[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish tartibi]
[
TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
PDF-faylidagi
rasmiy manba
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrug‘i
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 28-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2565]
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi to‘g‘risidagi nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qarorlariga muvofiq, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
1. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
4. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
5. Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev)
tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning yuridik xizmatlari ishtirokida bir oylik muddatda seminar o‘tkazsin.
6. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
7. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
2014-yil 28-fevral,
53-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrug‘iga
1-ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorlariga
muvofiq vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash,
rasmiylashtirish, qabul qilish, shuningdek
ularni huquqiy ekspertizadan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kuchga kirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§.
Asosiy tushunchalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi: