Бошланғич таълим кафедраси


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/282
Sana22.02.2022
Hajmi7,03 Mb.
#94274
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   282
Bog'liq
6-MAQOLA BOSHLANG'ICH ТЎПЛАМ 22.05.2020

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis 
palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan 
videoselektor yig‘ilishidagi ma‘ruzasi.//Xalq so‘zi, 2017 yil 13 iyul 
2. To‘xtayev A., Hamidov A. Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish. – 
Toshkent: O‘qituvchi, 1994. – 160 b. 
3. Ziyomuhammedov B. Ekologiya va ma‘naviyat.-T.: Meros,1997,-89 bet. 
4. Xolmo‘minov J.T. Yoshlarda ekologik-huquqiy tafakkurni shakllantirishning 
ayrim jihatlari.// Xo‘jalik va huquq, 1999, №11-12, 26-28-bet.
KO`P XONALI SONLARNI NOMERLASHNI O`RGATISHDA 
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
 
Safarova Guljamol Jo‟rayevna 
Oltinsoy tuman 8-umumiy o‟rta ta‟lim
 maktabining matematika fani o‟qituvchisi  
Yangilanayotgan dunyo va jamiyat, ta‘lim sohasida ham yangi kashfiyot, yangi 
g‘oyalar va zamonaviy texnalogiyalar asosida darslarni tashkil etishni talab etadi. Shu 
sababli maqolada ko`p xonali sonlarni nomerlashni o`rgatishda zamonaviy 
texnologiyalardan foydalanish lozimligi atroflicha bayon qilingan.  
Zamonaviy o‗qituvchi ta‘lim oluvchilardagi ijodiy qobiliyatni 
rivojlantirishga, ularning ehtiyojini anglay olish, mustaqil fikrlashga o‗rgatish 
ko‗nikma va malakasiga ega bo‗lishi lozim. O‗qituvchi ta‘lim jarayonida ta‘lim
oluvchilarga o‗quv materialini mustaqil ravishda o‗zlashtirishlari, ularning
ehtiyojini to‗liq qondirish, ta‘lim mazmunini o‗zlashtirishga bo‗lgan
motivatsiyasini rivojlantirishi va kengaytirishi, ta‘lim oluvchilarning qiziqish va
xohishlarini hisobga olishi, shuningdek, doimo ta‘lim oluvchilarni ―nimaga
o‗qitish kerak?‖, - degan dolzarb masalaga javob topish istagida bo‗lishi lozim. 
Zero, ―Ilm yo‗q joyda jaholat,qoloqlik va yo‗ldan adashish bo‗ladi‖
44
Ko‘pxonali sonlarni nomerlashni o‘rgatishda o‘qituvchi nimalarga e‘tibor 
berishi kerak? 
Kundalik turmish tarzimizda ko‘pxonali sonlarga duch kelishimiz mumkinligini 
o‘qituvchi o‘quvchilariga ko‘rgazmali qurollar orqali bayon etishi kerak. Quyidagi 
yo‘sinda o‘quvchiga savol berish mumkin? 
44
Sh.M.Mirziyoyev ―Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz ―-T.: ―O‗zbekiston―. 2017.- B.312 


209 
―5 soat nechi sekundga tengligi sizga qiziqmi? Agar qiziq bo‘lsa ushbu 
mavzumizni o‘tib bo‘lgach albatta buni bilib olasiz‖. 
Sonlarni 1000 ichida nomerlash va bu sonlar ustida arifmetik amallar
bajarish quyidagi sababga ko`ra alohida ajratiladi. 
Birinchidan, bu yerdan sinf tushunchasi shakllantira boshlanadi (birlar,
o`nlar, yuzlar I sinfni-birlar sinifini tashkil etadi). Keyingi sinflar (IV sinf-
ming sinfi, VII sinf-millionlar sinfi va hokazo) birinchiga o`xshash tuziladi,
faqat ularda o`nlar va yuzliklarga boshqa birliklar guruhlanadi. Ko`p xonali
sonlarni nomerlashni o`zlashtirish haqiqiy asos bo`lishi uchun bolalar uch
xonali sonlarni og`zaki va yozma nomerlashni mustahkam va ongli ravishda
o`zlashtirib olishlari kerak. 
Ikkinchidan, ―Ming‖ bo`limida hisoblashlarning og`zaki usullarini o`rganish
asosan tugallanadi. Avvalgi o`qitish bosqichlari kabi hisoblash usullari
arifmetik amallar nazariyasiga tayangan holda ochib beriladi (xossalar, usullar
va teskari amallarning o`zaro bog`lanishi). 
Nazariy bilimlar o`quvchilarga faqat hozir uch xonali sonlar uchun
qo`llaniladigan, avval o`rganilgan hisoblash usullarini izohlabgina qolmay,
balki yangi hisoblash usullarini ―ochishga‖ imkon beradi. Shunday qilib, 1000
ichida arfmetik amallarni o`rganish og`zaki hisoblash ko`nikmalarini egallash
uchun, shuningdek, arifmetik amallar haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish
uchun zarurdir. 
Uchinchidan, mazkur bo`limga hisoblashning yozma usuli ustida ish
boshlanadi. O`quvchilar qo`shish va ayirishning yozma usullari bilan
tanishtiriladi, chunki sonlarning bu sohasida muhim hollarni qarab chiqish va
bu amallarning yozma algoritmlarini to`liq ochish mumkin, shuningdek,
yozma usullarning og`zaki usullardan qo`shish va ayirishning murakkab
hollariga nisbatan qo`llanilgandagi afzalligini ko`rsatish mumkin. Tajribaning
ko`rsatishicha, ko`paytirish va bo`lishning yozma usullari bilan tanishishni
―Ko`p xonali sonlar‖ bo`lishni o`rganguncha qoldirgan yaxshi. 1000 ichida
yozma usullarni qo`llanishning maqsadga muvofiqligini va ular og`zaki
usullardan afzalliklarini har doim ham ko`rsatishning iloji bo`lavermaydi.
Hisoblashlarning yozma usullarini o`rganishning bir joyga to`planganligi
(yozma ko`paytirish va bo`lish-―Ming‖ bo`limida, yozma ko`paytirish va
bo`lish-―Ko`p xonali sonlar‖ bo`limida) yozma hisoblash ko`nikmalarini
shakllantirish uchun qulay sharoit yaratadi. 
Ko`p xonali sonlarning alohida qilib berilishiga sabab, 1000 dan katta
sonlarni nomerlashning o`ziga xos xususiyatlari bor: ko`p xonali sonlar faqat
xona tushunchasiga emas, balki sinflarning tushunchasiga ham tayanib hosil
qilinadi, nomlanadi, yoziladi. Bu muhim tushunchani ochib berish kerak. 
Yozma nomerlash bo`yicha bilim va uquvlarni o`zlashtirishga
quyidagicha topshiriqlarni bajarish yordam beradi: 
1) 346, 643, 364, 634, 463 sonlarning yozuvdagi har bir raqam nimani
anglatadi? 
2) 586, 59, 508, 905, 556, 354 sonlaridan har birining yozuvida 5
raqami nimani bidiradi? 


210 
3) 74, 77, 737, 777, 700, 1000 sonlaridan har birining yozuvida
hammasi bo`lib nechta raqam va nechta har xil raqam foydalanilgan? 
4) 0, 1, 5 raqamlari bilan oltita uch xonali son yozing. 
5) 2 va 3 raqami yordamida iloji bo`ladigan hamma bir xonali, ikki
xonali va uch xonali sonlarni yozing. 
Yozuvida nollar qatnashgan sonlarga alohida e`tibor berish kerak. Shunday
bir maxsus mashqlar berish kerakki, ularni bajarishda o`quvchilar bunday
sonlarning yozilishini tahlil qilishsin. 
Masalan: 
1) Quyidagi sonlarni yozing: 46 va 406, 203 va 230, 40 va 400, 100 va
1000. Bu sonlar nimasi o`xshash va nimasi bilan farq qilishini aniqlang. 
2) Sonlarni taqqoslang, nuqtalar o`rniga katta yoki kichik belgisini
qo`ying: 30…300, 706…76, 40…204. 
3) Tushib qolgan sonlarni yozing: …, 340, …, …, 799, … . 
4) Misollarni yeching: 149+1, 199+1, 250-1, 600-1. 
5) Berilgan sonlar qatorini davom ettiring: a) 295, 296, 297, …; b) 907,
906, 905, …; c) 610, 620, 630, … . 
Nomerlashni o`rganishni tugallab, bolalarning mazkur bilim bo`yicha olgan
bilimlarini sistemaga keltirish kerak. Bir necha marta quyidagicha topshiriq
kiritish mumkin-berilgan son haqida (masalan, 254, 505, 800) bolalarning
bilgan narsalarining hammasi haqida so`zlab berish. Masalan, 244 soni haqida
bunday deyish mumkin: bu son 2 ta yuz 4 ta o`n va 4 ta birdan iborat,
undagi o`nlar miqdori-4 ta, hamma birliklar 244 ta, bu sonni xona
qo`shiluvchilarining yig`indisi ko`rinishda ifodalash mumkin, ya`ni 200+40+4;
sonlar qatorida u 243 sonidan keyin va 245 sonidan oldin turadi; 244 soni uch
xonali. Uni yozish uchun 3 ta raqam kerak bo`lgan, turli raqamlar ikkita
(2,4). 
Shunday qilib, 1000 ichida sonlarni nomerlashni o`rganish natijasida
o`quvchilar buyumlarni bittalab qo`shib sanash yo`li bilan ham, buyumlarni
o`ntalik va yuztalik guruhlarga ajratishdan foydalanib ham sanash ko`nikmasini
egallashlari kerak.
Ko`p xonali sonlar odatda turli sinf sonlaridan tuzilgan. Sonda shu
tarkibiy qismlarni (har bir sinf sonlarini) ajrata olish ko`p xonali sonlarni
o`qish va yozishda asos deb hisoblanadi. Shuning uchun ko`p xonali sonlarni
xona qo`shiluvchilari yig`indisi bilan almashtirishga doir mashqlar bilan bir
qatorda o`quvchilarni sonni turli sinf sonlari yig`indisi (sinf qo`shiluvchilari,
masalan, 41709=4100+709) bilan almashtirishga o`rgatish muhimdir.  

Download 7,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish