80
10.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning
urg‘usiz bo‘g‘inidagi «u» qisqa talaffuz qilinadi, ammo o‘zbek tilidagi
«u» ayni shu fonetik pozitsiyada ruscha «u»dan ham qisqaroq bo‘ladi.
Qiyos qiling:
dushman
(o‘zb.) —
turbina
(rus.),
muzday
(o‘zb.) —
muzey
(rus) kabi.
11.
So‘z boshidagi berkitilmagan, urg‘usiz bo‘g‘inda «u»
unlisi ruscha so‘zlarda yo‘g‘onroq, o‘zbekcha so‘zlarda ingichkaroq
(yumshoqroq) talaffuz etiladi. Qiyos qiling:
uklad
(rus.) —
uxlamoq
(o‘zb.),
vizual
(rus.) —
uzum
(o‘zb.) kabi.
12.
Ruscha leksik o‘zlashmalarda «u»
unlisi yumshoq
undoshdan so‘ng o‘ta ingichka (old qator unli tarzida), qattiq
undoshdan so‘ng esa yo‘g‘on (orqa qator unli tarzida) talaffuz
qilinadi. Qiyos qiling:
abajur va manikur, ultimatum va kostyum, plug
va salut
kabi. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarda yumshoq
undoshdan keyin kelgan «u» o‘zbekcha «u» dan ham ingichkaroq va
yumshoqroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling:
burro
(o‘zb.) —
byuro
(rus.) kabi.
13.
Ruscha leksik o‘zlashmalarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi «e»
unlisi o‘zbekcha «e» dan ancha tor («i» ga yaqin) talaffuz etiladi:
telefon
>
tilifon, televizor
>
tilivizor, adres
>
adris
kabi.
14.
Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda «a» unlisi o‘zbekcha
«a» dan yo‘g‘onroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling:
kana
(o‘zb.) —
kanal
(rus.) kabi.
15.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardagi o‘rta keng,
lablangan «o» unlisi urg‘uli bo‘g‘inda o‘zbek tilidagi o‘rta keng,
lablangan «o‘» dan kengroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling:
ton
(rus.) —
to
‘
n
(o‘zb.),
tok
(rus.) —
to
‘
k
(o‘zb.),
tort
(rus.) —
to
‘
rt
(o‘zb.) kabi.
Urg‘usiz bo‘g‘inda esa ruscha «o» reduksiyaga uchrab, o‘ta
kuchsizlanadi va «qisqa «i» yoki «a» tarzida talaffuz qilinadi:
traktor
>
traktir, samolyot > samalyot
kabi.
16.
Jonli tilda «r» bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha
so‘zlarning boshida bir «o‘» tovushining
orttirilishi ancha keng
tarqalgan:
ro
‘
za
>
o
‘
raza
,
rus > o
‘
ris
,
ro
‘
mol
>
o
‘
ramol
kabi. Adabiy
talaffuz me’yori sifatida
ro
‘
za, rus, ro
‘
mol
shakllari saralangan.
17.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning oxirida lab-tish «v»
undoshi jarangsiz «f» tarzida talaffuz qilinadi:
aktiv
>
aktif, passiv
>
passif, ustav> ustaf kursiv
>
kursif
kabi; «v» ning jarangsizlanishi so‘z
81
ichidagi assimilyativ holatda ham yuz beradi:
avtomat
>
aftomat,
stavka
>
stafka
kabi. Bunday talaffuz adabiy til uchun me’yor
sanaladi, ammo o‘zbek tilining o‘z so‘zlarida qo‘llanadigan lab-lab
«v» undoshi so‘z oxirida ham, jarangsiz undosh ta’sirida ham «f» ga
o‘tmaydi:
ov, birov, ovqat, shavkat
kabi. (Bu
holat ham orfoepik
me’yor sanaladi).
18.
Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning ko‘pchiligida urg‘u
erkin bo‘ladi, bu hol o‘zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib
bormoqda:
atlas, trolleybus, tramvay
kabi.
19.
O‘zbek tilidagi urg‘u asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga
tushadi, ammo ayrim o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u so‘zning oldingi
bo‘g‘inlarida bo‘lishi ham mumkin:
hamma, jami, hamisha, afsuski
kabi. Bunday holatlardan xabardor bo‘lish adabiy talaffuz
me’yorlariga amal qilish imkonini beradi.
Xullas,
o‘zbek tili tovushlarining akustik,
artikulatsion
xususiyatlari, tasnifi va tavsifi, ularning miqdoriy, fonologik xossalari;
rus tili tovushlari bilan qiyosiy izohi, orfoepiyasi va orfografiyasi,
ishlatilish marotabasi haqidagi qisqacha ma’lumotlar shulardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: