Kartoshka kotleti. Ishlovdan o‘tgan kartoshka pishiriladi, quritilib, issiq
holda eziladi, so‘ng 40- 50°C gacha sovitilib, xom tuxum qo‘shib yaxshilab
aralashtiriladi.
Aralashmaga 10-15 gramm jazlangan piyoz qo‘shish mumkin. So‘ng
aralashma porsiyaga taqsimlanadi va un yoki urvoqqa belanib kotlet shakli
beriladi. Tayyorlangan kartoshka kotleti tovada qizdirilgan yog‘ga solinib ikki
yoqlama qobiq hosil qilib qovuriladi va qovurish shkafiga qo‘yib iste‘molga tayyor
holga keltiriladi. Tarqatishda kartoshka kotleti likobchaga qo‘yilib, ustidan
sariyog‘ yoki margarin sepib, bir chetiga smetana yoki smetana sardagi quyib
beriladi. Smetana va sardaklar alohida idishda berilishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |