Pdf-faylidagi rasmiy manba



Download 382,24 Kb.
bet17/22
Sana09.04.2022
Hajmi382,24 Kb.
#539322
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
2565 28.02.2014 (2)

Bosh direktor

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,
2014-yil 22-yanvar,
318-son

O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2014-yil 22-yanvardagi 318-son buyrug‘iga
ILOVA
“Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Buyruq muqaddimasidagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Nizomda:
a) 1-bandning o‘n ikkinchi xatboshisidagi “Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi” degan so‘zlar “Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “telefon” degan so‘z “telefon raqami, elektron pochta manzili, emitentning rasmiy veb-sayti (ular mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 7-bandda:
ikkinchi xatboshi “shuningdek” degan so‘zdan keyin “telefon raqami, elektron pochta manzili,” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshi “, shuningdek telefon raqami va elektron pochta manzili (ular mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
g) 16-band “, mazkur Nizomda belgilangan hollar bundan mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
d) 19 va 24-bandlardan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
e) 25-bandda:
ikkinchi xatboshidan “notarial tasdiqlangan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Markaziy depozitariy boshqa sabablarga asosan reyestrni shakllantirishni rad etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.”;
j) 26-banddagi “ikki ish” degan so‘zlar “besh” degan so‘z bilan almashtirilsin;
z) 28-bandda:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
i) 36-banddagi “qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi” degan so‘zlar “Markaziy depozitariy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
k) 37-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Markaziy depozitariy tomonidan reyestrni shakllantirish faqatgina emitentning barcha nominal saqlovchilaridan mazkur emitent qimmatli qog‘ozlari egalarining ro‘yxatlari qabul qilinganidan so‘ng amalga oshiriladi.”;
l) 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish va korporativ obligatsiyalar bo‘yicha daromadlarni to‘lash uchun reyestr reyestrni shakllantirish to‘g‘risidagi topshiriqnomadan kelib chiqqan holda mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq elektron yoki qog‘oz hujjat ko‘rinishida tegishlicha shakllantiriladi.”;
m) 54-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
n) 58-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“o‘zining joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili, emitent rasmiy veb — sayti, shuningdek mazkur Nizomning 6-bandida keltirilgan boshqa ma’lumotlarning o‘zgarganligi to‘g‘risida yozma ravishda axborot berishi shart.”;
o) 60-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun shakllantirilgan reyestr vakolatli shaxsga berilgandan so‘ng yigirma kun davomida Markaziy depozitariy reyestrning qog‘oz shaklidagi bir nusxasini, shakllantirilgan reyestrga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, bunday holatlar to‘g‘risidagi axborotni qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organiga taqdim etadi.”;
p) 69-banddagi “taqdim etmasligi” degan so‘zlar “taqdim etishni asossiz rad etish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan.


Download 382,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish