Ilk qadam
labalar ham domla ham hayron, nima bo‘lganiga tushunolmay
qolishdi. Bu tushunarsiz vaziyatga kimdir izoh berishi kerak edi.
Va bu ishni vaziyatni to‘g‘ri tushunib turgan Gulhayoning yaqin
dugonasi qildi. “Domla... uning ukasi... og‘ir kasallik bilan ku-
rashib shifoxonada yotibdi. Oqqon emish...“
Gulhayo esa zinalardan yugurib pastga tushar, qayerga, nima
maqsadda ketayotganligini bilmasdi. Tilida faqat bir so‘zni tak-
rorlardi “Aytmayman, aytmayman, hech qachon aytmayman”.
Miyasida esa hikoyaning oxiri so‘zma-so‘z aylanardi: “Voy jiga-
rim-ov... suyangan tog‘im-ov... qalqonimooooov”.
SOVG‘A
Akam bilan meni ko‘rganlar egizak ekanligimizga ishonish-
maydi. Chunki biz bir-birimizga o‘xshamaymiz. Kattalarning
aytishicha esa, bolaligimizda ikki tomchi suvdek bo‘lgan ekan-
miz. Bitta bog‘cha, maktab, litseyda o‘qidik. Qiziqishlarimiz
ham bir bo‘lgani uchun bitta institutga o‘qishga kirdik. Bun-
dan ota-onamning boshi ko‘klarga yetdi. Xullas, biz aka-singil
doim birgamiz. Faqat shu narsagina olislarda qolgan oilamni
sog‘inganimda yupanch bo‘la oladi. Ayniqsa, bugun tug‘ilgan
kunimda oilamning qadri bilindi. Har yili shu kun dadamlar biz
egizaklarga bir xil sovg‘a berardilar. Sovg‘alar bir-biridan faqat
rangi bilan farq qilardi. Onam esa erta tongdan akam bilan men
yaxshi ko‘radigan shokoladli tort pishirardilar… Bugun birinchi
marta, bu kunni oilamdan uzoqda kutib olyapman. Kayfiyatim
yo‘qligini akamdan yashirishga urinib hazil-huzullar qilsam ham,
qayoqda, darrov sezdilar.
– Zuhra, bilasan qiz bolaga sovg‘a tanlolmayman. Yana sen
o‘lguday injiq qizsan.
– Sizga o‘xshayman-da akajon, – deyman kulishga urinib.
– Xo‘p bo‘pti. Yur sen o‘zingga sovg‘a tanlashda menga
yordamlashvor, – deydi akajonim ham hazil qilib. Sovg‘alar
65
Ilk qadam
do‘koniga kiramiz. Ochig‘i yaltur-yultur turfa xil sovg‘alarning
hech biri ko‘nglimni yoritolmadi. Akam buni ham sezdi. Keyin
kitob do‘koniga olib bordilar-da:
– O‘zingga yoqqanini tanla “kitob qurti”, – dedilar. Kitob
qurti nima ekanligini biz ikkimiz ham bilmaymiz. Akamni koyi-
shida ham mehr bordek. Do‘konni beparvogina aylanib chiqdim.
Akam ham qiziqlar. “O‘zing uchun sovg‘a tanla” deb meni
yolg‘iz qoldirib ketdila-a? Men bo‘lsam, allaqachon sovg‘a olib
qo‘yganman. Oradan ancha vaqt o‘tib akam yonimga keldi. Biz
so‘zsiz do‘kondan chiqib ketdik. Ijarada turgan uyimizga yaqin-
lashganimda akam sumkasidan zarqog‘ozga o‘rog‘liq nimanidir
olib,
– Bu senga. Ol, – dedilar. Zalvoridan og‘irgina kitob ekan-
ligini sezdim.
– Rahmat, – deya oldim negadir tomog‘imga bir nima
tiqilib.
– “Kitob qurtiga” kitobdan boshqa yana nima yoqishini
bilmadim, – dedi akam mehr bilan. Men ham akam uchun
tayyorlab qo‘ygan, ertalabdan buyon portfelimda ko‘tarib yurgan
sovg‘amni oldim.
– Bu esa sizga, akajon, – deb uzatdim.
– Voyy, mengami? – deb astoydil hayron bo‘ldilar akam,
– kutmagandim, kutmagandim, – deya gapni yana hazilga bur-
dilar. Biz hazil-huzul va uzoq tortishuvlardan so‘ng sovg‘alari_
mizni birga ochadigan bo‘ldik. Men zarqog‘ozni avaylab ochib,
hayratda qoldim. Boyadan beri hazillashib, turgan akam ham
so‘zsiz qotgan. Biz ikkimiz, bir-birimizga bir xil kitob sovg‘a
qilgan ekanmiz. Meni yuragim allanechuk bo‘lib ketdi. O‘shan-
da tushunib yetdimki, kim nima deyishidan qat’i nazar biz bir
xil ekanmiz.
66
Do'stlaringiz bilan baham: |