157
4. O‘zbek tili leksikologiyasi. – Toshkent, “Fan”, 1981.
5. Энциклопедический словарь юного филолога. – Москва,
«Педагогика», 1984. С. 101 - 103.
6. R.S.Ginzburg, S.S. Khidekel, G.Y. Knyazeva, A.A. Sankin. A
course in modern english lexicology. – Moscow, Vysšaja škola, 1979.
P. 164- 170.
3.4. Qo‘llanilishi chegaralanmagan va chegaralangan leksika
Tayanch so‘z va iboralar:
qo‘llanilishi chegaralanmagan
leksika, qo‘llanilishi chegaralangan leksika, qo‘llanilish davri
chegaralangan leksika, betaraf so‘zlar, eskirgan so‘zlar, yangi so‘zlar,
qo‘llanilish doirasi chegaralangan so‘zlar, o‘zbek
tili leksikasining
ijtimoiy-dialektal tarkibi, umumxalq leksikasi, dialektal leksika,
terminologik leksika, jargon va argolar.
Mashg‘ulotning maqsad va vazifalari:
-
talabalarga ona tilining qo‘llanilishi
chegaralanmagan va
chegaralangan leksikasi haqida
nazariy tushunchalar berish, tasnifini
o‘rgatish;
-
qo‘llanilish davri va doirasi chegaralangan leksika (o‘zbek tili
leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi); umumxalq leksikasi, dialektal
leksika,
terminologik leksika, jargon va argolar haqida malaka hosil
qildirish, mavzuga doir test topshiriqlarini bajarishga o
‘
rgatish.
Kutilgan natijalar:
-
talabalar o‘zbek tilining qo‘llanilishi chegaralanmagan va
chegaralangan leksikasi haqida nazariy bilim va ko‘nikmalarni
egallaydi;
-
talabalar qo‘llanilish davri va doirasi chegaralangan leksika
(o‘zbek tili leksikasining ijtimoiy-dialektal tarkibi); umumxalq
leksikasi, dialektal leksika, terminologik leksika, jargon va argolarga
doir zaruriy bilimlarga ega bo‘ladi;
-
talabalarda mavzuga oid test topshiriqlarini yechish ko‘nikmalari
shakllantiriladi.
Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo‘limlarida,
jumladan, leksikasida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba’zi
so‘zlar eskirib, iste’moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi
tushunchalarni nomlovchi so‘zlar paydo bo‘ladi. Bu hodisalar tilning
leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni taqozo etadi:
158
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam).
2. Eskirgan qatlam.
3. Yangi qatlam.
Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o‘zbek
tili leksikasining asosiy
qatlami bo‘lib, uni umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi
chegaralanmagan leksikaga oid so‘zlar, shuningdek, atamalar, kasb-
hunarga doir so‘zlar tashkil etadi. Bu qatlamdagi so‘zlar
yangilik
bo‘yog‘iga ham, eskilik bo‘yog‘iga ham ega bo‘lmaydi.
Zamonaviy qatlamda so‘zlarning nutqda ko‘p yoki kam
ishlatilishi, barcha kishilarning ishlatishi yoki ma’lum guruh kishilari
nutqidagina ishlatilishi asosga olinmaydi.
Demak, yangilik va eskilik bo‘yog‘iga ega bo‘lmagan so‘zlar
eskirgan qatlam. So‘z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda
yo‘qolishi, yoki ularning ma’nosini ifodalaydigan boshqa so‘zlarning
paydo bo‘lishi munosabati bilan ayrim so‘zlar asta-sekin qo‘llanilmay
unutila boradi. Ular nutqda kam qo‘llanadi. Ularning ba’zilarini
tushunish mumkin, ayrimlarini ko‘pchilik tushunmaydi, ular badiiy va
ilmiy adabiyotlarda qo‘llansa, izoh talab etadi. Eskilik bo‘yog‘iga ega
bo‘lgan so‘zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2
turga
ajratiladi:
1. Tarixiy so‘zlar yoki istorizmlar.
2. Arxaik so‘zlar yoki arxaizmlar.
Tarixiy so‘zlar o‘tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo‘lgan,
ammo hozir eskirib qolgan so‘zlar tarixiy so‘zlar deyiladi. Tarixiy
so‘zlar jamiyatda yo‘q bo‘lib ketgan narsalar, shaxslar haqida gap
borganda qo‘llaniladi. Hozirgi tilda ularning sinonimii yo‘q. Masalan:
foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim (1 km), tosh
(8 chaqirim – 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25
g.), miri (5 tiyin).
Ba’zi so‘zlar til taraqqiyoti davomida
turli xil narsalarni
ifodalaydigan bo‘lib qoladi. Bunday so‘zlarning bir ma’nosi eskirsa,
ikkinchi xil ma’nosi zamonaviy qatlamda ishlatiladi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: