83
2.6. GRAFIKA
Tayanch so‘z va iboralar
: grafika, grafema, semantika, bilateral,
fonema,
intonema,
aksentema,
intonema,
leksema,
prosodemografema,
logografema, morfografema, grafik belgilar,
og‘zaki nutq, yozma nutq.
Mashg‘ulotning maqsad va vazifalari:
-
talabalarga o‘zbek adabiy tilining grafika bo‘limi haqida nazariy
tushunchalar berish, grafikaning qoida hamda me’yorlarini yoritish;
-
grafikada yozuvning turlari va ahamiyati, og‘zaki va yozma
nutqni hosil qilishdagi ahamiyatini o‘rganish, mavzuga doir test
topshiriqlarini bajarishga o‘rgatish.
Grafika asli grekcha “graphikos” so‘zidan olingan bo‘lib,
tilshunoslikda yozuv degan ma’noni anglatadi.
Grafika umuman
olganda, harflar yoki chiziqlar vositasida aks ettiriladigan shartli
belgilarning muayyan sistemasidir. Yozuvning piktografik, ideografik
va fonografik kabi turlari bor.
O‘zbek yozuvi hozirgi holga kelgunga qadar uzoq tarixiy yo‘lni
bosib o‘tib, juda ko`p o‘zgarishlarga uchradi.
Yozuv ijtimoiy talablar asosida jamiyatning muayyan taraqqiyot
davrida paydo bo‘lgan va uning rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda
mukammallasha borgan. Yozuv tildan keyin jamiyat tomonidan qo‘lga
kiritilgan eng katta madaniy yutuqlardan biri bo‘lib hisoblanadi va
tilning yozuvdagi shakli sifatida jamiyatga xizmat qiladi. Yozuv bilan
til o‘zaro uzviy aloqadordir. Shuning uchun ham til bilan yozuv
o‘rtasida juda ko‘p umumiy tomonlar mavjud. Yozuv ko‘p
hollarda
tilning o‘rnini bosadi. Ba’zi hollarda esa tilda bo‘lmagan imkoniyatlar
yozuv orqali yuzaga chiqadi. Masalan, yozuv tufayli kishilarning uzoq
masofadan ham bir-birlari bilan, hatto o‘zlaridan keyingi avlodlar
bilan ham aloqa bog‘lash imkoniyati mavjud. Biroq yozuvning tilga
nisbatan o‘ziga xos kamchiliklari ham bor. Birinchidan, u tilning
to‘liq
aksi emas, balki yozuvdagi shartli va sun’iy aksidir. Shuning
uchun ham tilning xizmat doirasiga zid ravishda yozuvning xizmat
doirasi chegaralangandir. Ikkinchidan, yozuv orqali ish ko‘rilganda
vaqtdan yutqaziladi. Uchinchidan, yozuv maxsus vositalarsiz, ya’ni
yozuv asboblarisiz amalga oshmaydi. To‘rtinchidan,
yozuv savodi
yo‘q kishilar uchun, shuningdek, tegishli sharoit bo‘lmagan taqdirda
84
(masalan, qorong‘ida) o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Bundan tashqari,
til jamiyatning barcha a’zolariga baravar xizmat qilganidek,
jamiyat
taraqqiyoti davomida o‘z shakini keskin o‘zgartirmagan holda o‘sib,
mukammallashib boradi. Yozuv esa, bir tomondan, tilga nisbatan kam
o‘zgaradi, ikkinchidan, u aloqa vositasining shartli formasi sifatida o‘z
tusini yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar yoki jamiyatning talablariga
muvofiq nisbatan tezroq yoki butunlay o‘zgartirishi ham mumkin.
Qisqasi, yozuv ko‘p jihatdan tilga yaqin bo‘lib, ba’zi hollarda uning
o‘rnini bosa olsa ham, lekin funksiyasi jihatdan unga nisbatan ancha
chegaralangandir. Shuning uchun ham u jamiyatda aloqa vositasi
sifatida til bilan teng huquqli bo‘la olmaydi.
Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning jamiyat
bo‘lishida asosiy rol o‘ynovchi eng muhim omillardan biridir. Shunga
ko‘ra tilsiz jamiyatning bo‘lishi mumkin emas. Lekin yozuvsiz
jamiyat bo‘lgan. Jamiyatning kelgusi taraqqiyotida radio va televizion
aloqa vositalari kabi yozuvdan ustunroq bo‘lgan
yangi vositalar ham
yuzaga kelishi mumkin.
Og‘zaki nutq va tovush tili aloqa vositasi sifatida kishilarning
barcha ehtiyojlarini maksimal darajada qondirsa ham, hozirgi davr
texnik taraqqiyoti nuqtayi nazaridan uning ikkita juz’iy kamchiligi
bor: 1) u bir individ (shaxs)ning tili sifatida yaqin masofada turgan
suhbatdoshga
eshitiladi,
xolos;
2)
og‘zaki
nutq
zamonda
chegaralangan, ya’ni u aytilayotgan paytdagina qabul qilinadi.
Yozuvning asosiy xususiyatlaridan yana
biri uning grafik belgi
bo‘lib xizmat qila olishidir. Yozuv uchun grafik belgilar qabul
qilingunga qadar kishilar har xil jonli va jonsiz predmetlardan
simvolik tarzda foydalanar edi. (Masalan, olov yoqib yoki toshlarni
har xil shaklda qo‘yib, daraxtlarni o‘yib va ularga belgi qo‘yib,
qushlar yoki itlar orqali xabarlashish va boshqalar).
Yozuv o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmay, balki ma’lum bir ehtiyoj va
zarurat asosida fikrni uzoq masofaga yetkazish yoki keyingi
avlodlarga qoldirish talabi bilan yaratilgan.
Shu bilan birga, tovush
tilidan farqli o‘laroq yozuvning o‘ziga xos xarakterli belgilari bor.
Birinchidan, yozuv mustaqil va asosiy aloqa vositasi bo‘lolmaydi.
U asosiy aloqa vositasi bo‘lgan til uchun yordamchi hisoblanadi.
Shuning uchun ham yozuv jamiyat taraqqiyotining keyingi davrlarida
paydo bo‘lgan. Buning ustiga yozuv o‘tmishda jamiyat a’zolarining
85
barchasiga emas, balki uning faqat bir qismigagina xizmat qilar edi.
Shuning uchun ham yozuv mustaqil aloqa vositasi bo‘lolmaydi.
Ikkinchidan, yozuvning asosiy vazifasi nutqni uzoq masofaga
yetkazish va keyingi davrlarga qoldirish uchun xizmat qilishdan
iborat. Uchinchidan, ko‘z bilan qabul qilinadigan grafik belgilar
yozuvning asosiy quroli bo‘lib hisoblanadi.
Demak, yozuv ko‘z bilan ko‘riladigan va kishilar o‘rtasida o‘ziga
xos aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladigan
grafik belgilar sistemasi
bo‘lib, uning jamiyatda o‘ziga xos katta o‘rni va xizmati bor, ya’ni
yozuv ma’lum bir masofa bilan ajralgan odamlar orasidagi aloqalarni
yaxshilashda, yozma adabiyotni va yozma adabiy tilni yuzaga
keltirishda,
ma’lum bir davrda yaratilgan madaniy-adabiy
yodgorliklarni keyingi davrga yetkazib berishda muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: