Vazir
| | |
(imzo)
| |
X. Xxxxxxxx
|
Toshkent sh.,
2014-yil 28-yanvar,
27-son
| | | | | | | | |
Xalq ta’limi vaziri
| | |
(imzo)
| |
X. Xxxxxxxx
|
Toshkent sh.,
2014-yil 28-yanvar,
4-son
| | | | | | | | |
Moliya vaziri
| | |
(imzo)
| |
X. Xxxxxxxx
|
Toshkent sh.,
2014-yil 28-yanvar,
82-son
| | | | | | | | |
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining 2014-yil 28-yanvardagi 27, 4 va 82-son qaroriga
ILOVA
Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida o‘qitganlik uchun umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga yo‘l haqi kompensatsiyasi tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlariga, shuningdek nogiron bolalarni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra uyda yakka tartibda o‘qitiladigan bolalarni uyida o‘qitganlik uchun umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga yo‘l haqi kompensatsiyasi tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
1-bob. Kompensatsiya miqdori
1. Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda bolalarni uyida o‘qitganlik uchun umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga oylik yo‘l kompensatsiyasi miqdori eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi.
2. Uyda o‘qitiladigan bolalar ro‘yxati, shuningdek ularning maktabga biriktirilishi xalq ta’limi muassasalarini metodik ta’minlash va faoliyatini tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tasdiqlanadi.
.......................................................................................................................................
4-bob. Yakuniy qoida
10. Kompensatsiyaning to‘g‘ri tayinlanishi va to‘lanishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning joylardagi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
NAMUNA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
QARORI
2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining O‘zbekiston qismiga tegishli Mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
1. 2006-yil 30-avgustdagi Orol dengizining O‘zbekiston qismiga tegishli Mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |