Sarmoyador — “O‘zbekneftgaz” MXK, Koreya Milliy Neft Korporatsiyasi, “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.”, “Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bxd.” va “Si-EN-Pi-Si Inteneshnl Ltd.” (XXR) kompaniyalarni, ularning huquqiy vorislari va yo‘l qo‘yiladigan tsessionariylarini birga anglatadi;
.......................................................................................................................................
8. Operator Neft-gaz operatsiyalarini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son “Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori va “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) muvofiq bojxona ombori ta’sis etish huquqiga ega.
.......................................................................................................................................
29. Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan kelishilgan.
Moliya vaziri
|
(imzo)
|
X. Xxxxxxxxx
|
2014-yil 7-yanvar
| | | |
Markaziy bank raisi
|
(imzo)
|
X. Xxxxxxxxx
|
2014-yil 8-yanvar
| | | |
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
NAMUNA
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ALOQA, AXBOROTLAShTIRISh VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI DAVLAT QO‘MITASINING
QARORI
Pochta, kuryerlik jo‘natmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-oktabrdagi PF–4475-son “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 23-oktabrdagi PQ–1836-son “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
1. Pochta, kuryerlik jo‘natmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |