«turon-iqbol»



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/105
Sana30.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#98561
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
Bog'liq
ALMANAX 21.09.2020 (1)

Ilk qadam
“Armstrong Oyga ilk qadamini qo‘yganda, “Bu insonning 
kichik bir qadami, lekin insoniyat uchun buyuk sakrashdir” – 
degan edi. Sen so‘rayotgan narsa insoniyat uchun hech qan-
day ahamiyatga ega emas. Ammo men uchun “buyuk sakrash”. 
Agar Oy o‘z joyida umrbod o‘zgarmasdan qolishga va unga 
ilk qadam qo‘ygan insondan boshqa hech kimni tan olmaslikka 
va’da bersa, men u Oyni hayotim osmonida ko‘rishdan baxtiyor 
bo‘lardim. O‘tgan tug‘ilgan kuning bilan Ilyos”. 
O‘sha lahzalarda osmonning sharq tarafidan quyosh chiqa-
yotgandi. O‘sha lahzalarda ikki yosh uyqusizlikdan qizargan, 
ammo ertangi kunga umid-ishonchdan porlagan ko‘zlari bilan 
quyoshni kutib olishayotgan edi.
– Seni doim to‘g‘ri tushunishga harakat qilganman. Lekin ortiq 
bu holda yashashingni kuzatib turolmayman. Hozir aytadigan gaplar-
imdan qanday xulosa qilish o‘zingga havola. Sen o‘z atro fingni qalin 
devor bilan o‘rab olding. Hammadan qochding. Hatto asl “men”ing-
ni ham yo‘qotib qo‘yding. Esla, sen bilan ilk tanishganimizda qanday 
qiz eding. Hozir qay ahvoldasan? Hamma dan yuz o‘girib nimaga 
erishding?! Albatta, o‘zing istagan narsa – YOLG‘IZLIKka. Bila-
man buni nima sababdan qilganingni. Bizga ojiz tomoningni ko‘rsat-
ging kelmadi. Chunki sen judayam mag‘rursan. Birovga bildirmaysan. 
Ko‘z yoshlaringni, alamlaringni, sog‘inch laringni… Hatto bu dard-
laringning sababchisiga ham. Bugun yana “Ichim huvullab yotgan 
egasiz uydek bo‘m-bo‘sh” deysan-a Axir o‘zingmasmi bu uydan, 
o‘z olamingdan hammani quvib chiqargan? Yana ne istaysan, axir 
hammasi o‘zing xohlagandek-ku…
Qiz hayratdan qotib qolgandek dugonasiga qarab turardi. 
Go‘yo uning so‘zlari bir ko‘zgu tutgandiki, undan ko‘zini uzol-
mayotgandi. Qizning muzdek qo‘llarini issiq kaftlar siqdi. Du-
gonasining ko‘zlarida yosh miltillaganini ko‘rdi.
– Ha bilaman, sening tuyg‘ularing pok edi. Sen unga ko‘ngl-
ingning to‘ridan joy berganding, u esa... Ammo yana bir o‘ylab 
ko‘r. Bu dunyoda o‘zi ko‘ngli butun odam bormi?


56
Ilk qadam
Qiz indamay o‘rnidan turdi va ketishga chog‘landi. Kuzat-
moqchi bo‘lgan dugonasiga shartmas degandek qo‘l ko‘tardi.
Haqiqatga tik qarash va hammasini boshqatdan boshlash payti 
kelganini tushunib yetgan qiz sekin-asta yurib kuzgi yomg‘ir yuv-
gan yo‘lakdan ketib borardi. Ko‘p qavatli uyning uchinchi qa-
vatidan bir ma’sum va o‘ychan ko‘zlar uning ortidan kuzatib qoldi. 
Kecha tuni bilan yog‘gan yomg‘irning kuchli bo‘lganini daraxtlar-
ning qayrilgan shoxlaridan va har yer har yerda hosil bo‘lgan katta 
ko‘lmaklardan bilsa bo‘lardi. Qiz atrofga e’tiborsiz shaharni ancha 
payt kezib yurdi. Keyin nimagadir qat’iy qaror qilgandek o‘ziga 
ishonch bilan qadamini tezlatib, katta yo‘l tomon ketdi.

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish