Ekspluatatsiyasi instituti transport vositalari kafedrasi transport vositalarining elektr


 Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi



Download 4,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/108
Sana30.12.2021
Hajmi4,29 Mb.
#95796
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108
Bog'liq
TVEJvaET-ММ

4.1. Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi 

 

   Avtomobil  motorlarining  ishga  tushirish tizimi dvigatel tirsakli valini majburiy ravishda aylatirishni 



ta’minlovchi  moslamalar  majmuisidan  iborat.  Ichki  yonuv  dvigatellarini  ishga  tushirish  uchun  mexanik 

starterli,  benzin  dvigatelli,  pnevmatik,  gidropnevmatik  va  elektrostarterli  tizimlar  qo‘llaniladi. 

Avtomobillarda boshqa usullarga nisbatan bir  qator  afzalliklarga  ega bo‘lgan elektrostarterli ishga tushirish 

tizimi tatbiq topgan. Bu tizim ixcham, ishlatishdagi ishonchlilik darajasi yetarli darajada yuqori va murakkab 

bo‘lmagan  elektrotexnik  va  elektron  moslamalar  yordamida  dvigatelni  ishga  tushirish  jarayonini  

avtomatlashtirish imkoniyati bor. 

   elektrstarterli  ishga  tushirish  tizimi  tarkibiga  (4.1-rasm)  akkumulatorlar  batareyasi  II,  starter  I  va 

dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar VII kiradi. 

   Akkumulatorlar batareyasi elektr ta’minot va dvigatelni ishga tushirish tizimlari uchun umumiy element 

hisoblanadi.  elektr  ta’minot    tizimida    akkumulatorning  razryad  toki  (0,5-0,7)  S

20

  dan  ortmasa,  starter 



rejimida ishlaganda, qisqa vaqt davomida, lekin qiymati  katta  (

 2000  A gacha) tok bilan razryad bo‘ladi. 



Shuning  uchun  akkumulatorning  sig‘imi,  razryadlanganlik  darajasi,  elektrolit  temperaturasi  kabi  batareya 

holatini belgilovchi omillar starter tavsifnomasiga va demak, dvigatelning ishga tushirish jarayoniga bevosita 

ta’sir ko‘rsatadi. 

   Akkumulatorlar  batareyasi   dvigatelni   ishga   tushirish   jarayonida, kuchlanishi   belgilangan   minimal  

qiymatdan  (12  V  li  tarmoq  uchun  6-8  V)  kamaymagan  holda,  ma’lum  miqdorda  elektr  toki  berishi    zarur.  

Akkumulatorlar  batareyasi  kuchlanishining  pasayishini  bu  chegarasi,  bir  tomondan  starterni  dvigatelning 

tirsakli  valini  ishga  tushish  chastotasidan  kam  bo‘lmagan  chastota  bilan  aylantirishini  ta’minlash  vazifasi 

bilan  bog‘liq  bo‘lsa,  ikkinchi  tomondan  o‘t  oldirish  tizimi  (benzinli  dvigatellar  uchun)  barqaror  ishlashi 

uchun zarur bo‘lgan minimal kuchlanish qiymati bilan  belgilanadi. 

4.1-rasm. Avtomobil  motorlarini ishga tushirish 

tizimining umumiy sxemasi  

I-startyor; 

II-akkumulatorlar 

batareyasi; 

III-

elektrodvigatel; 

IV-tortish 

relesi; 

V-yuritma 

mexanizmi;  VI-avtomobil    motorlari;  VII-ishga 

tushirishni  yengillatuvchi  moslamalar.  1-disksimon 

kontakt,  2-elektromagnit  chulg‘ami,  3-  elektro-

magnit  o‘zagi ,  4-  prujina,  5-pishang,  6-  shesterna, 

7- maxovik, "K"-normal ochiq kontaktlar 

 



 

37 


   Starter  elektrodvigatel  III,    tortish  relesi  IV  va  yuritma  mexanizmi    V  dan  iborat.    elektrodvigatel 

sifatida  ketma-ket  yoki  aralash  uyg‘otish  tizimiga  ega  bo‘lgan  o‘zgarmas  tok  mashinasi  ishlatiladi.  U 

quyidagi  asosiy  nominal  parametrlari  bilan  tavsiflanadi:  kuchlanishi  U

sn 

(12,24  V)  quvvati  R



sn

,  aylanishlar 

chastotasi  , burovchi  momenti  M



sn

  va  quvvatning maksimal qiymatidagi tok  I



sn 

. Starter juda qisqa vaqt 

davomida  (10-15  s)  ishlaganligi  tufayli  uning    zanjirlaridan  o‘tadigan  tok  va  maksimal  quvvati  uning 

elektrodvigateli chulg‘amlarining qizib ketish xavfi bilan cheklanmaydi. 

   Tortish  relesi  yuritma  shesternasi  6  ni  maxovikning  tishli  gardishi  7  bilan  ilashishini  ta’minlaydi  va 

lappaksimon kontakt 1 yordamida starter  elektrodvigatel  zanjirini  akkumulatorlar   batareyasiga ulaydi. 

  YUritma  mexanizmi  dvigatel    VI    ni    ishga    tushirish    jarayonida  starter    elektrodvigateli    yakoridan  

tirsakli valga burovchi momentni uzatish va  dvigatel  ishga  tushgandan  keyin  maxovikdan elektrodvigatel 

yakoriga,  ya’ni teskari yo‘nalishda aylanma harakat uzatilishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasini bajaradi. 

   Dvigatelni  ishga  tushirish  sistemasi  quyidagicha  ishlaydi.  O‘t  oldirish  kalitidagi  normal  ochiq 

kontaktlar "K" tutashtirilganda, tortish  relesi  chulg‘ami  2  dan tok o‘tadi va rele elektromagnitining tortish 

kuchi ta’sirida o‘zak 3 chulg‘am ichiga tortiladi.  Bu  bilan bir vaqtda o‘zak o‘qi bilan bog‘langan pishang 5  

yuritma mexanizmi shesternasi 6 ni yakor vali bo‘ylab  harakatlantirib  maxovikning  tishli  gardishi 7 bilan 

ilashtiradi.    Starter  shesternasi  maxovikning  tishli  gardishi  bilan  to‘la  ilashishi  daqiqasida    elektromagnit 

o‘zak    o‘qining  ikkinchi  uchida  joylashgan  relening  lappaksimon  kontakti  elektrdvigatel  zanjirini 

akkumulatorlar  batareyasiga    ulaydi.  elektrodvigatel    ishga    tushadi    va  dvigatel  tirsakli  valini  aylantira 

boshlaydi.    Dvigatel  ishga  tushgandan  so‘ng  "K"    kontakt  o‘zining  oldingi,    ya’ni  normal  ochiq  holiga 

keltiriladi va tortish relesi chulg‘amining zanjiri uziladi, natijada qaytarish prujinasi 4 ta’sirida elektromagnit 

o‘zagi  o‘zining  dastlabki  holatiga  qaytadi.    Bunda  tortish    relesining    lappaksimon    kontakti    starter 

elektrodvigateli    zanjirini    akkumulatordan  uzadi  va  pishang  5  ning  harakati  natijasida  yuritma  

mexanizmining shesternasi maxovikning tishli gardishi bilan ilashishdan chiqadi va o‘zining oldingi holatiga 

qaytadi. 

   Atrof  muhit  harorati  -  30

0

S  dan  past  bo‘lgan  hollarda  dvigatel  ishga  tushishini  yengillatuvchi 



moslamalar qo‘llaniladi. yengillatuvchi vositalar tirsakli valning aylanishga qarshilik momentini kamaytirish 

hisobiga  uning  aylanish  chastotasini  oshirish,  yonilgi-havo  aralashmasini  tayyorlash  va  o‘t  oldirish 

sharoitlarini  yaxshilash   vazifasini   bajarishga   mo‘ljallangan   moslamalardan   iboratdir.   Ishga    tushirishni  

yengillatuvchi  usul  va  moslamalarni  tanlash  dvigatel  turiga,  uning    tuzilishidagi  o‘ziga  xos    tomonlariga,  

ishlatish  sharoitlariga va iqtisodiy omillarga bog‘liq. 

 


Download 4,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish