liy
madaniyatimiz, xalq m a’naviy boyligining ildizlariga e’tibor
berish, so‘zda emas, amalda har bir kishining vijdon erkinligini
ta’minlash, ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, ma’naviy boyliklarni yaratuvchi olimlar va ijod-
kor xodimlarga e’tiborni kuchaytirish, o‘sib kelayotgan avlodga,
uning madaniy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan
yondashish vazifalari belgilandi.
Vatanimizning yorug‘
kelajagini belgilaydigan, uning kuch-
qudratini ta’minlaydigan omillar orasida ta’lim-tarbiya sohasi
alohida o‘ringa ega. Chunki har bir millatning, xalqning ertangi
kuni bugun voyaga yetayotgan avlod taqdiri bilan uzviy bog‘liqdir.
Istiqlolimizning ilk yillaridanoq sog‘lom avlod tarbiyasi eng us-
tuvor
vazifa sifatida belgilanib, ushbu masala davlat siyosati da-
rajasiga ko‘tarildi.
Falsafada qadriyatlar muammosi takror va takror murojaat
qilib turiladigan azaliy mavzulardan biri sifatida qaraladi. Bu
mavzu, ayniqsa, tarixda tub burilishlar ro‘y berayotgan, jamiyat
rivoji bir bosqichdan boshqasiga o‘tayotgan, ijtimoiy-siyosiy tartib-
lar, kishilar ko‘nikib qolgan mezonlar o‘zgarib borayotgan davr-
larda nihoyatda dolzarb muammoga aylanadi.
Bunday davrlarda
jamiyat a’zolarining qadriyatlarga munosabati, ular bilan bog‘liq
maqsad va ideallari, qarash va tasavvurlari o‘zgarib ketadi. Jami-
yatda eski tizim va unga asoslangan ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy
mezonlar o‘rn iga yangi qadriyatlar tizimiga ehtiyoj tug‘iladi, uni
shakllantirish zaruratga aylanadi.
XX asr oxirida sobiq ittifoqning barham topishi va
0 ‘zbekistonning mustaqillikka erishishi
ana shunday davr bosh-
langanini yaqqol ko‘rsatdi. Bu esa yuqoridagi xulosaning tarixiy
jarayonlar natijasida isbotlangan hayot haqiqati ekanidan dalolat
beradi
Istiqlol yillarida xalqimiz hayotida muhim o‘zgarishlar ro‘y
berdi, davlat va jamiyat qurilishida tub islohotlar amalga oshiril-
di. Umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan hayot qurish, huquqiy
demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, jahon sivi-
lizatsiyasi andozalariga mos keladigan qadriyatlar tizimini shakl
lantirish ushbu jarayonning tarkibiy qismiga aylandi.
161
Aynan ana shu davrda mamlakatimizda
qadriyatlar va inson
qadri masalasiga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Bir-biri bi
lan uyg‘un va chambarchas aloqador bo‘lgan bunday jarayonlar
umuminsoniy va milliy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Qadriyatlar to‘g‘risidagi fan — «Aksiologiya» (aksio — qadriyat,
logos — fan, ta’limot ma’nosini anglatadi) falsafaning shu ma-
salani o‘rganadigan va u bilan shug‘ullanadigan sohasi hisoblana
di. Sobiq ittifoq davrida bu to‘g‘rida nihoyatda kam ma’lumotlar
bor edi. Istiqlol tufayli qadriyatlar to‘g‘risidagi qarashlarimiz
shitob bilan o‘zgardi. Sobiq ittifoqning ilgari ulug‘langan parti-
yaviy-sinfiy qadriyatlari sarobga aylandi,
zamona realliklari ta-
lablariga javob bera olmay, o‘tgan o‘n yilliklardan iborat tarix
sahifalari bilan birga yopilib ketdi. 0 ‘zbekistonda qadriyatlarga
e’tibor kuchaydi, uning turli qirralari olim va mutaxassislar to
monidan tahlil etilmoqda. Qadriyatlar falsafasi — aksiologiya-
ning ko‘pdan ko‘p mavzulari mutaxassislarimizning
ilmiy izla-
nishlarida o‘ziga xos o‘rin tutmoqtsa.
«Moziyga qaytib ish ko‘rmoq xayrlidir», — deb yozgan edi
Abdulla Qodiriy « 0 ‘tgan kunlar» romanida. Xuddi shunday,
«Qadriyat o‘zi nima?» savoliga javob berishdan oldin mavzuning
tarixini, qisqa bo‘lsa-da, o‘rganmoq lozim. Busiz qadriyatlarning
bugun va kelajakdagi ahamiyatini tushunib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: