elementlarning nisbiy mustaqilligiga asoslanuvchi, turli ziddiyat
va ixtiloflarni qonun doirasida o‘zaro kelishuv, sabr-toqat va mu-
zokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir.
Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson
shaxsini shakllantirishni talab etadi. 0 ‘z
navbatida, ma’naviy
yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi. Bu-
gun bizning bosh strategik maqsadimiz bozor iqtisodiyotiga asos-
langan, qonun ustuvorligiga tayangan, erkin, demokratik jam i
yat barpo etishdir. Undagi «erkinlik», «demokratiya», «qonun
ustuvorligi» so‘zlariga e’tibor qaratish kerak. Bu tushunchalar
0 ‘zbekiston qurayotgan jamiyatning qanday umuminsoniy ta-
moyillarga, qadriyatlarga asoslanishini ko‘rsatadi. Shuning uchun
ham mamlakatimizda yashaydigan barcha insonlar uchun mil-
lati, tili va dinidan qat’i nazar, munosib
hayot sharoitini yaratib
berish, rivojlangan demokratik davlatlar kabi kafolatlangan tur-
mush darajasi va erkinliklarini ta’minlash davlatimiz siyosatining
falsafiy mazmun-mohiyatini ifodalaydi. Bu — xalqimizning asriy
an’analariga, insonparvarlik mohiyatiga, milliy qadriyatlarimizga
sodiq qolgan holda rivojlangan davlatlar
tajribalaridan shuncha-
ki nusxa ko‘chirmasdan, o‘zimizga xos va o‘zimizga mos yo‘lni
izchil davom ettirishni anglatadi. Bu jamiyat hayotini demokrat-
lashtirish va erkinlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashti-
rish, mamlakatimiz siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat
va jamiyat qurishni erkinlashtirish, aholining
siyosiy faolligini
oshirish, siyosiy hayotda haqiqiy ma’nodagi ko‘p partiyaviylikni
qaror toptirishni bildiradi. Bu mahalliy hokimiyat va fuqarolar-
ning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyat doirasini kengayti-
rish, ularga davlat vakolatlarining bir qismini bosqichma-bosqich
o‘tkazib borish, nodavlat va jamoat tuzilmalarining huquq va
mavqeini oshirishni ko‘zda tutadi.
0 ‘zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi jarayonlarining
huquqiy asosini 0 ‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida
ko‘ramiz. Konstitutsiya o‘ziga xos falsafiy mazmunga ega bo‘lib,
unda 0 ‘zbekistonda qurilayotgan demokratik jamiyatning ustu-
vor maqsadlari, tamoyillari, inson huquq va erkinliklari o‘zining
yaqqol ifodasini topgan.
152
Mustaqillik mamlakatimizga jahon sivilizatsiyasining eshigini
ochdi, uning teng huquqli a’zosi bo‘lish va dunyodagi eng rivojlan-
gan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallash imkonini yaratdi.
Bugungi kunda xalqimizning ana shu yo‘lda amalga oshirayotgan
ulkan bunyodkorlik faoliyati sivilizatsiyalashgan mamlakatlarga
xos hayot tarzini shakllantirishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: