xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari — Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) 3-ilovasi 1-bandi “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan predmetlar va moddalar yoki ularning belgilarini o‘z ichiga olgan jo‘natmalar;
vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Respublika davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;
texnik nazorat vositalari — xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalarini aniqlash uchun qo‘llaniladigan maxsus texnika (metallodetektorlar, rentgen texnikasi, dozimetrlar, gaz analizatorlari va boshqalar).
2. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari nazorati ularni qabul qilish, saralash va ishlov berishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlariga yuklatiladi.
3. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari nazorati joylari quyidagilar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:
noqulay sanitariya-epidemiologik sharoitga, karantin va observatsiya zonalariga ega mamlakatlar ro‘yxati (bunday mamlakatlar ro‘yxati Respublika karantin va o‘ta xavfli infeksiyalarni profilaktika qilish markazining ma’lumotlari bo‘yicha tuziladi);
pochta, kuryerlik jo‘natmalari yuqori e’tiborni talab etadigan mamlakatlar ro‘yxati (bunday mamlakatlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotlari bo‘yicha tuziladi);
Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining (ro‘yxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) 3-ilovasi 1-bandi “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan predmetlar va moddalar, shuningdek ularning belgilari ro‘yxati;
texnik nazorat vositalari;
ushbu Yo‘riqnomaning 1-ilovasiga muvofiq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda xabardor qilish sxemasi (bundan buyon matnda xabardor qilish sxemasi deb yuritiladi).
4. Pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan xavfli pochta, kuryerlik jo‘natmalari aniqlanganda, bunday jo‘natmalar mazkur Yo‘riqnomada o‘rnatilgan talablarga rioya qilingan va ushbu Yo‘riqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilgan holda ajratib qo‘yiladi.
.......................................................................................................................................
9-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
42. Pochta aloqasi operatorlari, provaydyerlari tomonidan ushbu Yo‘riqnoma talablariga rioya qilishlari ustidan nazorat qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
43. Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va “O‘zbekiston pochtasi” OAJ bilan kelishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |