A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Qadriyatlar mavzuining tarixi



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Qadriyatlar mavzuining tarixi. 
Qadriyatlar mavzuining tarixi
ildizlari va insoniyatga xos qadrlash tamoyillari shakllanishi uzoq 
o‘tmishga ega. G ‘arb olimlari bu borada, asosan, Yevropa madaniy 
merosi va g‘oyalariga tayanadilar, ko‘plab allomalarning nomlarini 
tilga oladilar. G ‘arbda qadriyatlar bilan shug‘ullanadigan falsafiy 
soha — aksiologiya fanining shakllangani ham ularning bunday 
qarashlari uchun muayyan asos bo‘ladi. Biz Suqrot va Aflotun, 
Aristotel va Gegellar katta e’tibor bergan bu mavzuning G'arb 
falsafasida o‘z tarixiga ega ekanligiga shubha qilmaymiz.
Ammo ushbu mavzu ko‘hna va navqiron Sharq, xususan 
0 ‘zbekiston uchun begona emas! Uning eng teran jihatlarini 
faqat G ‘arbdan emas, balki Sharqdan qidirish ham foydadan xoli 
bo‘lmasa kerak. Nomlari sivilizatsiyamiz tarixiga abadiy bitil-
162


gan Xorazmiy, Forobiy, al-Buxoriy, at-Termiziy, Beruniy, ibn 
Sino, Najmiddin Kubro, Yassaviy, Naqshband, Ulug‘bek, Navoiy, 
Mashrab, Bedil, Behbudiy, Avloniy kabi mutafakkirlar ijodida 
ham bu mavzuning izlari bor, teran qirralari ochilgan. Gap ana 
shu izlarni izlab topishda, ularni unutmaslikda, sayqallab turishda, 
zamona realliklari nuqtayi nazaridan xolisona talqin qilishdadir.
Avlod va ajdodlarimiz yaratgan qadrlash mezonlarining tari­
xi eng qadimgi naqllar, rivoyatlar, afsona, hikoyat, dostonlarga, 
ya’ni xalq og‘zaki ijodi namunalariga borib taqaladi. Spitamen, 
Muqanna va Jaloliddin Manguberdi to‘g‘risidagi asarlarda, Al- 
pomish, To'maris va Shiroq to‘g‘risidagi afsona va dostonlarda 
vatanparvarlik, xalq va yurt ozodligi uchun fidoyilik kabi ko‘plab 
umuminsoniy qadriyatlar tasvirlangan. Ma’naviy merosimizning 
yorqin namunasi — «Avesto» zardushtiylikning muqaddas kitobi 
bolganligidan unda bu dinning qadriyatlar tizimi, qadrlash me- 
zonlari, o‘sha davrdagi milliy g‘oyalar yorqin ifodalangan.
Qadrlash to‘g‘risidagi qarashlar rivojida VIII-XII asrlar katta 
ahamiyatga ega. Bu davrda arab istilosi amalga oshirilgan, islom 
hukmron dinga aylangan edi. E’tirof etish kerakki, Q ur’on va 
Hadislarda ta’riflab berilgan ilohiy qadriyat va qadrlash masala- 
lari xalqimiz tarixi va madaniyatiga ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan 
birga, arab istilosi davrida ko‘pgina milliy qadriyatlarimizning 
yo‘qotib yuborilganligini ham qayd qilmoq kerak. Bu to‘g‘rida 
Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida afsus 
bilan yozib qoldirgan.
Sivilizatsiyamiz qadriyatlari va xalqimizga xos qadrlash 
me’yorlari musulmon Sharqi va arablar dunyosi madaniyatining 
rivojiga ham nihoyatda katta aks ta’sir ko‘rsatgan. Tarixda nom- 
lari saqlangan allomalarimiz o‘z navbatida butun jahon, Sharq 
madaniyatiga g‘oyat katta hissa qo‘shganlar. Bunday fikrni 
Abu Hanifa, al-Buxoriy, at-Termiziy, Kubro, Ahmad Yassaviy, 
Naqshband kabi ilohiyot ilmining zabardast allomalari to‘g‘risida 
ham aytish joiz. Ularning har biri o‘z zamonasida islomni sivi- 
lizatsiyamizning yuksak madaniyati nuqtayi nazaridan targ‘ib va 
tashviq etdilar, islom falsafasini yuksaklikka ko‘tardilar, m az­
kur dinning butun jahonda katta mavqega ega bo‘lishida muhim
163


\
obro‘-e’tiborini, mavqeini yo‘qotishi, nazardan qolishi m a’nosini 
anglatuvchi tushunchadir. Jamiyat taraqqiyotida sodir bo‘ladigan 
umumiy qadrsizlanish birdaniga, bir kunda yoki to‘satdan emas, 
balki tadrijiy ro‘y beradigan jarayondir. Insoniyat tarixida qad- 
riyatlar tizimi qadrsizlanib ketgan davlatlar va imperiyalarning 
tanazzulga yuz tutgani, yo‘q bo‘lib ketgani ma’lum. Masalan, 
sobiq ittifoq hayotining oxirida, 80-yillarning oxirlarida ilgari 
zo‘rlik bilan ushlab turilgan qadriyatlar tizimining butunlay 
qadrsizlanishi yaqqol ko‘rinib qolgan edi. Oxir-oqibat, bu tuzum 
tanazzulga yuz tutdi va halokatga uchradi.
Qadrsizlanish jarayoniga sabab boladigan ko‘plab omillar 
mavjud. Muayyan qadriyat yoki bir necha qadriyat shakllari- 
ning haddan ortiq bo‘rttirib yuborilishi, mutlaqlashtirilishi yoki 
siyqalashtirilishi, ularga noto‘g‘ri munosabatning muttasil siyosat 
usuliga aylantirilishi bunga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holda 
qadriyatlar o‘z mazmun-mohiyatini, odamlarning hayoti va faoli- 
yati uchun umumiy mezon, ularning intiladigan ideal yoki ularni 
muayyan maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar qiluvchi m e­
zon sifatidagi ahamiyatini yo‘qotadi.
Qadrsizlanish muayyan qadriyat, milliy manfaatlar, davlat 
siyosatiga ishonchsizlik, odamlarning «nimalar»dandir hafsalasi 
«pir» bo‘lishi, ko‘pchilikning ko‘ngli «qolishi» tarzida ham nam o­
yon bo‘lishi mumkin. Har bir shaxs uchun jamiyatda o‘z atrofi- 
dagilar o‘rtasida o‘z qadrini yo‘qotish odamiylikni yo‘qotish bilan 
barobar bo‘ladi. Shuning uchun har bir shaxs qadrsizlanish so‘zi 
anglatadigan m a’nodagi xususiyat o‘zida shakllanib qolmasligiga 
intilishi zarur bo‘ladi.
Qadrsizlanish faqat shaxslar o‘rtasidagina bo‘lib qolmasdan, 
balki boshqa sohalarda ham ro‘y berishi mumkin. Masalan, qim- 
matli qog‘ozlar, pullar, ashyolar ham qadrsizlanishi mumkin. 
Bunday holatni dunyo davlatlarida ishlatiladigan mablag‘lar va 
qimmatli qog‘ozlar misolida ko‘rish mumkin. Ba’zan qadrsiz­
lanish oqibatida m a’lum bir mamlakatlarda pullar va qimmatli 
qog‘ozlarni isloh qilishga zarurat seziladi. Qadrsizlanish iqtisod- 
ning barcha sohalarini qamrab olishi, muayyan davlat yoki butun 
jahon inqirozi tarzida ro‘y berishi mumkin. Bunday hoi iqtisodiy
166


bo‘hronga olib keladi va butun dunyoda umumiy muammolarni 
keltirib chiqarishi shubhasiz.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish