Moliya vaziri
| | |
(imzo)
| |
X. Xxxxxxxx
|
Toshkent sh.,
2014-yil 11-avgust,
19-son
| | | | | | | | |
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi
| | |
(imzo)
| |
X. Xxxxxxxx
|
T�shkent sh.,
2014-yil 11-avgust,
88-son
| | | | | | | | |
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 11-avgustdagi 19 va 88-son qaroriga
ILOVA
“Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (ro‘yxat raqami 1807, 2008-yil 16-may)
RASMIY ShARH
1. Soliq to‘lovchilarga nol darajali stavkani qo‘llash natijasida hosil bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortiqcha summasini qaytarish to‘g‘risidagi nizomning (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) 4-bandiga muvofiq soliqlardan qarzi bo‘lmagan korxonaga qo‘shilgan qiymat solig‘i (bundan buyon matnda QQS deb yuritiladi) summasini qaytarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi korxonaning bank hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 23-moddasiga asosan soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i;
4) aksiz solig‘i;
5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig‘i;
8) yer solig‘i;
9) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i;
10) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq.
3. QQS summasini qaytarish usullari va ketma-ketligi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227-moddasida belgilab berilgan va Nizomning 2-bandida aks ettirilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 207-moddasiga asosan to‘lanishi kerak bo‘lgan QQS summasini qoplash;
korxonaning boshqa soliqlardan bo‘lgan qarzlarini qoplash;
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 228-moddasiga muvofiq soliq to‘lovchilarning bankdagi hisob raqamlariga pul mablag‘larini o‘tkazib berish.
4. Nizomning 17-bandiga muvofiq davlat soliq xizmati organlari, Moliya vazirligi QQSning ortiqcha summasini qaytarishga rad javobini berish to‘g‘risida, jumladan, soliq to‘lovchining soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzdorligi mavjud bo‘lgan holatda, qaror qabul qilishga haqli.
Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Nizomga muvofiq boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikning mavjud bo‘lishi QQSning ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisob raqamiga qaytarishga majburiy ravishda rad javobini berish uchun asos bo‘lmaydi.
Nizomning 15-bandida soliq to‘lovchining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yozma murojaati bo‘yicha QQSning ortiqcha summasini qaytarish soliq to‘lovchining Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi oldidagi qarzlarini so‘ndirishga, shuningdek yetkazib beruvchi korxonalar soliq bo‘yicha qarzlarni hamda Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Respublika yo‘l jamg‘armasi hamda budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi oldidagi qarzlarini so‘ndirish orqali tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun ularga soliq to‘lovchining to‘lovlarini (shu jumladan bo‘nak to‘lovlarini) to‘lash hisobiga amalga oshirilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Yuqorida qayd etilganlarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 207-moddasiga muvofiq to‘lanishi kerak bo‘lgan QQS summasini, boshqa soliqlar bo‘yicha soliq qarzini qoplashga yo‘naltirilgandan so‘ng qolgan QQSning ortiqcha summasi soliq to‘lovchining bankdagi hisob raqamiga o‘tkazib berilib, undan soliq to‘lovchining yozma murojaatiga muvofiq Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga o‘tkaziladi.
5. Nizomning 4-bandiga muvofiq QQSning ortiqcha summasini qaytarish korxonaning bank hisob raqamiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan korxonaning soliqlar bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lmagan hollarda amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 54-moddasiga asosan:
soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega bo‘lgan korxonalarga davlat tomonidan yordam ko‘rsatish maqsadida to‘lash muddatini soliq to‘lovchi qarz summasini bir yo‘la yoki bosqichma-bosqich to‘lagan holda keyinroq muddatga ko‘chirishdan iboratdir;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq qarzini to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga beriladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penya hisoblash qarzni to‘lashni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lashning amal qilish davri boshlanishidan e’tiboran to‘xtatib turiladi.
7. Shu tariqa, QQSning ortiqcha summasini soliq to‘lovchining bankdagi hisob raqamiga qaytarish masalasini ko‘rib chiqishda to‘lanishi kechiktirilgan (bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan) soliq qarzi summasiga o‘rnatilgan tartibda taqdim etilgan soliq qarzini to‘lashni kechiktirishning (bo‘lib-bo‘lib to‘lashning) amal qilish muddati mobaynida soliq to‘lovchining qarzdorligi sifatida qaralmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 218-moddasining 11-bandiga muvofiq agar tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) soliq solinadigan oborotlar, shu jumladan nol darajali stavka qo‘llaniladigan oborotlar maqsadida foydalanilsa, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan (to‘langan) qo‘shilgan qiymat solig‘ining summasi hisobga olinadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 212-moddasiga ko‘ra Nizomning 6-bandi (b) va (v) kichik bandlarida QQSni bank hisob raqamiga qaytarish uchun soliq to‘lovchi tomonidan quyidagi hujjatlarni taqdim etishi nazarda tutilgan:
Soliq hisobotining shakllariga (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) muvofiq QQS hisob-kitobi (bundan buyon matnda QQS hisob-kitobi deb yuritiladi);
soliq to‘lovchining rahbari va bosh hisobchisi (yoki zimmasiga buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy boshqarish vazifalari yuklangan boshqa shaxs) va davlat soliq xizmati organining QQSni qaytarilishi bo‘yicha materiallarni ko‘rib chiqish vazifasi yuklatilgan javobgar xodimi tomonidan imzolangan soliq to‘lovchining bankdagi hisob raqamiga qaytariladigan QQSning Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakldagi hisob-kitobi.
10. Nizomning 2-ilovasida hisobot davrida nol darajali stavka qo‘llaniladigan tovarlarni eksportga realizatsiyasi bo‘yicha oborotlar uchun foydalaniladigan olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobga olinishi lozim bo‘lgan QQS summasi (9-ustunning 050-satri), QQS hisob-kitobiga 2-ilovaning 05031-satri ko‘rsatkichidan kelib chiqib to‘ldiriladi.
O‘z navbatida, QQS hisob-kitobiga 2-ilovaning 05031-satri nol darajali stavka qo‘llaniladigan tovarlarning eksportga realizatsiyasi bo‘yicha oborotdan kelib chiqib aniqlanadi (QQS hisob-kitobiga 2-ilovaning 0503-satri).
Yuqoridagilarga ko‘ra, soliq to‘lovchining bankdagi hisob raqamiga QQSning ortiqcha summasini qaytarish Nizomning 2-ilovasi 080-satrda ko‘rsatilgan QQS summasi miqdorida amalga oshiriladi.
(13-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrug‘iga
2-ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-fevraldagi 42-mh-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905, 2009-yil 14-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 8-son, 84-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 66-mh-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-1, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 101-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 30-apreldagi 94-mh-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-2, 2012-yil 30-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 18-son, 205-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1905-3, 2012-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 44-son, 508-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 10-son, 110-modda, 21-son, 253-modda, 52(I)-son, 654-modda; 2016-y., 19-son, 221-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2565-5/0565-son; 06.07.2018-y., 10/18/2565-6/1469-son; 20.02.2019-y., 10/19/2565-7/2653-son, 20.04.2019-y., 10/19/2565-8/2976-son; 29.04.2020-y., 10/20/2565-9/0539-son, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)