3
Ilk qadam
YOSH IJODKORLARGA
Xalqning ma’naviy ruhini, aynan, ijodkorlar saviyasi belgi-
laydi. Shu sabab bugun kelajak adabiy muhiti uchun iste’dodli
yoshlarni izlash, ular bilan ishlash va ijodiy muhit yaratish har
qachongidan kengroq ko‘lamda yo‘lga qo‘yilmoqda. Yoshlar
uchun ko‘rik-tanlovlarning o‘tkazib turilishi, bayozlarning chop
etilishi ijodiy rag‘bat beradi.
Samarqand Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan chop eti-
layotgan mazkur to‘plam ham shunday maqsadlarga xizmat qila-
di...
To‘plamdagi she’rlar adabiy hodisa bo‘lib ulgurmagan
bo‘lsa-da beg‘ubor, she’rsevar ko‘ngillarning hayratlari, sodda
tuyumlaridir. Ijodi kiritilganlar – she’riyat atalmish muhtasham
dunyoning eshigida turgan havasmandlar, shu dunyo go‘zalligiga
oshiq bo‘lib she’rni endi taniy boshlaganlardir.
Namunalarda jimlikning ovozini tinglay olayotgan, o‘zlikni
qidirish harakati bo‘lsa-da oydinlashayotgan did ko‘zga tashla-
nadi. Ular uchun she’riyat oldida turgan ulkan marra.Umidjon
Mamatov yozganidek: "She’riyat degan tog‘ yastanib yotadi".
Mohiyat rivoji shu tog‘ni zabt etishga bo‘lgan ishtiyoqda. Jam-
langan she’rlar odatiy shakl, qofiya
va samimiy tashbehlar aso-
siga qurilgan. Masalan, Ruxshona Ismoilovada "hayotim zul-
matdir, bardoshim chiroq" degan o‘rinli tashbeh uchraydi. Yoki
Odiljon Rashidovda "Tor ko‘chalik sinfdosh, tor ko‘changdek
bu qalbing" degan tiniq tashbeh bor. Umuman olganda, mis-
ralar tuzilishi darajasi ancha mukammal.
She’r aslida dardning farzandi ekanligi ta’kidlanadi. U azal-
dan inson dardlarini o‘ziga singdirib kelgan. Kiritilgan ijodkorlar-
ning hammasi ham bu haqiqatni anglamasligi, yoki uni
tushunib
ulgurmagan bo‘lishi mumkin. Biroq, sirtqi bayonda bo‘lsa ham
uchraydi, ya’ni she’r dardni ifodalashning vositasi ekanligi ularga
ayon. Gulshoda Bekqulovada shunday satrlar bor:
4
Ilk qadam
Yashayapman dard ummonida,
Baxt atalmish tomchi qidirib.
Rivoyatlarda keltirilishicha, inson loydan yaratilganidan so‘ng
ustiga qirq kun yomg‘ir yog‘diriladi. Shundan o‘ttiz to‘qqiz kuni-
da g‘am yomg‘iri, bir kunida xurramlik yomg‘iri yog‘gan ekan.
Hayot aslida g‘amdan iborat. Faqat g‘ussaga ham baxt ko‘ylagi-
ni kiydirib qabul qilganimiz uchun baxtni his qilamiz. Yulduz
opa Abdusamad qizining quyidagi misralari shunga ishora:
Olloh mening loyimni g‘amdan olib yaratdi,
Suyib ichar oshimni ko‘zyoshimdan yaratdi.
Demak, she’rday "zo‘r ish"ga boshini qo‘shish ishtiyoqidagi
bu havasmandlarda dard yukiga mas’uliyat bor deb xulosa qilsak
bo‘ladi.
To‘plamga kiritilganlarning aksariyati maktab yoshidagi ijod-
korlar bo‘lib, hammasida deyarli bir xil jarayon – didaktika
ruhi. Bu xususiyat endigina qalam olganlarda bo‘lishi tabiiy.
Chunki o‘quvchilar bolalar adabiyotining didaktik ruhida tarbi-
yalanadi. O‘qigan she’rlari ezgulikka chorlov nuqtayi
nazaridan
yozilgan. Shu sabab tuzgan jumlalari ham suv ichgan manbalari-
ga tortadi. Masalan:
Nelarki bo‘lmagan jahonda, inon,
Dunyo mashaqqatin yengin, sen, inson.
Yoki
Dunyoda yaxshidan yomonlar ko‘pdir,
Yaxshilarning umri mangu bo‘lar der,
kabilar.
Bular uzoq yo‘llarning ibtidosi. Ijodkorlar hali gulqaychiga
muhtoj nihollar. Ular parvarishi beriladigan yo‘nalishga bog‘liq.
So‘z jonkuyarlarini tarbiyalay olsak, adabiyot taraqqiyotiga his-
sa qo‘shamiz, aksincha bo‘lganida, badiiyatni yutib ketayotgan
nazmbozlik davron suradi.
Bugunimizning muazzam shoirlari ham
bayozlardagi kichik
namunalari bilan katta adabiy maydonga kirib kelgan. Yoshlik