Ilk qadam
DO‘ST
Dunyoga kelib men ko‘p xato qildim,
Gohida yig‘ladim, gohida kuldim.
Yaxshilik qilganni qadrin bilmadim,
Do‘st deb yurganlarning makrin bildim.
Ko‘p ekan atrofda ayyor, hiylakor,
Ular meni qildi tuzoqqa duchor.
Ollohdan so‘rayman takror va takror,
Yo‘limda bo‘lgin deb o‘zing madadkor.
Yaxshi insonlarga ishing tushsa gar,
Qo‘lidan kelgancha yordamin berar.
Quloq solsang so‘ziga topasan hikmat,
Hamisha yaxshilik qilar beminnat.
Yoningda turadi har qanday kuning,
Nurlarga to‘ladi qorong‘u ko‘ngling.
Bir tekis bo‘ladi baland-u pasting,
Gar seni yoningda tursa chin do‘sting.
ONAJON
Onajon, bilaman ko‘zingizda yosh.
Sog‘inch azoblari qiynaydi sizni.
Men ham sog‘inaman berolmay bardosh,
Nurli yuzingiz-u ko‘zlaringizni.
Shodon ko‘zingizgan hech oqmasin yosh,
Hajlarga boramiz omon bo‘lsa bosh.
Ollohdan so‘rayman hamisha sizga,
Chiroyli umrlar va eng ulug‘ yosh.
13
Ilk qadam
Hadeb yig‘lavermang tining Onajon,
Dam-hordiq neligin biling Onajon.
Sog‘indim Samarqandga keling Onajon,
Hurmat ila o‘g‘lingiz Sayid Alixon.
OTAM
G‘am kelganda yashirgan orim Otam,
Iymonimni oshirgan, borim Otam.
Mehnatkashim, zahmatkash tog‘im Otam,
Mehribonim, duogo‘y bog‘im Otam.
Siz meni suyanchim, tayanchim Otam,
Siz borsiz yo‘limda dushmanlarim kam.
Men uchun qayg‘urgan, men uchun kuygan,
Ishongan insonim Qiblagoh-Otam.
Dard kelib qiynalib qolgan bir chog‘im,
Har ishda hamrohim suyangan tog‘im.
Yurgan yo‘llarida o‘zing bo‘l panoh,
Otamni, Onamni asragin Olloh.
DO‘STIMGA
Do‘stligimiz doim abadiy bo‘lsin,
Ham bizni ko‘rganlar hayratda qolsin.
Mehrimiz shunchalar qalin bo‘lsinki,
Va bir-birimizdan ko‘nglimiz to‘lsin.
Do‘stlikdan azizroq yana nima bor,
Ollohdan so‘rayman hech qilmasin xor.
Yaxshilik qilishdan charchab qolmaylik,
Shunda yovuz niyat hech qilmaydi kor.
14
Ilk qadam
Senga bir gap aytay do‘stim sol quloq,
Ba’zi soxta do‘stdan dushman yaxshiroq.
Ikki yuzli do‘stdan yurgin sen yiroq,
Chin do‘st qalbingdagi yoqilgan chiroq.
Do‘stlikning qadriga doim yetib yur,
Do‘stingla ishonchning obod qasrin qur.
Yoshlikda do‘st bilan yoshlik davrin sur,
Chin do‘sting bor ekan ko‘ksing kerib tur.
Ey do‘stim sen uchun jonimdir fido,
Olloh ikkimizni qilmasin judo.
Chin dildan so‘rayman bir o‘tli nido,
Senday do‘stlarni ko‘p yaratsin Xudo.
* * *
Yo‘llarimni hamon oydek yoritgan,
Sizsiz meni duo bilan boyitgan.
Qayda bo‘lsam kelishimni zor kutgan,
Buvijonim sizni juda sog‘indim.
O‘rningiz bilinar bizlarga hamon,
Ko‘proq tushlarimga kiring buvijon,
Endi topolmaymiz sizdayin inson,
Buvijonim sizni juda sog‘indim.
Ayting qaydan izlay qaylardan topay,
Nurli yuzingizdan bir bora o‘pay,
Endi sirlarimni kimlarga aytay,
Buvijonim sizni juda sog‘indim.
Olloh joyingizni jannatdan qilsin,
Yotgan joylaringiz nurlarga to‘lsin,
Endi baxtimizga bobom sog‘ bo‘lsin,
Buvijonim sizni juda sog‘indim..!
15
Do'stlaringiz bilan baham: |