3.8. Akkumulatorlar batareyasini zaryad qilish usullari
Akkumulatorlarni zaryadlash uchun, odatda, maxsus o‘zgarmas tok manbalaridan foydalaniladi. Hozirgi
vaqtda avtokorxona sharoitida zaryadlashning asosan ikki usuli qo‘llaniladi:
- zaryadlash tokining qiymati o‘zgarmas bo‘lganda;
- zaryadlash kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lganda.
Tok qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash. Bu usulda zaryad qilinganda akkumulator batareyasi
o‘zgarmas tok manbaiga ketma-ket ulanadi (3.8-rasm, a). Zaryadlash mobaynida tok o‘zgar-mas holda
saqlanadi va uning qiymati quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
I
z
U z Eb
Rb
.
Bunda U
z
- akkumulatorqisqichlaridagi kuchlanish, V; E
b
- zaryadlanayotgan batareyaning EYUKi, V;
R
b
- akkumulatorlar batareyasining ichki qarshiligi, Om.
Zaryadlash davomida tok qiymatini o‘zgarmas holda saqlash va uni nazorat qilish uchun
akkumulatorlarga ketma-ket reostat R va ampermetr ulanadi.
Zaryadlash jarayoni bir yoki ikki bosqichda amalga oshirilishi mumkin. Bir bosqichli jarayonning
boshidan oxirigacha zaryadlash tokining qiymati o‘zgarmaydi va u 0,05C
20
ga teng bo‘ladi (C
20
-
akkumulatorning nominal sig‘imi). Ikki bosqichli jarayonda, elektrolitda gaz ajralib chiqish boshlanguncha
akkumulator qiymati 0,15C
20
ga teng tok bilan zaryadlanadi (I bosqich). Bunda akkumulatorning har bir
bankasidagi kuchlanish 2,4 V gacha ortadi (3.8- rasm, b). Shundan keyin, zaryadlash toki 2-3 marta
kamaytiriladi va jarayon 0,05
C
20
ga teng tok bilan tugallanadi (II bosqich).
Ikki bosqichli zaryadlash jarayonining afzallik tomoni shundan iboratki, birinchidan akkumulatorlarni
to‘la zaryadlash uchun ketadigan vaqt tejaladi (I bosqichda zaryadlash tokining oshirilishi hisobiga),
ikkinchidan zaryadlash oxirida elektrolitning qattiq "qaynab" ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi (II bosqichda
zaryadlash tokini sezilarli darajada kamaytirish hisobiga) va natijada, plastinalardagi aktiv massa
muddatidan avval emirilishini oldi olinadi.
Kuchlanishi U
tm
ga teng bo‘lgan o‘zgarmas tok manbaiga ketma-ket ulanishi mumkin bo‘lgan
akkumulatorbankalarining soni (reostat qarshiligi
R=0 bo‘lganda) quyidagicha aniqlanadi:
n
U
tm
2 7
,
;
Bunda, U
tm
- o‘zgarmas tok manbaining
kuchlanishi, V ; 2,7 - zaryadlash oxirida har bir
akkumulator
yelementiga
to‘g‘ri keladigan
kuchlanish, V.
Zaryadlashga qo‘yilayotgan akkumulator
batareyalarning sig‘imi bir xil yoki imkon
boricha bir-biriga yaqin bo‘lishi kerak, aks holda
3.8-rasm. AKB ni tok o’zgarmas bo’lganda
zaryad qilish.
35
zaryadlash toki qiymatini sig‘imi eng kichik bo‘lgan batareya bo‘yicha
belgilashga to‘g‘ri keladi va sig‘imi katta bo‘lgan batareyalar juda sekin
zaryadlanadi.
Tok
qiymati
o‘zgarmas
bo‘lganda
zaryadlash,
hozirgi
vaqtda
akkumultorlarni zaryad qilishning asosiy usuli hisoblanadi. Bu usul yordamida
akkumulatorlarni to‘la zaryadlashga erishish mumkin. Bundan tashqari,
zaryadlash tokining qiymatini ma’lum chegarada tanlash, uni rostlab turish va
nazorat qilish imkoniyati borligi, yangi akkumulatorlarni birinchi bor zaryad
qilishda, plastinalari sulfatlanib qolgan akkumulatorlarni tiklashda juda qo‘l
keladi.
Akkumulatorlarni zaryadlash uchun sarflanadigan vaqtning nisbatan
ko‘pligi, zaryadlash davomida tok qiymatini doimo nazorat qilish va rostlab
turish zarurati - bu usulning asosiy kamchiliklaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |