Go’sht salati. Pishirilgan yoki qovurilgan go‘sht (mol, qo‘y, buzoq,
cho‘chqa) yupqa tilim-tilim qilib pishirilgan kartoshka, yangi yoki sho‘r bodringlar
yupqa tilim-tilim shaklda to‘g‘raladi, tuz, mayonez, «Yujniy» sardagi qo‘shib
aralashtirib salat idishi yoki likobchaga uyub solinadi, atrofi yupqa kesilgan go‘sht,
bodring parragi, pishirib pallacha shaklida kesilgan tuxum, qisqichbaqa bo‘yni va
ko‘kat bilan bezatiladi. Mol go‘shti 48 g, pishirib tozalangan kartoshka 40 g,
bodring 30 g, tuxum 15 g, krab (konservasi) 15 g, mayonez 30 g, «Yujniy» sardagi
8 g, ko‘kat 2 g, ziravorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |