Sho’r karam salati. Sho‘r karam ishlovdan o‘tkazilib, somoncha shaklda
kesilgan olma, mayda to‘g‘ralgan piyoz, shakar, dog‘langan o‘simlik yog‘i
qo‘shiladi. Yangi olma o‘rniga maymunjon, mandarin, apelsin, gilos yoki
marinadlangan olma solish mumkin.
Sarimsoqpiyozli, pishloqli qizilcha salat. Pishirilgan qizilcha somoncha
shaklida to‘g‘raladi va mayda chopilgan sarimsoqpiyoz bilan aralashtirilib,
likobcha yoki salat idishiga uyub solinadi, ustidan qirilgan pishloq sepib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |