3.7. Akkumulatorlar batareyasining asosiy nosozliklari
Akkumulatorlarning xizmat muddati asosan ularning ishlatish shart-sharoitlariga, ularga ko‘rsatiladigan
texnik tadbirlarning sifati va o‘z vaqtida o‘tkazilishiga bog‘liq bo‘ladi. Akkumulatorlar ishlatishning
belgilangan hamma qoidalariga rioya qilinganda, ular 4-5 yilgacha xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Akkumulatorlarning ishdan chiqishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
- plastinalarning sulfatlanib qolishi ;
- me’yoridan ortiq o‘z-o‘zidan razryad bo‘lishi ;
- plastinalarning emirilishi va qayishib ketishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |