Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Starterlarning  tuzilishi  va  ishlash  printsipi



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

 

4.3. Starterlarning  tuzilishi  va  ishlash  printsipi 

 

  Avtomobil elektrostarterlarining uyg‘otish va boshqarish usulini, yuritma  mexanizmining turi va atrof 



muhit ta’siridan himoya qilinganlik darajasi bo‘yicha tasniflash mumkin. 

  Starterlarda  uyg‘otish  uslubiga  qarab  ketma-ket  va  aralash  uyg‘otish  tizimli  elektrodvigatellar 

qo‘llaniladi.  Dvigatelni  ishga  tushirishda  muhim  ahamiyatga ega  bo‘lgan  tortish  xususiyatlarining  ustunligi 

tufayli ketma-ket uyg‘otish tizimli elektrodvigatellar ancha keng tatbiq topgan. Starter salt ishlaganda, uning 

yakori   aylanish  chastotasini   cheklash  maqsadida,  ba’zan aralash  uyg‘otish    tizimli  elektrodvigatellar  ham 

ishlatiladi.  Oxirgi  vaqtda  ba’zi  starterlarda doimiy  magnit  yordamida  uyg‘otiladigan  elektrodvigatellar  ham 

ishlatilmoqda.  Bu  elektrodvigatellarning  tuzilishi  sodda,  uyg‘otish  chulg‘ami  bo‘lmaganligi  tufayli 

elektroenergiyani nisbatan kam iste’mol qiladi. Ammo, bu elektrodvigatellar va ichki yonuv dvigatellarning 

mexanik  tavsifnomalari  bir-biriga  yaxshi  mos  tushmaydi.  Shu  sababli,  doimiy  magnitli  elektrodvigatellar 

kam quvvatli starterlarda qo‘llaniladi. 

  Barcha  turdagi  starterlarning  elektrodvigatellari  deyarli  bir  xil  tuzilgan  bo‘lsa,  ulardagi  yuritma 

mexanizmlari tuzilish va ishlash bo‘yicha bir-biridan ko‘p jihatdan farq qilishi mumkin. 

  YUritma mexanizmlarning turi va ishlash printsipi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

   - yuritma shesternasini mexanik yoki elektromexanik usulda majburiy ravishda harakatlantirish; 

   -  shesternani  elektromexanik  usulda  majburiy  ravishda  maxovikning  tishli  gardishiga  ilashtirish  va 

dvigatel ishga tushgandan keyin shesternani avtomatik ravishda ilashuvdan chiqarish; 

   - shesternani inertsiya kuchi ta’sirida harakatlantirish; 

   - shesternani elektromagnit kuchlar ta’sirida, ya’ni elektrodvigatel yakorining harakatlanishi hisobiga 

ilashuvga kiritish. 

  Hamdo‘stlik  mamlakatlarida  ishlab  chiqarilayotgan  avtomobillarda,  asosan,  yuritma  shesternasini 

elektromexanik  usulda  majburiy  harakatlantirish    hisobiga    ilashuvga    kiritish    printsipida  ishlaydigan 

starterlar  qo‘llanilgan.  Bu  turdagi  starterlarda  dvigatel  ishga  tushgandan  keyin  teskari  burovchi  moment 

ta’sirida  yakor  o‘zaklari  va  chulg‘amlari  sochilib  ketmasligi  uchun  erkin  yurish  muftasi  o‘rnatiladi.  erkin 

yurish  muftasi  burovchi  momentni  bir  tomonlama,    ya’ni  starter  yakoridan  shesterna  va  u  orqali    dvigatel 




 

39 


maxovigiga  uzatadi.  Dvigatel  ishga  tushib,  shesterna  maxovik  tomonidan  aylantirilganda,  erkin  yurish 

muftasi sirg‘aladi va teskari tomonga, ya’ni shesternadan yakor valiga harakatni uzatmaydi. 

  Starterlarning quvvati ortishi bilan erkin yurish muftalarining ishonchlilik darajasi kamayadi. Shuning 

uchun, quvvati katta bo‘lgan va asosan dizel dvigatellariga o‘rnatiladigan starterlarda shesternani ilashtirish 

majburiy,  dvigatel  ishga  tushgandan  keyin  ilashishdan  chiqarish  avtomatik  ravishda  amalga  oshriladigan 

yuritma mexanizmlari qo‘llaniladi. 

  SHesternasi inertsiya kuchlari ta’sirida ilashuvga kiradigan va undan chiqadigan yuritma mexanizmlar 

tuzilishining  soddaligi,  o‘lchamlari  kichikligi  va tannarxining  pastligi  bilan tavsiflanadi.  Ammo,  bu  turdagi  

yuritma    mexanizmlarda  ilashuv  jarayoni  shesternani  maxovikning  tishli  gardishiga  kuchli  urilish  hollari 

bilan  bog‘liq.  Shuning  uchun,  bu  turdagi  yuritma  mexanizmlarning  qo‘llash  doirasi  quvvati  1  kVt    gacha 

bo‘lgan starterlar bilan cheklangan. 

  Elektrodvigatel  qutblarining  magnityuritish  kuchlari  ta’sirida  yakorni  harakatga  keltirib,  shesternani  

ilashtirish  printsipiga  asoslangan  starterlar,  asosan,  xorijiy  mamlakat  avtomobillarida  tatbiq  etilgan.  Bu 

yuritma  mexanizmi  quvvati  3-5  kVt  bo‘lgan  starterlarga    o‘rnatiladi.    Bunday    yuritma    mexanizmi 

o‘rnatilgan  starterlarning  tuzilishi ixcham, dvigatelga mahkamlash qulay bo‘ladi, ammo ularda qimmatbaho 

mis  nisbatan  ko‘p  ishlatilishi  va  avtomobillar  qiyalikda  turganda  yuritma  mexanizmining  ishonchlilik 

darajasini pasayishi (yakorning og‘irlik kuchi ta’sirida) ularning asosiy kamchiliklari hisoblanadi. 

  Starterlar  tuzilishini  avtomobillarda  ancha  keng  tatbiq  topgan  St130-A3  (Rossiya)  belgili  starter 

misolida  ko‘rish  mumkin.  Starter  (4.2-rasm)  quyidagi  detallardan  tashkil  topgan:  qutb  boshmoqlari  22  va 

uyg‘otish  chulg‘amining  g‘altaklari  21  o‘rnatilgan  qobiq  15;    asosiy  chulg‘am  20  va  kollektor  18 

joylashtirilgan  yakor  16;    erkin  yurish  muftasi  12,  shesterna  11  va  bufer  prujinasi  13  ni  o‘z  ichiga  olgan 

yuritma  mexanizmi;  elektromagnit  tortish  relesi;    yuritma  va  kollektor  tomonidagi  qopqoqlar  9,  19; 

cho‘tkalar o‘rnatilgan cho‘tkatutqichlar. 

  Starter  qobig‘i  yaxlit  tortilgan  quvurdan  yoki  po‘lat  tilimni  kavsharlash  yo‘li  bilan  tayyorlanib, 

elektrodvigatel  magnit  sistemasining    bir  qismini  tashkil  qilishi  bilan  birga  starter  qopqoqlari 

4.2-rasm. Ст130-A3 (Rossiya) belgili  starter: 




Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish