42
- Muqobil strategiyalarni tanlash
- Strategiyani tanlash
- Strategiyani amalga oshirish
- Strategiyani baholash.
Strategik rejalashtirish mavjud va ochilayotgan imkoniyatlarni qiyoslash yo‗li bilan
butun ta‘lim muassasasi yoki uning biror yo‗nalishi uchun uzoq muddatli maqsadlar va
strategiyalarni shakllantirish jarayoni hisoblanadi. U uzluksiz va tizimli jarayon bo‗lib,
bunda odamlar faraz qilingan natijalar, bu natijalarga qanday qilib erishish mumkinligi,
muvaffaqiyat qanday o‗lchanishi va baholanishi to‗g‗risida qarorlar qabul qilishadi.
5. Ta‘lim muassasalar faoliyatini strategik rejalashtirishda missiyaning o‗rni
Missiya bu zamonaviy strategik boshqaruv nazariyasining asosiy tushunchalaridan
biri bo‗lib, unga turli mualliflar turlicha ta‘rif berishadi. "Missiya" so‗zi ―muhim topshiriq,
ko‗rsatma, yuqori tayinlov, mas‘uliyatli rol, katta maqsad‖ ma‘nosini bildiradi. Ba‘zilar
muassasa missiyasini giper maqsad yoki "maqsadning shunday shakliki, ma‘lum biznesni
boshqa unga o‗xshash korxonalardan farqini osongina ko‗rsatadi" deb hisoblashadi.
Ta‘lim menejmentida – ―missiya‖ tushunchasi ta‘lim muassasasini nima uchun
mavjudligini hamda uni boshqa muassasalardan farqini aniqlash va bilishni tassavurini
yaratish uchun zarur hisoblanadi.
Ta‘lim muassasasi missiyasi shunday shakllantirilishi lozimki, o‗qituvchilar va
rahbar xodimlar o‗z faoliyatlarini rejalashtirganlarida unga asoslanish mumkin bo‗lsin. Har
bir ta‘lim muassasasining missiyasi betakror bo‗lib, bir-biriga o‗xshamaydi. Masalan:
1.
Har bir o‗quvchiga o‗zining qobiliyatini aniqlash va uni yuzaga chiqarish
imkoniyatini berish.
2.
Har bir xodimda novatorlik xususiyatini shakllantirish va rag‗batlantirish.
Missiya go‗yo ta‘lim muassasasining tashrif qog‗ozi hisoblanadi. U chiroyli, aniq,
tushunarli, eng asosiysi, ta‘lim muassasasining ichki olamini tasvirlab, uni amalga oshirish
mumkin bo‗lishi kerak. Shu bois, missiyani shakllantirishda "Bularning hammasi kim va
nima uchun?" degan eng muhim kalit savollarga e‘tibor qaratish lozim. "Nima uchun?"
savolini bir necha marta takrorlash va unga javob berish, ya‘ni asoslash, missiyani yanada
aniq ifodalashga yordam beradi:
- bizning maktabimiz davlatimizga nima uchun kerak?
- bizning maktabimiz jamiyatga nima uchun kerak?
- bizning maktabimiz shu yerda ishlovchilarga, ta‘lim oluvchilarga nima uchun
kerak?
- biz ta‘lim xizmatlaridan boshqa yana nima taklif qilishimiz mumkin? Nima uchun?
- . . . .
Shunday qilib, ta‘lim muassasasi missiyasi uning faoliyati mazmunini va mohiyatini
ochib beradi, lekin foyda olishni ko‗zda tutmaydi.
Missiyani shakllantirishda quyidagi muhim jihatni e‘tiborga olish zarur: missiya
ta‘lim muassasasining tarixi hamda madaniyatidan kelib chiqib, butun jamoaning
qadriyatlari va dunyoqarashini aks ettirishi va albatta, xodimlar tomonidan qo‗llab-
quvvatlanishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: