I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/172
Sana22.06.2023
Hajmi5,01 Kb.
#952908
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   172
1.1.4.
 
Yog’lar va ularni qayta ishlash mahsulotlarining texnik 
qo’llanilishi 
Ishlab chiqarilgan yog'larning uchdan bir qismi texnik maqsadlar uchun
qolganlari oziq-ovqat uchun ishlatiladi.
Sanoatda yog'larning gidrolizi katta miqyosda amalga oshiriladi; bu jarayon 
200-225
0
C haroratda va 20-25 atm bosimda qizdirilgan bug 'bilan, yoki har xil 
kislotali yoxud ishqorli katalizatorlar ishtirokida amalga oshiriladi. Ishqorli 
gidroliz natijasida yog' kislotalarining tuzlari - sovunlar hosil bo'ladi. Yog'larning 
gidrolizi natijasida oq yoki sarg’ish rangli yog'li massa - stearin ham olinadi. 


14 
Yog'lar kosmetika va farmatsevtika sanoatida keng qo'llaniladi. Ularning 
aniq qo’llanilishi kimyoviy tarkibiga qaysi organik birikmalar va vitaminlar 
kirishiga bog’liq. O'simlik moylari asosida tibbiyotda ham, kosmetologiyada ham 
keng qo'llaniladigan turli xil malham (maz), emulsiya, kremlar tayyorlanadi.
Texnik o‘simlik moylari xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng qo‘llaniladi. 
Jumladan toza holdagi yog‘ kislotalar ajratib olish, sovun mahsulotlarini tayyorlash 
va oksidlanadigan moylar olif, lok, bo‘yoq, linoleum, maxsus suv o‘tkazmaydigan 
matolar tayyorlashda ishlatiladi. 
O’simlik moylaridan moyli bo'yoqlarni ishlab 
chiqarish uchun erituvchi sifatida foydalaniladi. 
Yog'lardan qimmatli mahsulotlar: glitserin, karbon kislotalari, ularning 
tuzlari – sovun, texnik salomas olinadi. 
Glitserin texnikada katta va muhim ahamiyatga ega bo’lib, 
nitroglitserin, 
gliftal smolalar ishlab chiqarishda, matolar, teri va qog‘ozni yumshatuvchilar, 
emulgatorlar, antifrizlar, surkov moylari, poyabzal moylari, sovun va yelimlar, 
atir-upa va kosmetik dori vositalari, tibbiyot surtmalari, likyorlar, boshqa turli 
mahsulotlarning komponentlari sifatida qo‘llaniladi.
Yog‘ kislotalari xo‘jalik va atir sovunlari, yuqori yog‘ spirtlari, alkid 
smolalarini ishlab chiqarish, plastifikatorlar sifatida, avtoshinalar ishlab 
chiqarishda va x.k. larni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Yog‘ kislotasining 
suyuq fraksiyasi (olein) kimyoviy tolalar - lavsan, neylon ishlab chiqarishda 
ishlatiladi. Texnik stearin kislotasi avtoshinalarni, fotoplyonkalarni, polistirollarni 
tayyorlashda qo’llaniladi.
To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan texnik olein kislotasiga, u bilan 
moylangan gazlamalarni o‘z-o‘zidan yonib ketishga olib keladigan oksidlanishdan 
himoya qilish maqsadida 0,5% β-naftol qo‘shiladi. Texnik stearin kislotasi 
(stearin) to‘yingan yog‘ kislotalari, asosan stearin va pal’mitin, hamda oz miqdorda 
to‘yinmagan kislotalar, olein va izoolein kislotalari aralashmasidan iborat.
Indov moyi po‘latlarni toblashda, sun’iy kauchuk, lak-bo’yoqlar ishlab 
chiqarishda, sovun pishirishda ishlatiladi. Yengil sanoatda sun’iy tolalar 
tayyorlashda foydalaniladi. Indov moyi teri va junga ishlov berishda hamda tush’ 


15 
tayyorlashda qo‘llaniladi. Poyasi va qo’zoqchalaridan furfurol va tsellyuloza 
olishda foydalaniladi.
Kokos va pal’moyadro moylari atir sovuni tarkibiga kiradi. 
Kastor moyi poliuretan lokini strukturalaydi va uning qovushqoqligi ortadi. 
Charmga 
yotqizilgan 
poliuretan 
lokining 
plyonkasi 
elastiklik 
va 
cho‘ziluvchanlikka ega bo‘ladi. Poliuretan loki hosil qilgan plyonkaning 
yaltiroqliligi boshqa plyonka hosil qiluvchilardan ajralib turadi. 
O’simlik moylarini qayta ishlashning eng zamonaviy va faol rivojlanayotgan 
yo’nalishlardan biri yog’larning alkogolizidir. Bu jarayon natijasida hosil 
bo’ladigan murakkab efirlar dizel’ dvigatellari uchun yonilg’i tarkibiy qismini 
tashkil etadi. Pal’ma, kastor, zig’ir, indov, paxta, kungaboqar va boshqa o’simlik 
moylari bioyoqilg’i olish uchun muqobil energetik manbalar hisoblanadi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish