Бошланғич таълим кафедраси


BOSHLANG‟ICH SINF O‟QUVCHILARIDA ESTETIK



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

BOSHLANG‟ICH SINF O‟QUVCHILARIDA ESTETIK
TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
Norbo‟tayev X.B., 
Termiz DU dotsenti,
Ismatullayeva Maftuna Maxmatqul qizi, 
TerDU magistranti. 
Boshlang‗ich ta‘lim o‘quvchilari uchun atrof olamni hayajon bilan qabul qilish 
xarakterlidir. Bolalar hamma narsani qarab chiqishlari, qo‘l bilan ushlab ko‘rishlari, 
kattalarning tushuntirishlarini bajonidil tinglashlariga qaramay, atrofdagi hodisalarda 
ko‘p narsalarni payqab ololmaydilar, chunki ular o‘zlarining hissiyot va qiziqishlarini 
qo‘zg‘atuvchi ta‗sirlarga e‗tibor beradilar, muhim bo‘lsa ham hayajon uyg‘otmaydigan 
narsalarga e‗tibor bermaydilar. Shunga ko‘ra bolalarni tabiatshunoslik ob‗ektlari bilan 
tanishtirib borishda ularning jozibaliligiga, go‘zalligiga alohida e‗tibor berish lozim. 
Darhaqiqat, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarilarning estetik hislarini 
rivojlantirishga, didu farosatlarini shakllantirishga va bilim doiralarini kengaytirishga 
tabiatga ekskursiyalar uyushtirishga katta ta‗sir ko‘rsatadi. Tabiatni o‘rganish uni este-
tik qabul qilish bilan uyg‘unlashishi kerak. Chunki, bola tabiatini qancha chuqurroq 
idrok qilsa, shuncha u bolaga shodlik bag‘ishlaydi, uning oldida tabiat har tomonlama 
namoyon bo‘ladi.
Shuningdek, bolalarda tabiatdagi mehnatga ijodiy munosabatni (maysazorlar, 
xiyobonlar, istirohat bog‘lari) tarbiyalash kerak. Tirik tabiat burchagi, o‘quv -tajriba 
maydonchasidagi ishlar, uy vazifasi va yozgi topshiriqlarni rasmiylashtirish, sinfdan 
tashqari ishlar (sinfdan tashqari o‘qish uchun kitoblar tanlash, ko‘rgazma, ertaliklar 
tashkil qilish) shunga xizmat qilishi mumkin. Biroq barcha e‗tibor faqat tabiat 


288 
ob‗ektlari bilan zavqlanishga qaratilsa, estetik tarbiya ta‗sirli bo‘lmaydi. Estetik 
tarbiyaning vazifasi: 
- tabiatda go‘zallikni ko‘rishgina emas, balki uni idrok etishga, ya‗ni estetik 
qabul qilishni idrok etish bilan bog‘lashga; 
- tabiatda go‘zallikni bunyodga keltirish va uni muhofaza qilishga, ya‗ni estetika 
bilan mehnat madaniyatini bog‘lashga; 
- tabiatda hamda jamiyatda xulq - atvor hamda muomala madaniyati qoidalariga 
rioya qilishga, ya‗ni estetika bilan etikani bog‘lashga o‘rgatishdir. 
Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida estetik tarbiya har tomonlama, rejali 
ravishda, o‘quvchilarning tabiat bilan muloqotda bo‘lishlarining barcha shakllarini 
hisobga olgan holda olib borilmog‘i lozim. 
Estetik did estetik ongning muhim tarkibiy qismlardan biri bo‗lib, his - tuyg‗u 
va tafakkur birligi, inson 
o‗zligini ifodalovchi bahodir. Estetik didga ega bo‗lgan 
inson atrof - muhitni go‗zallik va xunuklik, ulug‗vorlik va tubanlik, fojiaviylik va 
kulgililik kabi mezoniy tushunchalari orqali ko‗zdan kechiradi. Yuksak estetik didga 
ega bo‗lishi o‗zinigina emas, atrofdagilarga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu qobiliyat 
tabiiy - tug‗malikka borib taqalsa - da, ammo o‗zini asosan tarbiya, ijtimoiy 
munosabatlar orqali ro‗yobga chiqaradi. Estetik did ham aqliy (fahm), ham axloqiy 
(farosat), ham hissiy tarbiya uyg‗unlashgan umumiylikdan iboratdir. 
Estetik tarbiya - eng avvalo har bir kishida badiiy hissiyot tuyg‘ularini, badiiy 
didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, his - tuyg‘ular va 
ko‘nikmalarning o‘sib borishi jarayonida insonning o‘zi ham ma‘naviy boyib, hayoti 
yanada sermazmun bo‘ladi. Yashayotgan zamoniga nisbatan mehr - muhabbati ortib 
boradi. Bularning hammasi har bir insonda go‘zallikni xunukdan, jirkanchlikdan farq 
qila bilish qobiliyatini shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi. 
Estetik tarbiya bugungi kunda shunisi bilan muhimki, did - farosatlilik 
mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda - har bir inson uchun 
hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. 
Donolardan biri go‘zallik axloq - odobning tug‘ishgan singlisidir, degan edi. 
Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o‘zaro chambarchas bog‘liq holda amalga 
oshiriladi. Chunki, nafosat tarbiyasining natijasi axloq - odobda, chiroyli xatti -
harakat, go‘zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda 
ko‘rinadi. Xalqimiz ―Kamtarlik ham xusn‖ deydi. Mana shu birgina iborada chuqur 
ma‘no bor. Estetik tarbiya orqali yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu xislat 
kishilarning eng go‘zal belgisidir. 
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, ayrim yoshlar go‘zallikni tor ma‘noda 
tushunadilar. Ya‘ni chiroyni ko‘pincha xusn jamolda deb bilishadi. Bu bir tomonlama 
tushunchadir. Har tomonlama ma‘noda esa chiroy xusn - jamol, qalb go‘zalligida, 
ma‘noli so‘zdadir. Xalqimiz bejizga ―Chiroy xusnu jamolda emas, fazlu kamolda‖ 
deb aytmagan! 
San‘at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, xissini 
tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayol va tassavvurni ham 
rivojlantiradi. 
Boshlang‗ich sifdayoq o‘quvchilarni go‘zallikka oshno qilish, ularda hayotiy 
voqealarni to‘g‘ri tushunish, olijanob xis - tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga 


289 
yordam beradi. Bolalarda go‘zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa 
kishilarning kechinmalarini xis eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik 
bo‘lish, qayg‘usini birga baham ko‘rish kabi xususiyatlar tarkib toptiriladi. 
Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining 
shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning 
estetik taraqqiyoti ijtimoiy - tarixiy va estetik tajribani ijodiy o‘zlashtirishi natijasida 
yuzaga keladi. Bu har xil yo‘llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning 
estetik jihatdan rivojlanishida ma‘lum maqsadga qaratilgan ta‘lim va tarbiya hal 
etuvchi rol o‘ynaydi. 
Estetika tabiatdagi, jamiyatdagi moddiy va ma‘naviy madaniyat buyumlarida 
aks etgan, shuningdek, estetik ongning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va vazifasi 
to‘g‘risidagi qonuniyatlarni, ob‘ektiv borliqni estetik bilishning muhim usullaridan 
biri bo‘lgan san‘atning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Pedagogik estetikaning ―Go‘zallik hayot demakdir‖ degan qoidasidan kelib 
chiqib, o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, turmushdagi kishilar 
munosabatidagi go‘zallikda qatnashtirish, uning hayotni idrok eta bilish qobiliyatini 
shakllantirishni o‘zining bosh vazifasi deb hisoblaydi. 
Go‘zallik kishini olijanob qiladi, uning yuksak didli, pok yaxshi inson bo‘lishiga 
xizmat qiladi. Go‘zallik bilan uchrashish kishida estetik xis, ruhiy hayajon, beg‘araz 
quvonch uyg‘otadi. Estetik xisda idrok etilayotgan voqelikka nisbatan xudbinlik 
oxangi, shaxsiy manfaat nuqtai nazaridan g‘arazli qarashlar bo‘lmaydi. Ajdodlarimiz 
bu to‘g‘risida shunday yozadi: ―Kishidagi go‘zallik hosil qilgan sezgi, odam eng 
yaqin
kishisi bilan uchrashganda paydo bo‘ladigan porloq quvonchga o‘xshaydi. Biz 
go‘zallikni beqiyos sevamiz, undan eng yaqin kishimizni uchratganda quvongandek, 
zavqlanib quvonamiz‖.
Go‘zallik insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida yaratiladi va 
madaniy - tarixiy tajribaning bir qismini tashkil etadi. Uning mavjudligi, ob'ektivligi 
yosh avlodga estetik tajribani sistemali ravishda singdirish va shu orqali ularning 
estetik tomondan taraqqiy etishini ta'minlaydigan estetik tarbiya nazariyasining faol 
usullarini ishlab chiqishga yo‘naltiradi. Bunda tarbiya va ta'lim jamiyatning estetik 
madaniyatini o‘zlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi. 
Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki, kishining go‘zallikni 
idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand 
bo‘lishiga o‘xshab ketadi. Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik undan zavqlanmaslik 
yomon ishlarni qilishga olib keladi. San‘atning tarbiyaviy kuchi shundaki, u odamni 
hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur his - hayajon bilan idrok etishga majbur 
etadi. 
Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday qiyin ishda ham 
go‘zallikni ko‘ra oladi va uni yaxshi, zo‘r shavq - zavq bilan bajaradi. 
Estetik va jismoniy tarbiya o‘rtasida mustahkam bog‘lanish bor. Kishining 
mustahkam sog‘ligi, jismoniy kamolotisiz uning go‘zalligini tasavvur etib bo‘lmaydi. 
Uning chiroyli gavda tuzilishi, harakatlarni chiroyli bajarishi, musiqa ostida chiroyli 
harakatlar qilishi va hokazolar shular jumlasiga kiradi.


290 
Ko‘pchilik pedagog va psixologlarning tadqiqot ishlari bolalarning ijodiy 
faoliyatlari, xissiyotlari, estetik tasavvurlarining o‘ziga xos xususiyatini va ulardagi 
estetik tasavvur va xissiyotlarning qanday rivojlanishini ochib bergan.
Bu tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va xissiyotlarni rivojlantirishni 
ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish bilan birga qo‘shib olib borish kerak degan 
xulosaga olib keldi. 
Estetik tasavvurning o‘ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa turlariga 
qaraganda narsalarni his qilish shakli - ―Ko‘rinadigan‖ va ―eshitiladigan‖ narsalar 
butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrok qilishda narsalarning ko‘rinishi, 
ohangdorligi unchalik muhim bo‘lmay, balki uning ahamiyati muhimdir. Estetik 
idrok qilishda esa eng muhimi - idrok qilayotgan narsaning obrazi, uning ifodali 
tomonlarini, nozik ranglarini ko‘ra bilish talab qilinadi. Shuning uchun estetik tarbiya 
yuqori darajadagi sensor madaniyatni, kuzatuvchanlikning rivojlangan bo‘lishini 
talab etadi. 

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish