Buxoro davlat universitetining



Download 33,48 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/146
Sana25.05.2023
Hajmi33,48 Kb.
#944088
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   146
Bog'liq
Jo\'rayeva Nargiza

Bo‘yoqsiz leksika
. O‘zbek tili lug‘at tarkibidagi leksemaning 
ko‘pchiligi so‘zlovchining hissiy munosabatini ifodalovchi bo‘yoqdan 
xoli bo‘ladi. Bunday birlik bo‘yoqsiz leksema. Masalan, [bor], [yo‘q], 
[katta], [mazali], [daryo], [urmoq], [chiroyli], [tez], [husn] kabi 
leksemalar borliq hodisalarini boricha aks ettiradi va unga 
so‘zlovchining munosabatini ifodalamaydi. Boshqacha aytganda, 
bo‘yoqsiz leksemaning kishi hissiy munosabatini ifodalovchi ifoda 
semalari nol darajada bo‘ladi. Biroq bu leksemaning bo‘yoqsizligi 
nisbiy, ya’ni faqat lisonda. Nutqda har qanday bo‘yoqsiz leksema ham 
bo‘yoq kasb etishi mumkin. Masalan, [katta] leksemasining lisoniy 
mohiyati – sememasi bo‘yoqsiz. Biroq u nutqda boshqa nolug‘aviy 
tajallilar bilan qorishib, bo‘yoq kasb etadi. Dengiz k-a-tta edi gapida 
fonetik tajalli ta’sirida [katta] leksemasi bo‘yoqdor nutqiy birlikka 
aylangan.
Bo‘yoqdor leksika.
Bunday 
leksemaning 
kishi 
hissiy 
munosabatini ifodalovchi ifoda semasi bo‘rtib turadi: [ulkan], 
[badnafs], [qiltiriq], [oniy], [tashrif], [oraz], [yovqur], [mahliqo], 
[badbashara] va h. 
Bo‘yoqdor leksemaning ifodaviyligi ijobiy yoki salbiy bo‘lishi 
mumkin. Shunga ko‘ra bo‘yoqdor leksemalar ijobiy bo‘yoqdor 
leksema va salbiy bo‘yoqdor leksemaga bo‘linadi. 
Ijobiy bo‘yoqdor leksema so‘zlovchining borliq hodisasiga ijobiy 
munosabatini ifodalaydi va ular sememalarida tegishli ifoda semalari 
ijobiy bo‘ladi. Misollar: 1.Onam deganimda, oqsoch, jafokash munis 
va mehribon chehrang bo‘lar namoyon (G‘.G‘ul.). 2. U hamisha kulib, 
jilmayib turadigan mehribon chehrani ko‘rmadi (M.Ism.). 3.Orazin 
yopqoch, ko‘zimdan sochilur har lahza yosh (Nav.)
Salbiy bo‘yoqdor leksema borliq hodisasiga so‘zlovchining salbiy 
munosabatini ifodalaydi va ular sememasida salbiy munosabatni 


166 
ifodalovchi sema bo‘rtib turadi. Misollar: 1. So‘ngra yakkam-dukkam 
iflos tishlarini yashirgan og‘zini katta ochib esnadi, go‘yo uning butun 
badburush yuzini og‘iz qopladi (Oyb.) 2. U bir ko‘ngli borib, 
muttaham qozining tumshug‘iga tushirgisi, yo iflos basharasiga 
tupurgisi keldi. (M.Ism.)
Ijobiy bo‘yoqdor leksema nutqda salbiy bo‘yoqdor leksema 
o‘rnida voqelanishi mumkin. 1. Jamolingizni (“basharangizni” 
ma’nosida) boshqa ko‘rmay! 2. Rosa xursand qildingiz (“xafa 
qildingiz” ma’nosida).
Leksemaning ijobiy va salbiy bo‘yog‘ini ijobiy va salbiy 
ma’nodan farqlash kerak. Masalan, [yaxshi] leksemasi ijobiy ma’noga 
ega, ammo uning ifoda semasi bo‘yoqdorlikni ko‘rsatmaydi, ya’ni u 
bo‘yoqsizdir. [xunuk] salbiy ma’noga ega bo‘yoqsiz leksema. 

Download 33,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish