Kuchlanish qiymati o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlash. Zaryadlashning
bu usuli avtokorxona va zaryadlash stansiyalarida kam qo‘llanadi va u, asosan,
avtomobilda o‘rnatilgan akkumulatorni generator yordamida qo‘shimcha
zaryadlab turishda ishlatiladi. Bu usulda, akkumulatorlar o‘zgarmas tok
manbaiga parallel ravishda ulanadi (3.9- rasm, a).
Tok manbaining kuchlanishi 12 V li akkumulatorlar batareyasi (yoki 6 elementli) uchun 14,4 V
bo‘lishi, ya’ni har bir elementga 2,4 V to‘g‘ri kelishi kerak. Kuchlanish maxsus moslamalar (avtomobilda-
kuchlanish rostlagichi) yordamida rostlab turiladi va voltmetr orqali nazorat qilinadi.
Zaryad zanjiridagi tokning maksimal qiymati generator quvvatiga va akkumulatorlar batareyasining
razryadlanganlik darajasiga bog‘liq bo‘lib quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
I
z
U g Eb
Rb
.
Bunda U
g
- generatorning rostlangan kuchlanishi, V; e
b
- batareyaning EYUK, V; R
b
- batareyaning
ichki qarshiligi, Om.
Zaryadlash jarayonining boshlang‘ich davrida, generator kuchlanishi - U
g
bilan razryadlangan
akkumulatorning EYUK e
b
orasidagi farq katta bo‘lishi hisobiga, zaryad tokining qiymati nisbatan yuqori
qiymatlarga ega bo‘lishi (3.9-rasm, b) va (1,0-1,5) C
20
gacha yetishi mumkin. Akkumulator zaryadlana
boshlagandan so‘ng uning EYUK E
b
orta boradi, natijada zaryadlash toki keskin kamayadi va zaryadlash
oxirida qiymati 0 ga yaqinlashadi. Tokning qiymati zaryadlash jarayonining boshlang‘ich qismida katta
bo‘lganligi sababli akkumulatorzaryad vaqtining birinchi 3-4 soatida sig‘imining 80-90% zaryadlanadi.
Kuchlanish o‘zgarmas bo‘lganda zaryadlashning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
- zaryadlash toki avtomatik ravishda kamayib borganligi sababli, uni doimo nazorat qilish va rostlab
turish zarurati yo‘q;
- zaryadlash jarayoni oxirida tok qiymati juda kichik bo‘lganligidan, elektrolitdan gaz ajralib chiqishi
ham juda sust sodir bo‘ladi va bu plastinalarning aktiv massasini va panjaralarini yemirilishdan saqlaydi;
- zaryadlashga har xil sig‘imga ega bo‘lgan akkumulatorlarni qo‘yish mumkin, zaryadlash tokining
qiymati har bir akkumulatorning razryadlanganlik darajasiga ko‘ra avtomatik ravishda qaror topadi.
YUqorida keltirilgan afzalliklarga qaramasdan, akkumulatorlarni zaryadlashning bu usuli - yordamchi
usul hisoblanadi. Chunki, uning yordamida akkumulatorlarni oxirigacha to‘la zaryadlab bo‘lmaydi. Bundan
tashqari, tok qiymatini rostlash imkoniyati bo‘lmaganligi uchun, bu usul bilan plastinalari sulfatlanib qolgan
akkumulatorlarni tiklab bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |