I. B. Isabayev, F. U. Suvanova, Q. H. Majidov



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/172
Sana22.06.2023
Hajmi5,01 Kb.
#952908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   172
asosiy moyli urug‘
sifatida paxta chigiti ishlatiladi. Keyingi 
vaqtlarda paxta dalalari qisqartirilishi natijasida, paxta chigiti o‘rnini qoplay 
oladigan boshqa moyli o‘simliklar ekish ishlarini amalga oshirish orqali 
respublikamiz uchun 
noan’anaviy moyli o‘simliklar
dan kungaboqar, maxsar, 
soya o‘simliklarining seleksiyasi va ularning moyini qayta ishlash texnologiyalari 


12 
o‘rganilmoqda. Bundan tashqari, zig’ir, bug’doy murtagi moyi, amarant 
(gultojixo’roz) moyi kabi tarkibi o’ta to’yinmagan yog’ kislotalariga boy moylarni 
an’anaviy moylar bilan qo’shib funktsional aralashmalar (kupajlar) yaratish va 
ularni keng xalq iste’moli uchun ishlab chiqarish ustida izlanishlar olib 
borilmoqda. 
O‘simlik moyi, shuningdek, kungaboqar, zig‘ir, jo‘xori, maxsar, kunjut, 
xantal, soya, yeryong‘oq, zaytun, o‘rik, bodom danagi, uzum, pomidor 
urug‘laridan olinadi.
Moyli ekinlar guruhini xilma-xil ekinlar tashkil qilgan. Bu ekinlar har xil 
botanik oilalarga mansub bo’lib, morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq 
qiladi. Moyining chiqishi, sifati, qo‘llanishi har xil bo‘ladi. 
Ushbu ekinlarning urug‘i va mevasi tarkibida 20-60-% moy bo‘lib, oziq-
ovqatda, konserva ishlab chiqarishda, qandolat va non mahsulotlari tayyorlashda 
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, o‘simlik moyi margarin, sovun, lok, bo‘yoq, olif, 
stearin, linoleum ishlab chiqarishda, tabobatda, parfyumeriyada, teriga ishlov 
berishda qo‘llaniladi. Ammo moyli ekinlarning ulushi har xil. Kungaboqar, soya, 
indov moyli ekin sifatida keng tarqalgan, boshqa ekinlar kam tarqalgan: ularga 
moyli zig‘ir, kunjut, maxsar, xantal, kanakunjut, moyli ko‘knor, yeryong‘oq, 
krambe, perilla, lyallemansiya va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. 
Moyli 
ekinlarning 
ahamiyati 
ularning 
moyidan 
xalq 
xo‘jaligida 
foydalanishga bog‘liq. Moy ishlab chiqarilgandan keyin qolgan kunjara va shrot 
chorva mollariga yuqori to‘yimli ozuqa hisoblanadi. Ayrim moyli ekinlar silos 
tayyorlashda qo‘llaniladi.
Yer yuzida moyli ekinlar ko‘p tarqalgan, ekin maydoni 140 mln ga dan 
ortiqdir. Eng ko‘p tarqalgan ekinlar - soya (73,5 mln ga), kungaboqar (18,33 mln 
ga) indov (22,25 mln ga), yeryong‘oq (21,78mln ga), moyli zig‘ir (7,5 mln ga), 
kunjut (6,75 mln ga). Moyli ekinlar AQSH, Kanada, Hindiston, Braziliya, 
Argentina, 
Xitoy, 
Pokiston, 
Rossiya, 
Moldova, 
Ukrainada 
tarqalgan. 
O‘zbekistonda moyli ekinlardan maxsar, kungaboqar, kunjut, yeryong‘oq, moyli 
zig‘ir va soya ekilmoqda, qadimdan kunjut, zig‘ir, indov, maxsar urug‘i, paxta 


13 
chigiti, meva danaklaridan o‘simlik moyi olingan.
 
Ayrim o‘simlik moylari (kastor, zaytun, bodom va boshqalar) tibbiyot va 
kosmetik preparatlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. 
Moyli urug‘lardan olinadigan oqsil moddalari odam va hayvon ozuqasining 
biologik qiymatini oshiruvchi qo‘shimcha sifatida ishlatiladi. 
Moyli urug‘lar urug‘ va meva po‘stlari asosan tsellyulozadan tashkil 
topganligi sababli spirt ishlab chiqaruvchi gidroliz zavodlariga xom ashyo bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Moyli urug‘lar va ularni qayta ishlash mahsulotlari moylar va oqsillardan 
tashqari bir qator biologik faol birikmalar bo‘lgan vitaminlar va provitaminlarga 
ham boydir (tokoferollar, steroidlar, karotinoidlar va boshqalar). Undan tashqari 
moyli urug‘lar boshqa urug‘lardan xilma xil fosfolipid kompleksi hamda makro- 
va ultramikroelementlar to’plamining miqdori bilan ajralib turadi. 
Moyli urug‘larning kimyoviy tarkibi ularni sanoatda kompleks qo‘llash 
imkoniyatini yaratadi. Moyli urug‘larni yig‘ib olish, qayta ishlash va saqlash 
texnologiyalari, ular tarkibidagi barcha qimmatli moddalar to‘plamini tayyor 
mahsulotlar tarkibida saqlab qolishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. 
Bugungi kunda jahon miqyosida ozuqa o‘simlik moyi sifatida 1-o‘rinda soya 
moyi, 2-o‘rinda kungaboqar moyi, 3-o‘rinda pal’ma moylari, 4-o‘rinda indov moy 
va keyingi o‘rinlarda chigit, zaytun, kunjut, maxsar va boshqa moylar 
qo‘llanilmoqda. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish