar uchun qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri) buyruq yoki qarorning yuqori qismiga qo‘yiladi.
Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiylashtirilgan asl nusxasi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etgan vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda yuboriladi.
Kelishuvchi vazirlik va idoralarga, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etgan vazirlik va idora tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nusxasi taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik va idoralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasidan elektron ko‘rinishda yuklab olishlari mumkin.
(98-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
99. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur Qoidalarda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi
100. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi va ijro etilishi lozim.
Agar hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda idoraviy normativ-huquqiy hujjat shu sanadan boshlab kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan idoraviy normativ-huquqiy hujjat rasman e’lon qilingan paytdan e’tiboran kamida uch oy o‘tgach kuchga kiritiladi.
(100-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 23-maydagi 138-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-1, 23.05.2014-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 21-son, 253-modda)
101. Davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozim bo‘lgan hujjatlarni, ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasidan va rasmiy e’lon qilinmasidan, ijroga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Mazkur talablar buzilgan taqdirda, hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida qo‘llanilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasiga muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mansabdor shaxslari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni amalga kiritganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
(101-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish
1011. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonunida ko‘rsatilgan talablar asosida ishlab chiqiladi.
1012. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga huquqiy normalar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
1013. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalari vazirlik va idoralarning yuridik xizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart.
Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq rasmiylashtirilgan, shuningdek loyihada huquqiy normalar mavjud bo‘lmasa, ushbu loyiha bo‘yicha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.
1014. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi va hisobga olinishi shart.
1015. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat uni qabul qilgan vazirlik yoki idora tomonidan tasdiqlangan holda, qabul qilingan kundan boshlab o‘n kun ichida vazirlik va idora rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan taqdim etiladi va unga yuridik xizmat xulosasi ilova qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish uchun bitta kuzatuv xati bilan faqatgina bitta texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat taqdim etiladi.
1016. Vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish uchun yagona elektron tizim orqali O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi.
1017. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar qonunchilikka, xalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini, ularni korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qo‘llash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi masalalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish predmeti hisoblanmaydi.
1018. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjat kelib tushgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
1019. Mazkur Qoidalarning 41-bobi talablariga rioya qilinmagan holda taqdim qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni hisobga olish rad etiladi.
10110. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar huquqiy ekspertiza natijasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijobiy xulosasi berilgan taqdirda hisobga olinadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni hisobga olish rad etilganda, vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan hisobga olish rad etilgan hujjatni o‘n kun ichida bekor qilish to‘g‘risida tegishli hujjat qabul qilinadi va uning nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi. Ushbu hujjat huquqiy normalarni o‘z ichiga olmasligi lozim.
Hisobga olish rad etilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat bekor qilinganidan so‘ng vazirlik va idoralar rad etish sabablarini bartaraf etishi va ushbu texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish uchun takroran taqdim etishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10111. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar matnlari O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasiga joylashtiriladi.
(10111-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
10112. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat, agar qonun hujjatlarida yoki hujjatning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
(41-bob O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
5-bob. Yakuniy qoidalar
1-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish
102. Vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlaydi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qo‘llash bo‘yicha sharh berish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ tegishli rasmiy sharh berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda noto‘g‘ri yoki ziddiyatli tarzda qo‘llanilgan hollarda idoraviy normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh beriladi. Rasmiy sharhlar berishda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
(102-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish huquqiy normalar mazmunini tushuntirishdan iborat bo‘lib, aniqlashtiruvchi qoidalarni o‘z ichiga oladi va mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi hamda rasmiy sharh berilayotgan normalar bilan birgalikda amal qiladi.
Bunda rasmiy sharh berish maqsadida idoraviy normativ-huquqiy hujjat matnidan faqat so‘zma-so‘z (uning bo‘limi, bobi, paragrafi, bandi va hokazo) foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat mazmunidan (uning bo‘limi, bobi, paragrafi, bandi va hokazo) farq qiluvchi hamda yangi huquqiy norma hosil qiluvchi boshqa tushuncha va atamalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
103. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha rasmiy sharh berish to‘g‘risida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
104. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharhlar tegishlicha buyruq yoki qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 13-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
105. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi buyruq yoki qaror qabul qilinganidan so‘ng yagona elektron tizim orqali o‘n kun ichida huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qilinadi.
(105-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi buyruq yoki qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyingina ijroga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1051. Rasmiy sharh berilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotganda, unga berilgan rasmiy sharh ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi kerak.
(1051-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Rasmiy sharhni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish rasmiy sharhni berish to‘g‘risidagi hujjat qanday tartibda qabul qilingan bo‘lsa, shunday tartibda amalga oshiriladi.
(1051-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-maydagi 114-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2565-3, 12.05.2016-y.) buyrug‘iga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2016-y., 19-son, 221-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
106. Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hamda rasmiy sharhni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi buyruqlar yoki qarorlar “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da e’lon qilinadi.
(106-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-maydagi 114-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2565-3, 12.05.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 19-son, 221-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
107. Rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hamda rasmiy sharhni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi buyruq yoki qarorning matni idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni qanday tartibda tarqatilgan bo‘lsa, shunday tartibda tarqatiladi.
(107-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-maydagi 114-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2565-3, 12.05.2016-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 19-son, 221-modda)
108. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat qoidalarini qo‘llagan holda to‘liq sharh berish imkoni bo‘lmagan taqdirda, vazirlik yoki idora idoraviy normativ-huquqiy hujjatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga va ularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar sharh tayyorlash davomida qonunchilik hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalarini huquqiy tartibga solish zarurati aniqlansa, vazirlik va idoralar o‘z vakolatlari doirasida tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishlari va qabul qilishlari yoxud yuqori turuvchi organlarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha taklif kiritishlari lozim.
(108-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Oldingi tahrirga qarang.
109. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish qonunchilik hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan, shu jumladan vazirlik va idoralar tomonidan yangi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek ularni qabul qilgan vazirlik va idoralarning tashabbusi bo‘yicha amalga oshiriladi.
(109-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
110. Yangi idoraviy normativ-huquqiy hujjat tayyorlanayotganligi munosabati bilan muqaddam qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga yoki ularning tuzilmaviy birliklariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi takliflar bunday hujjat loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda tayyorlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
1101. Vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga bir xil masaladagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni bitta hujjat bilan kiritishi lozim.
(1101-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
111. Qonunchilik hujjatlari o‘zgargan taqdirda, vazirlik va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq holga keltirishga hamda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi tegishli hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilgunga qadar ushbu hujjatlar qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan qismda amalda bo‘ladi.
(111-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralarga ular tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqlidir. Bu holda vazirlik va idoralar o‘n kunlik muddatda o‘zlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar. Ushbu norma bajarilmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organ (organlar)ni keyinchalik xabardor qilgan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.
(111-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy bo‘shliqlar” oqibatlari uchun ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar bo‘ladi.
(111-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi buyrug‘i, agar buyruqning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
112. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik hujjatlari o‘zgarishi munosabati bilan yoxud vazirlik yoki idora tashabbusi bo‘yicha qayta ko‘rib chiqishda ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishini tugatish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi tegishli buyruq yoki qarorni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
(112-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida xulosa asosida Davlat reyestriga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish va Davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumot kiritiladi.
(112-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran, agar unda kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
113. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat (tuzilmaviy birlik) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsa, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatga (tuzilmaviy birlikka) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar (ularning tegishli tuzilmaviy birligi) ham o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi lozim.
(113-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
114. Ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni (tuzilmaviy birlikni) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni yoki uning tuzilmaviy birligini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish, ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjat (tuzilmaviy birlik) amal qilishining tiklanishiga olib kelmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
115. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud uni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan yoxud bunga vakolatli boshqa organ tomonidan ushbu hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Boshqa vazirlik va idoralar bilan qo‘shma holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga shu vazirlik va idoralar bilan qo‘shma holda o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritiladi yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Bir nechta vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda, kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kelishilgan vazirlik va idoralardan qaysi birining manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qilsa, o‘sha vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.
Boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar shu vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar uni qabul qilishda ishtirok etmagan vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim bo‘lsa, bunday o‘zgartirish va qo‘shimchalar ushbu vazirlik va idoralar bilan ham kelishilishi lozim.
(115-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 20-fevraldagi 65-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-7, 20.02.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2565-7/2653-son)
116. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan vazirlik yoki idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga o‘z vakolati doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari ham o‘tadi, ushbu Qoidalarning 117-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
117. Vazirlik yoki idora tugatilgan yoxud u tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi yoki boshqa vakolatli organga o‘tadi.
118. Vazirlikning yoki idoraning nomi o‘zgartirilgan taqdirda, uning ilgarigi nomi ko‘rsatilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zgartirilgan nomga oid qismiga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritilishi lozim. Bunday o‘zgartirishlar yoxud qo‘shimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi nomi ko‘rsatilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi nomi o‘zgartirilgan vazirlikka yoki idoraga to‘liq hajmda tadbiq etiladi.
Vazirlik yoki idora maqomining o‘zgartirilishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib kelmaydi.
119. Vaqtinchalik tusga ega bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddati tugagan kundan e’tiboran Davlat reyestridan chiqarilgan hisoblanadi. Vazirlik va idoralar zarur xolda bunday hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan kamida o‘ttiz kun oldin ularning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi tegishli hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etib, ularning amal qilish muddatini uzaytirishga majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Butun hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilish muddatini uzaytirish yoxud unga muddatsiz tus berish idoraviy normativ-huquqiy hujjat qonunchilik hujjatlariga, o‘tkazilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlariga, jamiyatdagi barqaror huquqiy munosabatlarga muvofiq bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
(119-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining to‘xtatib turilishi
Oldingi tahrirga qarang.
120. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar to‘xtatib turilishi mumkin. Bunda, idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi muayyan hodisa yuz berguniga qadar to‘xtatib turilgan holda, qanday hodisa yuz berishi lozimligi aniq ko‘rsatilishi hamda ushbu hodisa barchaga ma’lum bo‘lishi lozim.
(120-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan amalga oshiriladi.
Muayyan muddatga to‘xtatilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi to‘xtatib turish muddati tugagandan so‘ng avtomatik ravishda qayta tiklangan hisoblanadi. Bunda, amal qilishni qayta tiklash to‘g‘risidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi talab etilmaydi.
Muayyan hodisa yuz berguniga qadar to‘xtatib turilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan qayta tiklanadi.
121. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi nizoli masalalar kelib chiqqanda, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi holatlar aniqlanganda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan to‘xtatib turilishi mumkin.
122. Mazkur Qoidalarning 121-bandiga asosan to‘xtatib turilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi uni to‘xtatib turish asoslari bartaraf qilingan taqdirda qayta tiklanishi mumkin.
123. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi mazkur Qoidalarning 121-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan to‘xtatib turiladi yoki qayta tiklanadi, buyruqning nusxasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organga yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash to‘g‘risidagi buyrug‘i, agar buyruqning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
4-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va ularning matnlarini tarqatish
Oldingi tahrirga qarang.
(124-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
125. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalarda e’lon qilinishi shart. “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, vazirlik va idoralarning rasmiy nashrlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
(125-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Vazirlik va idoralar tomonidan ta’sis etilgan, ta’sis hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan organlar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni rasman e’lon qilish nazarda tutilgan ommaviy axborot vositalari ularning rasmiy nashrlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan” va O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingunga qadar o‘zlarining rasmiy nashrlarida e’lon qilgan taqdirda, bu haqda e’lon qilingan kundan kechikmay, rasmiy nashr rekvizitlarini ko‘rsatgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ma’lum qiladi.
(125-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1251. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur bo‘lgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ro‘yxati bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.
(1251-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 27-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2565-5, 15.01.2018-y.) buyrug‘iga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2565-5/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
126. Vazirliklar va idoralar o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur bo‘lgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman e’lon qilingandan keyin bir kundan kechikmay o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishi shart.
(126-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 27-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2565-5, 15.01.2018-y.) buyrug‘i tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2565-5/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan rasmiy veb-saytlarda e’lon qilinmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralarini qo‘llash taqiqlanadi.
(126-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 23-maydagi 138-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-1, 23.05.2014-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 21-son, 253-modda)
127. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni e’lon qilish va tarqatishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami va sanasi ko‘rsatilishi majburiydir.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni rasmiy va norasmiy nashrlarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida va ma’lumotlarning elektron bazalarida e’lon qilishda (tarqatishda), shuningdek qayta chop etish yo‘li bilan tarqatishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami va sanasi hujjatning birinchi varag‘ining markazida uning nomining ostiga qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(128-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) asosan 2020-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son)
129. Vazirlik va idoralar, o‘z vakolatlari doirasida, o‘zlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini ta’minlashlari shart.
130. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishi idoraviy normativ-huquqiy hujjat matni bilan to‘siqsiz (erkin) tanishish imkonini ta’minlovchi har qanday shakllarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, rasmiy nashrlarda, umumfoydalanish joylaridagi peshlavhalarda va boshqalarda e’lon qilish yo‘li orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qo‘llashga mas’ul bo‘lgan shaxslar idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan shaxsan tanishtirilishi lozim.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
NAMUNA

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
BUYRUG‘I

Sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Sug‘urtalovchining, sug‘urta brokerining hamda ular alohida bo‘linmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Download 382,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish