Sana:
Sinf:VII”B”
Mavzu: Elektron pochta
Darsning maqsadi: Elektron pochta haqida o`quvchilara tushuncha berish .
Darsning ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga Elektron pochta haqida tushunchalar berish nazariy topshiriqlar orqali bilim berish va ko’nikmalar hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga hamda dizaynlik kasbiga yo’naltirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning kompyuterdan foydalanish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish.
Dars turi:Yangi bilim berish
Dars usuli: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, mavzuga oid rasmlar,tarqatma savolliklar
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
1.Salomlashish.
2.Navbatchi axboroti
3.Fanga oid yangiliklar
II. O`tilganlarni takrorlash:
1. Dastlabki Web-brauzer qachon, kim tomoni-dan yaratilgan?
A) 1990 yil, T. Brauzer-Li
B) 1990 yil, T. Berners-Li
C) 1992 yil, B. Geytis
D) 1991 yil, P. Norton
2. Web-sahifalar adreslari hamisha qaysi yozuv-dan boshlanadi?
A) html:// B) htpp:// C) http:// D) www:// E) @://
III. Yangi mavzuni bayoni.
Internet tizimi imkoniyatlari faqat saytlarda saqlab qo'yilgan tayyor ma'lumotlarni berish bilan cheklanmaydi. U yana matn holatida zudlik bilan ma'lumot almashish, ya'ni "gaplashish" hamda xat yuborish kabi imkoniyatlarni ham beradi.
Siz pochta xizmati bilan juda yaxshi tanishsiz. Do'stlaringizga ko'p marta xat yozgansiz va ulardan xat olgansiz. Buning uchun oddiy qog'oz varag'iga kerakli matnni yozib, uni konvertga joylaysiz. Yozgan xatingiz ayni siz xohlagan yerga borishi uchun, konvertning maxsus joyiga manzilni aniq yozish kerak bo'ladi. Konvert "og'zini" yelimlab, pochta qutisiga tashlaysiz. Konvertda ko'rsatilgan manzilning siz yashab turgan joydan qanchalik uzoq yoki yaqinligiga qarab, xatingiz ko'zlangan yerga yetib borishi uchun bir necha kundan bir necha haftagacha vaqt sarflanishi mumkin. Xabarni juda tez yetkazish kerak bo'lsa, pochta xizmatidan foydalanish befoyda. Bunday hollarda telefondan foydalanish mumkin. Ammo, telefon orqali rasm, chizma va hujjatlarni yuborib bo'lmaydi.
Internet bu muammoni ham osonlikcha hal qilib berdi. Internet tizimining ajralmas qismi bo'lgan elektron pochta jadallik bilan oddiy pochta o'rnini egallab bormoqda. Chunki elektron pochta orqali yuborilgan xabar dunyoning istagan yeriga sanoqli daqiqalarda yetib boradi. Hozirgi kunda millionlab kishilar elektron pochta xizmatidan samarali foydalanmoqda. Ularning soni kun sayin ortib borayapti. Elektron pochta oddiy pochtaning asosiy kamchiligi bo'lgan tezlik muammosini hal qilibgina qolmay, matn, turli chizmalar bilan bir qatorda tovushli va video xabarlar yuborish imkonini ham beradi. Elektron pochta foydalanuvchilari o'z elektron cdreslariga ega bo'lib, uni Web-sahifa adresidan oson ajratish mumkin: @
. Elektron pochta adresida albatta "@" ("tijoratdagi et" yoki boshqacha nomi "kuchukcha") belgisi qatnashadi. Masalan, rtm@uzsci.net.
Elektron pochta foydalanuvchisi (abonenti) bo'lish uchun, Internet tizimida aniq elektron adresga ega bo'lgan "pochta qutisi"ga ega bo'lish lozim. Pochta qutisi — Internet tizimidagi maxsus server (provayderingiz kompyuteri) diskida siz uchun ajratilgan joy. Sizga elektron pochta orqali yuborilgan xabarlar, ularni qabul qilib olmaguningizcha, xuddi shu pochta qutisida saqlanadi. Pochta qutisi va elektron adres bilan abonentlarni provayderlar ta'minlaydi. Ammo elektron pochta xizmatidan foydalanish uchun shuning o'zi yetarli emas. Pochta qutisidagi xabarlarni qabul qilib olish, xabar tayyorlash va uni elektron pochta orqali jo'natish kabi ishlarni bajarish uchun maxsus dasturlardan foydalaniladi.
IV. Mustahkamlash
Elektron pochtaning oddiy pochtadan asosiy afzalligi nimada?
Uyingizdagi pochta qutisi bilan elektron pochta qutisining qanday farqi bor?
V. Uyga vazifa
Do'stlaringiz bilan baham: |