Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


Ichki reduktorli va doimiy magnitlardan uyg‘atiladigan starterlar



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

   Ichki reduktorli va doimiy magnitlardan uyg‘atiladigan starterlar. Ichki yonuv dvigateli va ishga 

tushirish  sistemasining  tavsifnomalarini  bir-biriga  ratsional  moslashtirishda  yuritmaning  starterdan 

dvigatelga bo‘lgan uzatish soni  i  katta ahamiyatga ega. Har bir dvigatel va uni ishga  tushirish sharoitlari 

uchun  yuritmaning,  elektrostarter  quvvatini  eng  to‘la  ishlatilishini  ta’minlaydigan  uzatish  sonlari  mavjud. 

Ammo,    reduktorsiz    yuritma   mexanizmlarida,    shesternaning    mexanik  mustahkamlik  shartlariga  ko‘ra    i  

ning qiymati 16 dan katta bo‘lmaydi. 

  Ikkinchi  tomondan,  i    ning  ortishi  starter  elektrodvigatelining  o‘lchamlari  va  massasini  kamaytirish 

imkonini  beradi.  Oxirgi  yillarda  elektrostarterlarning  o‘lchamlari  va  massasini  kamaytirish  maqsadida 

elektrodvigatel  chulg‘amlarini  yengil  alyuminiydan  tayyorlash,  issiqqa  chidamli  yuqori  sifatli  izolyatsiya 

materiallar ishlatilishi bilan birga, ichki qismiga reduktor o‘rnatilgan o‘lchamlari kichik, aylanish chastotasi 

yuqori bo‘lgan starterlar tobora keng qo‘llanilmoqda. 

  Reduktorli starterlarda yakor vali bilan starterning chiqish vali orasiga aylanish chastotasini 3-4 marta  

pasaytiradigan    reduktor    o‘rnatilgan.    Bunda  elektrodvigatelning  salt  ishlagandagi  aylanishlar  chastotasi 

15000-20000  min

-1

    gacha  orttiriladi,  yakor  validagi  aylantiruvchi  moment  qiymati  esa  sezilarli  darajada 



pasayadi. 

Tuzilish  jihatidan  reduktorlar  oddiy  qatorli  ichki  (4.6-rasm)    va  tashqi  ilashgan  yoki  planetar 

mexanizmli bo‘lishi mumkin. Ayniqsa  bu maqsadlarda  Jems nomi bilan yuritiladigan planetar reduktorlarni 

(4.7-rasm)  ishlatish  maqsadga  muvofiq.  Bu  reduktorlar  kuchlanishning  simmetrik  uzatilishi,  ixchamligi  va 

foydali ish koeffitsienti (FIK) yuqorililigi bilan ajralib turadi. 

  Reduktorli  starterlar  bir  qator  afzalliklarga  ega,  xususan,  ularning  o‘lchamlari  va  massasi  kichik, 

elektrodvigatellaridagi  aylantiruvchi  momentining  pasayishi  hisobiga  dvigatelni  ishga  tushirish  jarayonida 

akkumulatorlar  batareyasiga  tushadigan  yuklama  qiymati  ancha  kamayadi,  past  temperaturalarda  

dvigatellarning    ishonchli      ishga    tushirish  imkoniyati  ortadi.  Shu  bilan  birga  reduktorli    starterlar 

kamchiliklardan ham holi emas va ularning eng asosiylari quyidagilar:  erkin yurish  muftalariga tushadigan 

yuklama    ortadi    va    ularning    ishonchli    ishlash    darajasi  pasayadi;  reduktor  tufayli  va  elektrodvigatel 

yakorining  aylanish  chastotasi  yuqorililigi  sababli  starter  ortiqcha  shovqin  bilan  ishlaydi;    yakor  aylanish 




 

44 


chastotasining  yuqorililigi  cho‘tka  va  kollektorlarning  ishlash  sharoitini  og‘irlashtiradi  va  ularni  eyilishini 

tezlashtiradi. 

  Reduktorli  starterlarning  qo‘llanishi  ularning  ishlab  chiqarish  texnologiyasini  sezilarli  darajada 

o‘zgarishiga  olib  keldi.  Xususan,  tez  aylanuvchi  qismlarning  mexanik  mustahkamligi  oshirildi,  yakor  

chulg‘amlarini  izolyatsiya  qilish  uchun  pishiqligi  yuqoriroq  bo‘lgan  materiallar    qo‘llaniladigan, 

elektrodvigatelning  asosiy  zanjirlaridagi  qalaylash  yo‘li  bilan  ulanadigan  birikmalar  payvandlanadigan, 

aylanuvchi qismlarni aniq muvozanatlashtirish amalga oshiriladigan bo‘ldi. 

4.6-rasm. Ichki ilashgan reduktorli starter: 



1–old  tomondagi  qopqoq;  2–  yuritma  pishangi;  3–  tortish  relesining  yakori;  4–tortish  relesining 

chulg‘ami; 5–kontaktli lappak; 6– uyg‘otish chulg‘ami; 7– cho‘tka; 8– podshipnik; 9– kollektor;10– 

elektrodvigatel yakori; 11– reduktorning yetakchi shesternasi; 12– ichki ilashgan yetaklanuvchi tishli 

g‘ildirak; 13– erkin yurish muftasi; 14– yuritma shesternasi; 15– yuritma vali. 

 

4.7-rasm. Planetar reduktor va doimiy magnitli  starter: 



1– yuritma shesternasi ; 2– yuritma pishangi; 3–  tortish relesi; 4– kollektor; 5–cho‘tka; 6–

doimiy magnitlar; 7– yakor; 8– planetar reduktor; 9– erkin yurish muftasi 

 



 

45 


  Oxirgi  vaqtda  quvvati  2  kVt  dan  katta  bo‘lmagan  starterlarda  doimiy  magnitlardan  uyg‘otilish  usuli 

tobora  keng tatbiq topmoqda  (4.7-rasm,  6).  Odatda  soni  oltita  bo‘lgan  doimiy  magnitlar  starter  qobig‘ining 

ichki qismiga diametri bo‘ylab mahkamlanadi. Doimiy magnit koersitiv kuchi nisbatan katta bo‘lgan stronsiy 

ferritidan  tayyorlanadi.  Koersitiv  kuchi  katta  bo‘lgan  doimiy  magnitlar  starter  ishga  tushirilayotgan 

jarayonda  yuzaga  keladigan  “yakor  reaktsiyasi”  ta’sirida  magnitsizlanishga  chidamli  bo‘ladi  va  o‘zining 

magnit  xususiyatlarini  uzoq  vaqt  davomida  barqaror  saqlaydi.  Mamlakatimizda  chiqarilayotgan  Nexia  

avtomobilining  starteri  elektrodvigateli ham doimiy magnitlardan uyg‘otilish prisipiga asoslangan.  

  Bu  turdagi  starterlarning  yangi  avlodiga  temir-neodim-bor  qotishmasidan  tayyorlangan  yuqori 

energiyali doimiy  magnitlar  o‘rnatilmoqda.  Bu  magnitlar “Magnakvench”  nomi  bilan  yuritiladi. energiyasi 

22-30 kJ/m

3  

bo‘lgan strontsiy ferritiga nisbatan “Magnakvench” magnitlarining energiyasi sezilarli darajada 



katta  bo‘lib,  100-290  kJ/m

3

  doirasida  yotadi.  Bu  magnitlar  asosida  tayyorlangan  starterlar  juda  ixcham  va 



yengilligi  bilan  ajralib  turadi.  Temir-neodim-bor  qotishmasining  ancha  qimmatligi,  ochiq  havoda 

oksidlanishga  moyilligi  va temperaturaga ta’sirchanligi  bu  magnitlarning jiddiy  kamchiligi  hisoblanadi. Bu 

kamchiliklarni bartaraf qilish uchun tayyorlash jarayonida magnitga maxsus ishlov berish zarur bo‘ladi   

 


Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish