41
yuqoriroq bo‘lgan cho‘tkalar o‘rnatiladi.
Starterlarning yuritma mexanizm tomonidagi qopqoqlari alyuminiy qotishmasidan yoki cho‘yandan
quyiladi. Qopqoqning konstruktsiyasi uning qanday materialdan tayyorlanganligiga, yuritma mexanizm
turiga, starterning dvigatelga mahkamlash usuliga va tortish relesining tuzilishiga bog‘liq. Odatda starter,
dvigatel karterining yon tomonida joylashtirilib, yuritma tomonidagi qopqog‘i maxovik tomonga qaratiladi
va uning ilashish mexanizmi karteridagi tirqishga kiradi. Starterning dvigatelda mahkamlash usuli, starter
yechilganda va qayta joyiga qo‘yilganda yuritma shesternasi va maxovik o‘qlarining markazlari orasidagi
masofanining o‘zgarib ketmasligini ta’minlashi zarur. Bu talabga gardishli (flanetsli) mahkamlash usuli
ko‘proq javob beradi. Gardishli mahkamlash usulida starterning yuritma mexanizmi tomonidagi qopqog‘ida
maxsus o‘rnatish gardishi bo‘lib, unda mahkamlash boltlari uchun mo‘ljallangan ikki yoki uchta teshik va
to‘g‘ri o‘rnatish o‘simtasi mavjud bo‘ladi. Qopqoqda yuritma shesternasi maxovikning tishli gardishi bilan
ilashishi uchun imkon beradigan maxsus tirqish qoldirilgan.
Gardishli mahkamlash usuli bilan burovchi moment uzatilayotganda vujudga keladigan zo‘riqish va
starterni og‘irlik kuchi ta’sirida o‘rnatish gardishiga katta yuklama tushadi. Shuning uchun quvvati 4,4 kVt
dan yuqori, qobiq diametri 130-180 mm bo‘lgan starterlar, odatda, dvigatellardagi maxsus botiqliklarga
o‘rnatilib, metall tasmalar yoki quyma tutqichlar bilan mahkamlanadi. Starterlar burovchi moment
uzatilayotganda vujudga keladigan yuklamalar ta’sirida mahkamlangan joyida aylanib ketmasligi uchun
shponka yoki shtiftga o‘rnatiladi. Starter qopqoqlarida va oraliq tayanchlarda sirpanish podshipniklari
o‘rnatiladi. Oraliq tayanchlarning qobiq diametri 115 mm va undan ortiq bo‘lgan starterlarga qo‘yish
mo‘ljallangan. CHo‘yan, po‘lat yoki alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan, lappak shaklida bo‘lgan oraliq
tayanch starter qobig‘i bilan old tomondagi qopqoq orasiga siqiladi yoki old qopqoqning o‘ziga
mahkamlanadi. Podshipniklar, dastlab, starterni ishlab chiqarish jarayonida va zarurat bo‘yicha, ishlatish
davrida moylanadi. Katta quvvatli starterlarda podshipniklar moydon va moylash filsalariga ega bo‘ladi .
Starterlarning ichki qismiga chang, loy va suv kirmasligi uchun ular odatda yopiq yoki germetik
zichlangan holda ishlab chiqiladi. Ayniqsa, og‘ir, yo‘lsizlik sharoitlarida ishlaydigan, ko‘p yuk ortadigan
avtomobillar uchun mo‘ljallangan katta quvvatli starterlarning germetik zichlashga jiddiy e’tibor beriladi.
Masalan, dizel dvigatellariga o‘rnatiladigan Ct142 belgili starterda germetik zichlash ajraladigan qismlar
orasiga maxsus rezina halqalar, yumshoq plastik materiallardan tayyorlangan qistirmalar qo‘yish yo‘li bilan
ta’minlanadi. Tortish relesining pishang mexanizmi rezinali silfon yordamida zichlanadi.
Hozirgi zamon avtomobillarida o‘rnatilayotgan starterlarning aksariyatida shesterna maxovikning tishli
gardishi bilan elektromexanik usulda majburiy ilashtirish printsipiga asoslangan yuritma mexanizmlar
qo‘llaniladi. Bu yuritma mexanizmlar dvigatel ishga tushayotganda aylantiruvchi momentni starter validan
dvigatelning maxovigi orqali tirsakli valga uzatilishini va dvigatel ishga tushgandan keyin, starterning
dvigateldan avtomatik ravishda ajratilishni ta’minlovchi rolikli, friksion va xrapovikli erkin yurish
muftalariga ega.
Quvvati 4...5 kVt gacha bo‘lgan starterlarda rolikli erkin yurish muftasiga ega bo‘lgan yuritma
mexanizmlar eng keng tarqalgan. Bu muftalarning ishlashi, roliklar tutash sirtlar orasidagi ishqalanish kuchi
4.4-rasm. Plunjer-rolikli erkin yurish muftasi.
42
ta’sirida qisilib qolishiga asoslangan. Roliklarni ishchi yuzga zarur darajada bosib turuvchi moslamalarning
tuzilishiga ko‘ra plunjerli va plunjersiz erkin yurish muftalari mavjud.
Plunjer-rolikli muftalarda (4.4-rasm) shlitsali vtulka 1 ga yetakchi halqa 4 qotirib mahkamlangan.
yetakchi halqada to‘rtta ponasimon ariqchalar bo‘lib, ularga roliklar 3 o‘rnatilgan. Prujina 10 va plunjer 9
roliklarni ariqchalarning tor qismiga siqib turadi. SHesterna 8 yetaklanuvchi halqa 7 bilan butun qilib
yasalgan. Prujinalar surilib ketmasligi va bosim kuchlanishining barqarorligini ta’minlash uchun ular maxsus
tirgaklar 11 ga o‘rnatilgan. Tirkalish shaybalari 5 va 6 roliklarning o‘q bo‘ylab siljishini cheklaydi. Mufta
yupqa metall qobiq 2 bilan qoplangan. Mexanik mustahkamligini va yeyilishga chidamliligini oshirish
maqsadida yuritma shesternasi va mufta halqalari kuchli legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi.
Tortish relesining yakori bilan bog‘langan pishang yordamida yuritma shesternasi maxovikning tishli
gardishiga to‘la ilashganda va starter chulg‘amlariga tok ulanib, u ishga tushganda aylantiruvchi moment
yetakchi halqa 4 va yetaklanuvchi halqa 7 orasidagi ponasimon ariqchaning tor joyiga plunjer 9 va prujina 10
ta’sirida siqilgan rolik orqali yuritma shesternasiga uzatiladi. Dvigatel ishga tushgandan keyin maxovikning
tishli gardishi yuritma shesternasini starterga nisbatan tezroq aylantiradi. Natijada, yetaklanuvchi halqa 7
yetakchi halqa 4 dan o‘zib ketadi va roliklar ponasimon ariqchaning keng joyiga chiqib ikkita halqani bir-
biridan, va demak, starterning yakor valini shesterna-maxovik tishli juftdan ajratib yuboradi. Shu tarzda
harakatning teskari tomonga, ya’ni dvigateldan starter valiga uzatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va markazdan
qochma kuch ta’sirida yakor chulg‘amlari va kollektor sochilib ketishdan saqlab qolinadi.
Dvigatelni ishga tushirish jarayonida starter elementlari quyidagicha ishlaydi (4.2-rasmga qarang).
Tortish relesi chulg‘amlari 3 magnit maydon ta’sirida uning yakori 4 tortilib pishang 7 va u bilan bog‘langan
yetaklash muftasi 14 ni harakatga keltiradi. Bunda yuritma shesternasi 11 ham shlitsa bo‘ylab harakatlanib,
maxovikning tishli gardishi bilan ilashadi. Tortish relesining qo‘zg‘aluvchi kontakti «akkumulatorlar
batareyasi - starter chulg‘amlari" elektr zanjirini ulaydi va yakor aylana boshlaydi. Agar shesternaning tishi
maxovik gardishining tishlariga to‘g‘ri kelmasdan, ilashish sodir bo‘lmasa, ya’ni shesterna maxovik
gardishiga "tiralib" qolsa, pishang 7, yetaklash mufta 14 orqali prujina 13 ni siqib harakatni davom
ettiraveradi. Tortish relesining asosiy kontaktlari 1 ulanib, yakor aylana boshlagandan keyin shesterna ham
buralib, uning tishlari maxovik gardishi tishlari orasidagi botiqlikka to‘g‘ri kelishi bilan prujina 13 ning
bosim kuchi ta’sirida ilashish sodir bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, quvvati 5-6 kVt dan yuqori bo‘lgan starterlarda rolikli muftalar ishonchli
ishlamaydi. Shu sababli ular uchun maxsus tuzilishga ega bo‘lgan yuritma mexanizmlar ishlab chiqilgan.
4.5-rasmda dizel dvigatellari uchun mo‘ljallangan St-142 (Rossiya) belgili starterlarning xrapovikli erkin
yurish muftasi ko‘rsatilgan.
Xrapovikli erkin yurish muftasi quyidagi
qismlardan iborat: qobiq 11, yetaklovchi 8 va
yetaklanuvchi 6 xrapoviklar, yuritma shesternasi 2,
prujina 10, shlitsli yo‘naltiruvchi vtulka 12, yetakchi
va yetaklanuvchi xrapoviklarni bir-biridan ajratib,
ushlab turish uchun xizmat qiladigan konusli vtulka 7,
tekstolit segmentlar 3 va yo‘naltiruvchi shtiftlar 4
dan tashkil topgan markazdan qochma mexanizm.
Tortish relesi chulg‘amlari tok manbaiga
ulanganda, uning yakori yuritma pishangi va mufta
qobig‘i 11 orqali xrapoviklar 6 va 8 o‘rnatilgan
yo‘naltiruvchi mufta 12 ni valdagi shlitsa bo‘ylab
harakatlantirib, shesterna 2 ni maxovikning tishli
gardishi bilan ilashtiradi. YUritma shesternasi
harakatining oxirida tortish relesining kontaktlari
ulanadi va yakor vali aylana boshlaydi. Bunda
aylantiruvchi moment shlitsali vtulka 12, yetakchi 8
va yetaklanuvchi 6 xrapoviklar orqali shesterna 2 ga
va undan maxovikning tishli gardishiga uzatiladi.
Aylantiruvchi momentni uzatish jarayonida vtulka 12
ning tashqi va yetakchi xrapovikning ichki ko‘p
kirimli tasmasimon rezbasining o‘qi bo‘ylab hosil
bo‘ladigan kuchlanishni prujina 10 orqali rezinali
yumshatish xalqasi 14 qabul qiladi.
Agar ilashish jarayonida shesterna tishi
4.5-rasm. Xrapovikli erkin yurish muftasi
Do'stlaringiz bilan baham: