Namangan davlatuniversiteti



Download 25,18 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi25,18 Kb.
#211049
Bog'liq
304-guruh Yo'ldashaliyeva zumrad



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN DAVLATUNIVERSITETI

Filologiya fakulteti

O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi

304-guruh talabasi

Yo’ldashaliyeva Zumradxonning

“Urg’u keys-stadi” mavzusidan

KURS ISHI

Ilmiy rahbar; O.Husanxo’jayev

Namangan 2020

Mavzu: Urg’u keys-stadi

Reja:


  1. KIRISH. Fonetika haqida umumiy ma’lumot

  2. Asosiy qism :

  1. Keys-stad va uning amaliyotda qo’llanishi.

  2. Urg’u va uning ma’no turlari.

  3. Urg’uning tildagi axamiyati.

  1. XULOSA

Nutqimizni bo'laklarga ajratadigan bo'lsak, uning oxirgi bo'linish nuqtasi tovushlar bo'ladi. Masalan, O'zbekiston jannatmakon o'lka jumlasi O'zbekiston, jannatmakon, o'lka so'zlariga, bu so'zlar o'z navbatida O'z-be-kis-ton, jan-nat-ma-kon, o'l-ka bo'g'inlariga, bo'g'inlar esa O'-z-b-e-k-i-s-t-o-n j-a-n-n-a-t-m-a-k-o-n o'-l-k-a singari to-vushlarga bo'linadi. Bo'linishning oxirgi nuqtasi bo'lgan, boshqa mayda bo'laklarga bo'lish mumkin bo'lmagan nutq bo'lagi (akustik-artikulatsion birlik) tovush hisoblanadi va u bilan bog'liq hodisalar tilshunoslikning fonetika bo'limida o'rganiladi. Fonetika so'zi yunoncha phone «tovush» so'zidan olingan.

Inson doimo o'zini qurshab turgan olamni bilishga in-tiladi. Kishilarning barcha faoliyati markaziy asab sistemasi yordamida boshqanladi. Olamm bilish jarayom marKaziy asaD sistemasiga turli sezgi a'zolarimiz (tana, ta'm-maza, ko'rish, eshitish kabi sezgi a'zolari) yordamida uzatilgan axborot orqali amalga oshiriladi.Tana, ta'm-maza, ko'rish, eshitish kabi sezgi a'zolari orqali olamni bilish vositasi barcha jonzotlarga xos xususi-yatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo'shimcha bilish vositasiga — nutq or­qali bilish qobiliyatiga ega. Birinchi bilish vositalarini mash-hur ruhshunos P. Pavlov birinchi signal sistemasi, ik-kinchisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan.Ko'rinadiki, inson ikkinchi signal sistemasiga egaligi bilan boshqa jonzotlardan ajralib turadi, shuning uchun ham hazrat Alisher Navoiy barcha maxluqotlaming zoti sharifi inson ekanligini ta'kidlaganlar. Har bir shaxs ma'lum bir jamiyat vakili sanaladi. Jami-yat a'zolari o'zaro doimo aloqada bo'ladilar^Biri obyektiv olamda o'z sezgi a'zolari orqali his etgan ma'lum narsa va hodisa haqida boshqalariga tovush to'lqinlari (yozma nutqda esa harflar ketma-ketligi) yordamida axborotni yetkazadi. Axborot uzatuvchi — so'zlovchi, eshituvchi esa tinglovchi sanaladi. Tinglovchi olamdagi narsa va hodisaning umum-lashgan obrazini so'zlovchi uzatgan tovush signallarini eshitish sezgi a'zosi yordamida markaziy asab sistemasida tiklaydi. So'zlovchi va tinglovchi o'rtasidagi ana shunday axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi. Nutqiy faoliyat yozma ravishda ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda ham nutqiy jarayon qatnashchilari ikki gu­ru hga bo'linadi. Xat yo'llovchi shartli ravishda so'zlovchi, uni qabul qiluvchi (o'quvchi) esa tinglovchi hisoblanadi.Nutqiy faoliyat muayyan jamiyatning aloqa vositasi hisob-lanuvchi til yordamida yuzaga chiqadi. Ana shuni e'tiborga olgan holda mashhur Shveysariya olimi Ferdinand de Sossyur nutqiy iaoliyatnmg til va nutq zidlamshi asosida amalga oshishini ta'kidlaydi va tilshunoslikda til va nutq tushun-chalarini farqlaydi. Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi.

Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma'lum jami­yat a'zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi — til, shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoli-yatida bevosita namoyon bo'lishi, voqelanishi — nutqdir. Til va nutq umumiylik — xususiylik, imkoniyat — voqe-lik, mohiyat — hodisa zidlanishini o'zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi va bunday zidlanish har bir til sath-lariga xos birliklarning nomlanishida ham o'z ifodasini topadi. Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo'lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko'rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi.

Bu metodning nomi inglizcha “case-study” so’zlaridan olingan. Bunda “case” – yashik, quti, gilof, jild, “study” – o’rganish, tadqiq qilish, ilm bilan shug’ullanish, o’quv fani, saboq olish, o’qish ma’nolarini bildiradi. Bu metod haqida inglizcha aytiladigan “case – true life”, ya’ni “keys – haqiqiy hayot” iborasiga ko’ra keys – real hayotning «bir parchasidir». Shunga ko’ra bu metodni “amaliy holatlarni o’qitish metodi” deb ham ataladi.

Keys-stadi metodi bo’yicha o’rganilayotgan har bir muammo yoki mavzu yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar rejasi, ularni bajarish tafsiloti, natijalar va xulosalar yig’indisi alohida keysni tashkil qiladi. Bu metod ta’lim jarayonida hayotiy vaziyatlardan foydalanishga qaratilgan. Bu esa, hozirgi kunlarda ta’lim sohasidagi dolzarb bo’lgan muammolardan hisoblanadi. Ushbu muammoni hal qilish imkonini berishi bu metodning alohida ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi.

Shu sababli G’arb mamlakatlaridagi ta’lim muassasalarida keys-stadi metodidan, ya’ni keyslardan foydalanish o’quv rejasining 25 % ini tashkil qiladi. Shu munosabat bilan ta’lim muassasalarida hayotiy vaziyatdan foydalanishning ahamiyati haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Ta’lim jarayonida hayotiy vaziyatdan foydalanishning dolzarbligi:

Keys-stadi ta’lim metodini turli holatlarni o’rganishda qo’llash – hayotdan olingan odatdagi vaziyatlarni o’rganishni tashkil etish yoki sun’iy yaratilgan vaziyatlarga asoslangan holda ta’lim oluvchilardan tegishli muammolarning maqsadga muvofiq yechimlarini izlashni talab qilishga qaratilgan ta’lim jarayonidan iborat.

Bu metod ta’lim oluvchilarga mavzuga tegishli hayotiy vaziyatni tashxis qilish, farazlarni ifodalash, muammolarni aniqlash, qo’shimcha axborotlarni yig’ish, farazlarga aniqlik kiritish va muammolarni echish hamda ularni bajarishning aniq bosqichlarini loyihalash bo’yicha amaliy faoliyatlarini modellashtirish imkonini beradi.

Muayyan hayotiy vaziyatlarga bag’ishlangan keyslardan foydalanish ta’lim jarayonini haqiqiy hayot bilan bog’laydi. Keysni ko’rib chiqishda ta’lim oluvchilar ta’lim olish jarayonini yaratadilar. Shu jarayondagi o’zaro harakatda ularning haqiqiy fikr almashish holatlari kelib chiqadi. Keys ta’lim oluvchilarga tahlil qilish, qiyoslash yo’llarini qidirish va muammoni echish erkinligini beradi.

Keys-stadi ta’lim metodiga doir ayrim asosiy tushunchalar ta’rifi:

“Keys” va “keys-stadi” tushunchalarining ma’no-mazmuni ko’p qirrali bo’lib,

shunga ko’ra quyida ularning asosiy  xususiyatlarini to’liqroq aks ettirish

maqsadida ko’p variantli ta’riflari berildi.

Keys –


1) ta’lim oluvchilarning ma’lum maqsadlardagi hayotiy vazifalarni bajarishlari bo’yicha vaziyatning bayoni, uni tushunish va baholashga imkon beradigan hamda muammoni ifodalash uchun, uning maqsadga muvofiq yechimini izlashlari uchun kerak materiallar to’plami;

2) belgilangan mavzu yoki muammo va uning yechimiga doir qo’shimcha

axborotlar, audio, video, elektron tashuvchilar, o’quv-uslubiy materiallar

yig’indisi;

3) muammoni hal qilish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, ularning natijalari na xulosalar.

Keys-stadi –

1) ta’lim oluvchilarni o’rganilayotgan muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq yechimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yokisun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishigaasoslanadigan ta’lim metodidir.

2) ta’lim, axborot-kommunikatsiya, boshqaruv na boshqa sohalarni o’rgatishda qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va keysda bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida oldindan belgilangan (bashorat qilinadigan) o’quv natijalariga kafolatli erishishni vositali tarzda ta’minlaydigan, bir tartibga keltirilgan optimal usullar va vositalar majmuidan iborat bo’lgan ta’lim texnologiyasidir

Talaffuzda bir yoki bir necha bo'g'inlarni ajratib aytish urg'u deyiladi. So'z va fraza urg'usi farqlanadi. Ko'p bo'g'inli so'zlarda bir yoki undan ortiq bo'g'inlarni ajratib aytish so'z urg'usi deyiladi. Agar so'z bir bo'g'in­dan iborat bo'lsa, so'z urg'usi bo'g'in cho'qqisini hosil qiluvchi unli tovushga tushadi. Fraza va gaplardagi so'zlarning biror bo'g'inini ajratib talaffuz qilish fraza urg'usi deyiladi. Fraza urg'usi intonatsiyaning eng asosiy komponentlaridan biridir.

So'z urg'usi ma'nodor mustaqil so'zlarning zaruriy belgisi hisoblanadi. O'zbek, rus, ingliz va nemis tillarida ma'nodor so'zlardagi urg'u nutqda (frazalarda) ham saqlanib qolishi mumkin. So'zlardagi bir yoki undan ortiq bo'g'ilarni ajratib talaffuz qilish turli artikulyatsion – akustik vositalar yordamida amalga oshiriladi. Artikulyatsion jihatdan nafas kuchi, kuchli talaffuz va nutq paychalarining tebranishi so'zga urg'u qo'yishning asosiy vositalaridir. Akustik jihatdan so'z urg'usi intensivlik (tovushni baland ovoz bilan aytish), cho'ziqlik va tovushning asosiy toni yordamida amalga oshiriladi.

Tovushning balandliga va cho'ziqlik urg'uning eshitilishidaga asosiy vositadir. Ko'rsatilgan vositalardan qaysilari bo'g'inni ajratib talaffuz qilishda asosiy ekanligiga ko'ra urg'u turlari farqlanadi. Agar talaffuz kuchi yoki intensivlik asosiy xizmatni bajarsa, dinamik, (kuch yoki ekspirator) urg'u deyiladi. Asosiy tonning harakati (tushuvchi, ko'tariluvchi va ko'tarilib tushuvchi tonlar) yordamida amalga oshiriluvchi urg'u muzikal urg'u (yoki melodik) deb ataladi. Bo'g'inning cho'ziq talaffuzi urg'uda asosiy bo'lsa, miqdor urg'u (cho'ziqlik yoki kvantitativ) deyiladi. Ba'zan tillarda urg'uning ko'rsatilgan vositalari birgalikda harakat qiladi va bir yo'la kuch va ton urg'usi mavjud bo'ladi. Masalan, norvej, dat, island, shved tillari shunday urg'uga ega. Rus, o'zbek, ingliz, nemis tillarida dinamik urg'u, grek tilida – miqdor urg'usi, yapon, dungon, koreys, xitoy, serb tallarida ton urg'usi bor.

Urg'uning o'rniga ko'ra turg'un va turg'un bo'lmagan urg'u farqlanadi. Masalan, fin va chex tillarida urg'u doim so'zning birinchi bo'g'iniga, fransuz va ko'pgina turkiy tillarda so'zning oxirgi bo'g'iniga, polyak tilida esa, orqadan ikkinchi bo'g'inga urg'u tushadi. Turg'un, lekin har xil bo'g'inlarga tushuvchi urg'u rus, ingliz va itolyan tillarida mavjud. Biroq rus tilida urg'u ko'chma va erkin bo'lib, so'z formasining o'zgarishi bilan urg'u o'z o'rnini o'zgartiradi: водá, вод, водянойva h.k.

Har bir tilda chet tillardan kirgan so'zlar o'z urg'usini saqlab qolishi yoki shu qabul qilgan tilning qoidalariga asosan talaffuz etilishi mumkin. Odatda urg'uli va ochiq bo'g'inlardagi tovushlar urg'usiz va yopiq bo'g'inlar­dagi tovushlarga qaraganda cho'ziqroq talaffuz qilinadi. Co'zning fonetik alohidaligi urg'uli va urg'usiz qism­larning, xususan bo'g'in hosil qiluvchi elementlarning ulanishi yordamida amalga oshiriladi. Urg'u yordamida so'z­ning biror bo'g'ini faqat ajratib aytilmay, balki uning boshqa qismlari va urg'usiz bo'g'inlari urg'uli bo'g'in atrofiga birlashtiriladi. Urg'u prosodika yoki supersegmental fonetikaning asosiy elementlaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Ra’no Sayfullayeva : “Hozirgi o’zbek adabiy tili” (“O’qituvchi” nashriyoti. Toshkent.1965-yil.)

2.Shavkat Raxmatullayev : “Hozirgi o’zbek adabiy tili” (“O’qituvchi” nashriyoti. Toshkent.1965-yil.)

3. Internet saytlari:



arxiv.uz referat.uz

ziyonet.uz
Download 25,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish