Dvigatelni ishga tushirish tizimini loyihalashda va hisoblashda akkumulatorlar batareyasining volt-
amper tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Akkumulatorning volt-amper tavsifnomasi deb, razryad
tavsifnomasi tajriba yoki razryadlanishning berilgan shartlari asosida hisoblash yo‘li bilan olinadi.
32
Volt-amper tavsifnomasining asosiy qismi deyarli to‘g‘ri
chiziqli qonuniyat bo‘yicha o‘zgaradi, lekin razryadning
boshlanishida va oxirida akkumulatorda sodir bo‘ladigan
qutblanish jarayonlari ta’sirida tavsifnoma egri chiziq
ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Startyor rejimidagi razryad toklarining qiymati asosan
volt-amper tavsifnomaning to‘g‘ri chiziqli qismida bo‘lganligi
sababli, dvigatellarning ishga tushirish tizimini hisoblashda,
egri chiziqli qismi to‘g‘rilangan tavsifnomadan foydalaniladi.
Buning uchun volt-amper tavsifnomaning to‘g‘ri chiziqli
qismini kuchlanish va tok o‘qlari bilan kesishguncha ikkala
tomonga davom ettiriladi. Bu to‘g‘ri chiziqning koordinata
o‘qlari bilan kesishgan nuqtasida boshlang‘ich razryadlanish
kuchlanishi U
br
va qisqa tutashuv toki I
qt
ga mos keladigan
kesmalar ajratiladi. Bu ikki nuqtadan o‘tkazilgan to‘g‘ri chiziq
akkumulatorning to‘g‘rilangan volt-amper tavsifnomasini
ifodalaydi.
Akkumulatorning volt-amper tavsifnomasini olish uchun
quyidagi hisoblash uslubidan foydalaniladi.
Boshlang‘ich razryadlanish kuchlanishi U
br
ni hisoblash ifodasi
U
br
= m (2,02 + 0,00136 t
e
- 0,001 D
r
)
Bunda m - batareyadagi akkumulatorlar soni; t
e
- elektrolit temperaturasi,
0
C; D
r
- akkumulatorning
razryadlanganlik darajasi, %.
Volt-amper tavsifnomani shartli ravishda chiziqli deb qabul qilinganligini e’tiborga olinsa va uning hech
bo‘lmasa bitta nuqtasining qiymati (
U
i
,I
i
) ma’lum bo‘lsa, akkumulatorning qisqa tutashish toki quyidagi
ifoda yordamida aniqlanadi
I
U
I
U
U
qt
br
i
br
i
Har-xil sig‘imli, lekin bir o‘lchamli plastinalardan tashkil topgan akkumulatorlarning volt-amper tavsif-
nomalarini tahlil qilish uchun bitta musbat plastinaga to‘g‘ri keladigan qisqa tutashuv toki
I
+
qulay
ko‘rsatkichdir va u quyidagi ifoda orqali hisoblanishi mumkin
I
I
n
qt
Bunda, n
+
- akkumulatorlar batareyasining bitta bankasidagi musbat plastinalar soni.
Akkumulatorning volt-amper tavsifnomasi uning ichki qarshiligiga bog‘liq va demak ichki qarshilikka
ta’sir qiluvchi barcha omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. elektrolit temperaturasini pasayishi razryadlanganlik
darajasining oshishi - akkumulatorichki qarshiligining va volt-amper tavsifnomasining abtsissa o‘qiga og‘ish
burchagini oshiradi, ya’ni bir xil qiymatga ega bo‘lgan razryad tokiga to‘g‘ri keladigan kuchlanish
kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: