I.Kantning mashhur savollarida ko‘rish mumkin: «Inson nima?
Men nim ani bilishim mumkin? Men nimaga umid qila olaman?
Men nim a qilishim kerak?» Bular umuminsoniy muammolar
ro‘yxatiga kiritilgan umumiy olamshumul savollardir. Ammo ya-
shash jarayonida vaziyatga qarab muayyan savollar tug‘ilishi ham
mumkin.
Inson har safar o‘z ahamiyatini
teran his etganida muayyan
qobiliyatlarini faollashtiradi. Inson mohiyati befarqlik holatida
bo‘lganida (inson ko‘pincha bu holatni o‘zi xohlagan holat sifati
da qabul qiladi), ongning barcha imkoniyatidan foydalanilmaydi.
Har qanday tanglik yoki mushkul muammo soat bongi sifatida
yangrab, odamni mudroq uyqudan uyg‘otadi. Insonning «uxlab
yotgan» psixik qobiliyatlarini «uyg‘otish» muhim vazifa. Ko‘pgina
odamlar shu asosda «o‘z ichidagi xira tortgan chiroqni qayta va
yorqinroq yoqishni o‘rganadi». 0 ‘z qobiliyatlarini mumkin qadar
kengaytirish uchun zarur darajasiga erisha olmaslik insonning
asosiy muammosi hisoblanadi.
Inson evolyutsiyasi muammosi uning qobiliyatlarini kengayti
rish va axloqiy qadriyatlarini takomillashtirish sohasiga tatbiqan
hal qilinadi. Inson o‘z
ichki birligi, doimiy egasini anglab yetishi
lozim. Evolyutsiya yo‘lidagi birinchi qadam — o‘z-o‘zini o‘rganish.
Bunda salbiy emotsiyalarga qarshi kurashish muhim ahamiyat
kasb etadi. Zero, toki insonda salbiy emotsiyalar mavjud ekan,
uning birligi, ongi, irodasi rivojlana olmaydi. 0 ‘z-o‘zini rivojlan-
tirish uchun inson o‘zini kuzatishni, o‘zining
foydali va zararli
jihatlarini farqlashni o‘rganishi lozim. Shaxsda yuzaga keluvchi
qiziqishlar, xuddi magnetik markaz kabi, insonning rivojlanishini
yo‘lga soladi va nazorat qiladi.
Xullas, odam zotining ona zamindagi hayoti, inson umri,
uning ma’nosi, shaxs kamoloti bilan
bogliq masalalar tavsifi va
ularga nisbatan yondashuvlar xilma-xilligi davom etmoqda. In
sonning
imkoniyatlan,
qobiliyatlari va qator sifatlari to‘g‘risida
yangi qarashlar paydo bo‘linoqda. Lekin bir narsa aniqki, haliga-
cha hech kim bu masalalarda nim a asl haqiq it, nima ikkilamchi,
nimaning ahamiyati boshqasinikidan ko‘p yoki kamligi haqida
mutlaq to‘g‘ri va hamma tan oladigan xulosaga erisha olgani
185
yo‘q. Balki buning iloji ham yo‘qdir va bunday haqiqat kerak ham
emasdir. Agar bunday haqiqatlarga
erishilsa doimo yangilikka,
kashflyotlarga intiladigan inson uchun bu dunyoning qizig‘i ham
qolmasligi mumkin. Bu esa odam zoti mavjud ekan uning uchun
o‘zi va boshqa odamlar, ularning hayoti, faoliyati, insonlar ora-
sidagi munosabatlar, aloqalar, shaxsning olamdagi va jamiyatdagi
o‘rni bilan bog‘liq masalalar azaldan
to abadgacha mavjud va
dolzarb bo'lib qolaverishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: