Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Adizov B.R. Ijodiy ta‘lim jarayoniga tizimli yondashuv // Xalk ta‘limi. –
Toshkent, 2001. – № 4, B. 102–104.
2.
Nishonova 3. Mustaqil fikr rivojlanganligining psixologik mezonlari. // Xalq
ta‘limi. 2001. – № 1. – B. 34–37.
Qosimov F.M. O‘quvchi ijodiy faoliyatini oshirishda darslikning roli // Boshlang‘ich ta‘lim. 2006.
– № 5. B. 30–32.
205
BOSHLANG‟ICH SINF O‟QUVCHILARIDA
EKOLOGIK XAVFSIZLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRSHDA
MILLIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH
Muxtorova Lobar Abdimannobovna
TerDU katta o‟qituvchisi
Bugungi kunda tabiatni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik masalalari jahon
hamjamiyatining umumiy global muammosiga aylandi. Jumladan, mamalakatimizda
o‘tgan davr mobaynida jamiyat hayotining barcha sohalarini isloh qilish barobarida,
fuqarolarga ekologik barqaror hayot sharoitini yaratish davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishiga aylandi. Ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lida ekologik tarbiyaning
jamiyat ma‘naviy hayoti bilan aloqadorligi masalalari, xususan, yoshlarda ekologik
bilim va tushunchalarni tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish masalalari
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu masalada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati
vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma‘ruzasida ―Eng muhim masala-
aholining ekologik-huqiqiy madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz
zarur. Albatta, bunday muammolarni faqat ma‘muriy yo‘l bilan hal etib bo‘lmaydi,
bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini
tarbiyalash orqali erishish mumkin‖,[1]-deb to‘g‘ri ta‘kidlagan edi.
Ekologik tarbiya inson va tabiat munosabatlarini hayotiy timsolllarda aks
ettirish orqali yoshlarning ekoma‘naviy - madaniy saviyasi darajasi hamda
dunyoqarashini ifodalash bilan birga inson shaxsini tarbiyalash vazifasini ham
bajaradi.
Zero, har bir yosh nafaqat yetuk va barkamol bo‘lishi, shu bilan birga
atrof muhitga odilona munosabatda bo‘lib, tabiat qonun - qoidalarini o‘z ichki
kechinmalaridek qabul qilsa, tabiat bilan hamohang, uyg‘unlashgan holda
faoloiyat olib borsagina u tom ma‘noda yuksak ma‘naviyat va madaniyatga
erisha oladi.
Jahon miqyosida yoshlar tarbiyasiga e‘tibor qadim - qadimdan boshlanadi.
Uning namoyandalari qadimgi grek olimlari Arximed, Aristotel, Suqrot, Platonlar
yishlar tomonidan bilimlarini ixtiyoriy faol o‘zlashtirishda o‘z ahamiyatini chuqur
va har tomonlama asoslab berganlar. Ayniqsa, Markaziy Osiyoda yoshlar
tarbiyasiga katta e‘tibor berganlar. Zardushtiylikning muqaddas kitobi ―Avesto‖
yer, tuproq, daryolar, ko‘llar, bog‘lar, tog‘lar, o‘simligu - giyohlar madh etilgan.
Ona zaminni ulug‘lash, suvni hayot manbai dab qadrlashlar, quyosh, olov va
havoni e‘zozlash bular ―Avesto‖ dagi markaziy masalalarda bo‘lib hisoblanadi. Suv
manbalari, hosildor yerlar, o‘simlik va bog‘larni qamrab olgan qishloq xo‘jaligi
hududi ―shoytra‖ deb atalgan. ―Shoytra‖ dehqonchilik qilish maqsadida shudgor
qilingan dalalar va chorva boqish uchun foydalanilgan yem-xashak maydonlaridan
iborat bo‘lgan. Avestoda asosiy boylik sifatida chorva e‘tirof etilgan. Zaratushtra o‘z
ta‘limotida ―Chorvaga yaxshi ega kerak, chorva egalariga men erkin yurishni va erkin
hayotni ta‘min qilaman‖ deydi (Yasna, 24. Gatlar). Avestodagi chorvadorlar toifasi
bu kohinlar va jangchi oriylarning mol-qo‘ylari hamda yilqilarini boquvchi
cho‘ponlar hisoblangan [2].
206
Zardushtiylikning ta‘limotiga ko‘ra, har bir kishi ruhan va xulqan komilligi
uning yaxshilikka yuz tutib, rost yo‘lni tanlab, dunyoviy bilimlarni o‘rganib, o‘z
kasbini e‘zozlagan holda Axuramazda farzlarini nechog‘lik ado etishi bilan
belgilanadi. Zero, qo‘sh haydab don ekkan, chorvani parvarishlab, cho‘lda bog‘
yaratgan, yerning zaxini qochirib, sho‘rini yuvib, ziroat ekkan. Zardushtiylik
ta‘limoti bo‘yicha suv va havoni iflos qilish, suvga nopok narsalarni tashlash
qat‘iyan man etilgan. Anhor va ariq bo‘ylariga mol boqish, otlarni bog‘lashga
ruxsat berilmagan. Suvga supurish, suvga tupurish, toza qilib yuvilmagan
idishlarda ariq va hovuzlardan suv olish, nopok holda suvga qarash
ajdodlarimiz diniy e‘tiqodlari bo‘yicha odob - axloqqa xilof tarzda baholangan.
Tabiat muhofazasi masalasi zardushtiylik dinidan boshlab boshqa barcha dinlar
kabi Islom dini tomonidan ham qadrlab kelingan. Islom ta‘limotida hayvonot
va nobotot olamiga katta e‘tibor bergan. Qu‘ron oyatlaridan birida nabobot
olami bandalar uchun rizqdir, undan esa o‘z rizqlarini asrab - avaylash hamda
shukr keltirish lozimdir, deyilgan.
Tabiatni e‘zozlash, zaminni ulug‘lash o‘tmish davrlardan, moziylardan,
boshlanib ajdodlardan - avlodlarga, asrlardan asrlarga o‘tib, boyib, sayqal topib
hozirgacha davom etib kelayotgan sharqona, o‘zbekona hikmatlar, tuzuklar,
ta‘limotlar, falsafiy qarashlar, milliy qadriyatlar, milliy udum va an‘analarda o‘z
aksini topgan. Bu bilimlarni o‘rganish orqali yoshlar tabiat va inson o‘rtasidagi
munosabat, ularning o‘zaro aloqadorlik va birlik mohiyatini, atrof muhitga
munosabatini, tabiat muhofazasi yo‘lida amalga oshirilayotgan xatti - harakatlarni
tahlil etib, ekologik muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni
aniqlashga harakat qiladi. Mazkur holat esa yoshlarda ekologik bilim va
tushunchalarning shakllanishiga zamin yaratadi. Shuningdak, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida ekologik xavfsizlik madaniyatini shakllantirish bugungi kunning
muhim masalalaridan hisoblanadi.
Ekologik xavfsiz madaniyatining asosini, shubhasiz, ekologik tarbiya ta‘lim
tizimining barcha bo‘g‘inlarini ya‘ni maktabgacha ta‘lim muassasalaridan tortib
oily ta‘lim bosqichlarini ham qamrab oladi. Chunki, muayyan aniq maqsadlarga
yo‘naltirilgan ekolgik tarbiya natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ekologik
bilimlarini oshirish, ularda tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish
malakalarini tarkib toptirish, mehnatga ixlos bilan munosabatda bo‘lish sifatlarini
tarbiyalash mumkin. Ekologik tarbiya tizimli va izchillikda olib borilishini
nazarda tutish shart.
Taniqli ekologshunos B.Ziyomuhamedov o‘zining «Ekologiya va
ma‘naviyat» asarida inson ko‘nikmalaridan biri, ekologik ma‘naviyatning
ko‘rsatkichi atrof-muhitni ozoda asrash, shu jumladan: tanini, xonadonini,
chorbog‘ini, jamoat joylarini, tabiatni va hokazolarni toza saqlashdan iborat deb
hisoblaydi.[3]
Ekolog huquqshunos olim J.Xolmo‘minov fikricha ekologik huquqiy tarbiyani
olib borish, bevosita ekologik-huquqiyta‘lim bilan ham chambarchas bog‘liq bo‘lib,
uning quyidagi xususiyatlarini e‘tirof etadi.
1) yoshlarni tabiat go‘zalliklaridan estetik zavq olish va uni sevish ruhida
tarbiyalash;
207
2) tabiat va jamiyat o‘rtasidagi murakkab huquqiymunosabatlar hamda inson
faoliyatining tabiatga ta‘siri oqibatidagi huquqiybilimlarni o‘rganish;
3) yoshlarning huquqiy-ekologik madaniyatini oshirish va mustahkamlash,
ekologik xavfsizlikni ta‘minlashga doir qonunlar mohiyatini o‘rgatish va boshqalar.
[4]
Yuqoridagi olimlarning fikrlaridan ko‘rinib turibdiki, ekologik tarbiya yangi,
yaqin yillardan buyon shakllanib kelayotgan tarbiyaning bir yo‘nalishidir. Bildirilgan
ilmiy fikrlar shundan dalolat beradiki, yuqorida ko‘rsatilgan barcha tushunchalar bir-
birlari bilan o‘zaro mantiqiy bog‘liq va ular asosan ekologik-tarbiyani olib borish
jarayonini to‘ldiradi, mustahkamlaydi.
Bugungi kunda yoshlarda tabiatga nisbatan insonparvarlarcha munosabatni
shakllantirish masalasi ko‘ndalang turgan ekan demak, o‘qituvchilar o‘z mehnat
faoliyati davomida yoshlarda tabiat qonunlari, inson va tabiat va ularning o‘zaro
mutanosibligi, tabiiy muvozanatni saqlash haqidagi bilimlarni va bular negizida
ekologik xavfsizlik madaniyatni tarkib toptirishlari, shuningdek, o‘quvchilar orasida
ekologik mavzulardagi tarbiyaviy ishlarni puxta rejalashtirishlari va amalga
oshirishlari lozim bo‘ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlari yashab turgan hududda tabiiy
muhitning ahvoli insonlar iqtisodiy - xo‘jalik faoliyati natijasida tabiatga
keltirilayotgan salbiy ta‘sirlar, ekologik inqirozlarning kelib chiqish sabablarini
tushunsalar ―ekologik inqiroz‖ tushunchasining mavhumlik darajasi yo‘qoladi va
ularda ekologik ong, ekologik fikrlash malakalari shakllanadi hamda
vatanparvarlik, vijdoniylik kabi eng yaxshi insoniylik sifatlari shakllanadi.
Ekologik ongni tarkib toptirish va rivojlantirish fikrlash qobiliyatining
kengayishi muayyan maqsadlarga yo‘naltirilgan faoliyat negizida kechadi. Ya‘ni
bir o‘rinda o‘rganilayotgan ekologik voqea - hodisalarning muammoli qo‘yilishi
kutilgan natijalarni beradi. Muammolilik prinsipi keying vaqtlarda o‘quv dasturi
va darsliklarni yaratishda ham o‘z aksini topadi. Muammoli vaziyatlar asosida
ta‘lim - tarbiya jarayonini tashkil qilishdan asosiy maqsad ularni hal qilish
davomida o‘quvchilarni mustaqil tadqiqotchilik faoliyatiga jalb qilish, shu
bilan birga ekologik muammolarni bartaraf qilish, yoshlarning faolligini b ongli
ishtirokini ta‘mimnlash ularda loqaydlik kayfiyatining yuzaga kelishiga yo‘l
qo‘ymaslik uchun imkon yaratishdir. Muammoli vaziyatlar boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida shaxslik sifatlarini, vatan kelajagi uchun ma‘sulyatni sezadigan
fuqarolik dunyoqarashini tarkib toptirishda kata ahamiyatga molik.
Bugungi ekologik inqiroz davrida o‘qituvchilar nafaqat ekologik tarbiyani
dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda bilim aholi ekologik savodxonligi bilan
bog‘liq bir qator muammolarni o‘rganish maqsadida ijtimoiy - tadqiqot tashkil
qilish mumkin Ijtimoiy tadqiqotlar ―Inson va tabiat‖, ―Ekologik ong va
ekologik madaniyat‖, ―Aholi ekologik savodxonligi: muammolar va yechimlar‖,
―Ekologik huquq: aholining savodxonlik darajasi‖, ―Aholi ekologik xavfsiz
madaniyat darajasini oshirish muammolari‖, ―Ekologik qonunchilik amaldami?‖,
―Ekologik tarbiya muammolari o‘z yechimini topmoqda‖ kabi mavzularda olib
borilishi mumkin. Muammo batafsil o‘rganilgach, o‘qituvchi uni sinfda umumiy
208
mulohazaga qo‘yadi, bahs - munozaralar tashkil etiladi. O‘quvchilardan o‘z
xulosalarini bayon qilish bilan birga, ularni asoslash ham talab qilinadi.
Ekologik muammolarni atroflicha o‘rganish, muhokama qilish va
o‘quvchilarda mustaqil, erkin va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini hamda ularda
ekologik madaniyatni rivojlantirishda, tabiat go‘zalligini, his qilish, uni asrash
tuyg‘ularini va shaxsiy hayotiy dunyoqarashning to‘g‘ri shakllanishida bahs -
munozara, davra suhbatlari kabi interfaol metodlardan foydalanish kutilgan
natijalarni beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |