Buxoro davlat universitetining


Og ‘ zaki va yozma nutq



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza

Og

zaki va yozma nutq
Nutq ham til va yozuv kabi ikki xil shaklga ega: a) og‘zaki nutq: 
b) yozma nutq. Og‘zaki nutq tilning (nutqning) tabiiy holdagi 
ko‘rinishidir. Yozma nutq esa shu tabiiy nutqning yozuvdagi 
ifodasidir. Shunga ko‘ra, og‘zaki nutq o‘zining tabiiyligi, ta’sir doirasi 
va talaffuz xususiyatlari bilan yozma nutqdan jiddiy farq qiladi. 
Og‘zaki nutq fikrni ifodalashning asosiy vositasidir. Unda tovush 
kompleksi, ba’zan ayrim tovush vositalari bilan fikr bayon etiladi. 
Nutq organlari vositasi bilan fikrni ro‘yobga chiqarish va eshitish 
organlari orqali uni uqib, idrok qilish og‘zaki nutqning asosiy 
xususiyatlaridan biridir. 
Nutqning yozma shakli uning tabiiy shakliga o‘xshab nutq 
organlari yordamida ifodalanmaydi. Yozma nutqda esa kishilar o‘z 
fikrlarini turli shartli belgilar sistemasi vositasi bilan ifoda qiladi. 
Shunga ko‘ra, yozma nutq tabiiy nutqning shartli ko‘rinishi bo‘lib, 
fikrni ifodalash vositasi sifatida u ma’lum darajada chegaralanganligi 
bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham nutqning yozma shakli 
qanchalik katta ahamiyatga ega bo‘lmasin, u tabiiy nutqning o‘rnini 
bosa olmaydi. Balki yordamchi vosita bo‘lib xizmat qiladi, xolos. 
Yozuvning tarixiy ahamiyati. 
Yozuvning kelib chiqishi va 
taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti va madaniyatining yuqori saviyaga 
ko‘tarilishi, shuningdek, siyosiy-huquqiy, estetik va shu kabi fikrlarni 
qayd qilish hamda keyingi davrlarga qoldirishga bo‘lgan ehtiyojning 
o‘sishi bilan bog‘liq. Demak, yozuv jamiyatning eng buyuk madaniy 


86 
kashfiyotlaridan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining har tomonlama 
taraqqiyotida juda katta roli va o‘ziga xos ahamiyati bor. 
Xalqlarning qadimiy yozuvini o‘rganish juda katta nazariy va 
amaliy ahamiyatga ega. Yozuvni o‘rganish va ilgarigi davrlarda 
yaratilgan yozma yodgorliklarni o‘qish qadimda amal qilgan tillarning 
leksik-grammatik xususiyatlarini, o‘sha yodgorlik egasi bo‘lgan 
xalqning tarixiy urf-odatlari va madaniyati bilan yaqindan tanishish 
imkoniyatini beradi. 
Agar yozuv bo‘lmaganda, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan 
yuksak madaniyat namunalari bizgacha yetib kelmagan bo‘lar edi. 
Homer, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Firdavsiy, Nizomiy, Ulug‘bek, 
Navoiy, Bobur, Pushkin kabi buyuk siymolarning ajoyib fikrlaridan 
bahramand bo‘la olmas edik. 
Jamiyatda kitob, gazeta, jurnal, va umuman matbuotning ta’lim-
tarbiyaviy ahamiyati yuksak darajaga ko‘tarila borayotgan hozirgi 
paytda yozuvning, yozma adabiy tilning roli ham o‘sib, ta’sir doirasi 
kengayib bormoqda. 

Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish