38
bog‗langan qismlari mavjud bo‗lib, ular muvaffaqiyat strategiyasi va rivojlanish strategiyasi
deb yuritiladi. Har ikkala strategiya ham ta‘lim muassasasini rivojlantirishga qaratilgan
bo‗ladi.
Diversifikatsiyalashgan strategiya ta‘lim muassasasining faoliyat sohalari va
yo‗nalishlarini kengaytirish oldidagi vazifalarni amalga oshirish yo‗llarini ifodalaydi.
Masalan, yangi yo‗nalishlar ochish, budjetdan tashqari mablag‗ topish, ta‘lim xizmatlari
ko‗rsatishni kengaytirish va ijtimoiy hamkorlarni jalb qilish bo‗yicha tuzilgan strategiyalar.
3. Ta‘limda strategik menejment tushunchasi va uning ahamiyati
Strategik menejment muassasaning maqsadlariga erishish uchun strategik qarorlarni
qabul qilish metodologiyasi va ularni amaliy ravishda amalga oshirish usullarini o‗z ichiga
olgan ilmiy bilimlar sohasi.
Strategik menejmentning mohiyati atrof-muhitning kutilayotgan xatti-harakatlariga
asoslanib, kelajakda kerakli natijalarga erishish uchun muassasa hozirgi paytda nima qilishi
kerakligini aniqlashdir. Shu bilan birga, muassasaning hozirgi (yaqin) vaqtdagi harakatlari
aniqlanadi va amalga oshiriladi, bu unga aniq kelajakni ta‘minlaydi. Uzoq muddatli va
strategik rejalashtirish o‗rtasidagi asosiy farq kelajakni talqin qilishdir. Uzoq muddatli
rejalashtirish tizimi kelajakni tarixiy rivojlanish tendensiyalarini ekstrapolyatsiya qilish
orqali bashorat qilish mumkinligini taxmin qiladi. Uzoq muddatli rejalashtirish tizimida
maqsadlar muassasaning har bir asosiy bo‗linmasi uchun ishlab chiqilgan dasturlar,
budjetlar va foyda rejalariga o‗zgartiriladi. Strategik rejalashtirish tizimida kelajak
o‗tmishdagidan yaxshiroq bo‗lishi kerak degan taxmin mavjud emas va kelajakni
ekstrapolyatsiya yo‗li bilan o‗rganish mumkin deb ishonilmaydi. Shuning uchun, birinchi
navbatda, muassasaning istiqbollari tahlili o‗tkaziladi, uning vazifasi tendensiyalarni,
xavflarni, shuningdek ushbu tendensiyalarni o‗zgartirishi mumkin bo‗lgan alohida
favqulodda vaziyatlarni aniqlashdir.
Strategik menejment - bu muassasaning uzoq muddatli maqsadlari va harakatlariga,
raqobatdoshlariga nisbatan muassasaning hayotiyligi va kuchini kuchaytirish uchun o‗zaro
bog‗liq bo‗lgan uzoq muddatli chora-tadbirlar yoki yondashuvlar doirasiga kiradigan
muassasani boshqarish funksiyasi. Strategiyani shakllantirish - harakatlar yo‗nalishi va
uning aniq vositalari menejmentning yadrosi va yaxshi menejmentning muhim belgisidir.
Strategik menejment - muassasa faoliyatining uzoq muddatli maqsadlari va
vazifalarini belgilash bilan bog‗liq bo‗lgan boshqaruv faoliyati, uning maqsadlariga
erishishga imkon beradigan, uning ichki imkoniyatlariga mos keladigan va tashqi talablarni
idrok etishda davom etadigan atrof-muhit o‗rtasidagi munosabatlarni saqlab turish. Atrof-
muhit sharoitlarining beqarorligi darajasi oshishi bilan strategik boshqaruvga yo‗naltirish
zarurati ortadi.
Biz bir yilga rejalashtirganimizda don sochamiz, o‗n yilga
rejalashtirganimizda daraxt ekamiz. Agar butun umrga
rejalashtirsak, kishilarni o‗qitamiz va tarbiyalaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: