93
- orfografiyaning asosiy imlo
qoidalari va fonetik tamoyil,
morfologik tamoyil, shakily-an’anaviy (tarixiy-an’anaviy) tamoyil,
grafik tamoyiliga asoslanadigan imlo qoidalari haqida malaka hosil
qilish, mavzuga doir test topshiriqlarini bajarishga o‘rgatish.
Orfografiya va uning asosiy tamoyillari
Orfografiya grekcha so‘z bo‘lib, orthos –
to
‘
g
‘
ri
va grafo –
yozaman
,
“to
‘
g
‘
ri yozuv”
degan ma’noni ifodalaydi. Orfografiya
tovush va harflar, so‘z va uning ma’noli
qismlari, qo‘shma, juft,
takroriy, qisqartma (jumladan, shartli qisqartmalarning ham)
so‘zlarning qo‘shib, ajratib va chiziqcha orqali yozilishi, bo‘g‘in
ko‘chirish, bosh hamda kichik harflardan foydalanish o‘rinlari
haqidagi yagona qoidalar tizimidan iboratdir. Orfografiya og‘zaki
nutqni yozuv orqali to‘g‘ri ifodalash uchun har bir tilning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda yozuv qoidalarining umumiyligini
ta’minlaydi. Bu esa og‘zaki nutqni imloda bir xil yozish imkoniyatini
tug‘diradi. Odatda, adabiy til ma’lum me’yorlarga ega ekanligi bilan
shevalardan farqlanib turadi. Og‘zaki nutqda ham, yozma nutqda ham
muayyan me’yorlarga rioya qilish nutq (og‘zaki va yozma)ning aniq,
ravon va tushunarli bo‘lishiga yordam beradi. Adabiy tilni to‘liq
egallash uchun esa til va nutq me’yorlarini bilish hamda unga rioya
qilish shart. Orfografiya to‘g‘ri yozish qoidalarini belgilashda ma’lum
94
tamoyillarga asoslanadi. Tilshunoslikda
orfografiyaning quyidagi
prinsip (tamoyil)lari qayd qilinadi: fonetik, morfologik, tarixiy-
an’anaviy va shakliy (simvolik yoki ideografik) prinsiplar. Biroq
bularning mavqeyi hamma tillarda ham bir xil emas:
har bir tilning
orfografiyasi uchun u yoki bu prinsip asos qilib olinadi. Asosiy
orfografik tamoyillar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari xususida
alohida to‘xtalib o‘tamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasi (1993-
yil
2-sentabr)da “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish
to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Bu
qonunni joriy qilish to‘g‘risida prezident farmoni ham e’lon qilindi.
1995-yil
24-avgustda
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilining asosiy
imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 339-son qarori qabul qilindi.
Yangi imlo qoidalari 82 moddadan iborat bo‘lib, unda harflar imlosi,
asos va qo‘shimchalar imlosi, qo‘shib yozish, chiziqcha bilan yozish,
ajratib yozish,
bosh harflar imlosi, ko‘chirish qoidalari alohida
bo‘limlarda ko‘rsatilgan.
Ma’lumki, orfografiya adabiy tilning talaffuzini o‘rganuvchi
orfoepiya bilan, alifbo bilan uzviy bog‘liqdir. Orfografiya bilan
orfoepiya adabiy tilni takomillashtirishda,
uni muntazam bir shaklga
solishda muhim rol o‘ynaydi. Lotin alifbosiga asoslangan imlo
qoidalarida juda ko`p o‘rinlarda orfografiyaning adabiy talaffuz
me’yorlari bilan muvofiqlashganligini ko‘rish mumkin. Masalan,
1)
mo
‘
tabar, mo
‘
jiza, mo
‘
tadil
kabi arab tilidan o‘zlashgan
so‘zlar tarkibidagi
Do'stlaringiz bilan baham: