A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


«Inson» tushunchasining talqinlari



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

«Inson» tushunchasining talqinlari. 
Dunyo markaziga inson- 
ni qo‘yuvchi yondashuv doimo 
antropotsentristik
yondashuv deb 
atalgan. Qadimgi sofist Protagorning «Inson barcha narsalar­
ning mezoni», degan mashhur iborasi antropotsentrizmning aniq 
ifodasidir. Bunda jonsiz va jonli tabiatning o‘zaro ta’siri inson 
me’yorlari, ideal hamda da’volari nuqtayi nazaridan qaraladi. In ­
son dunyoning asosiy va eng katta boyligi sanaladi.
Ammo insonni bilish sohasida antropotsentrizmdan tashqari 
boshqa yondashuvlarga ham duch kelish mumkin. Tabiatni ham ­
ma narsadan ustun qo‘yuvchi naturalistik yondashuv — 
tabiiy
sentrizm
va u bilan uzviy bogliq bo‘lgan 
naturalizm
prinsipi shu- 
lar jumlasidan. Bu yerda inson — tabiat farzandi. Uning barcha 
xato va kamchiliklari boshqa har qanday tabiiy jarayonlar singari 
oTinli hamda tabiiy. 
Kosmotsentrizm —
kosmosning hamma nar­
sani, shu jumladan, insonning mohiyati va tabiatini ham belgi- 
lovchi ta’siriga ishora qiluvchi dunyoqarash hisoblanadi.
Tarixiy-sivilizatsion jarayonda 
teotsentrizm
ta’limoti ham 
muhim rol o‘ynagan. U oliy, g‘ayritabiiy mavjudotni dunyoning 
asosiy va eng muhim omili deb e’lon qilgan. Bu borada tarixda 
juda chiroyli, ezgu niyatli va kuchli odamlar yashagan Atlan- 
tida haqida o‘ta jozibali afsona mavjud. Bu afsonada aytilishicha
Atlantida jannatmakon bir joy bo‘lgan, unda odamlar baxtiyor 
yashar ekanlar. Afsuski, atlantlarning har biri o‘zini o‘ylab, o‘z
177


farovonligi haqida qayg‘urib, o'zlashtirgan bilimlaridan shaxsiy 
maqsaddagina foydalanib, olamda insondan ulug‘roq jonzot yo‘q 
va har kim o‘ziga o‘zi qonun, deb hisoblay boshlagach, Atlantida 
inqirozga yuz tutgan emish.
Platon bu ideal davlatga Atlantika okeanidan geograflk o‘rin 
va tarixdan muayyan vaqt berdi — u 11500 yil oldin mavjud 
bo‘lganini qayd etadi. Platon 70 yoshga to‘lgach, Atlantida haqi­
dagi afsonani eslash fursati yetdi. «Timey» va «Kritiy» dialoglari- 
da Atlantida tarixi hikoya qilinadi. Platon o‘z bobosi Timeydan, 
Timey — otasining Solon ismli yaqin do‘stidan, Solon esa — davlat 
ishlari bilan Misrda bo‘lgan paytida shu yerlik kohindan eshitgan 
rivoyat to‘g‘risida so‘z yuritiladi: «To‘qqiz ming yil muqaddam 
sizlar Gerakl ustunlari (Gibraltar bo‘g‘ozi) deb ataydigan bo‘g‘oz 
ortida Atlantida degan katta orol bo‘lgan. Bu orolda qirollarning 
qudratli va ajoyib sulolasi yuzaga kelgan. Bu sulola juda ko‘p 
mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirishga harakat qilgan. Ammo bir 
nechta kuchli zilzilalar bu orolni qismlarga bo‘lib tashlagan, ke­
yinchalik u suv ostida qolgan va butunlay yo‘q bo‘lgan».
«Kritiy» dialogi manzarani quyidagicha to‘ldirish imkonini 
beradi. Xudolar Yerni o‘zaro bo‘lib olganlarida, donishmandlik 
ilohasi Afinaga Gretsiya, Atlantida dengiz xudosi Poseydonga 
tekkan. Poseydon orolda yashaydigan Kleyto ismli qizni sevib 
qolgan. Kleyto unga o‘nta o‘g‘il tug‘ib bergan. Bu o‘g‘illarning 
har biri keyinchalik orolning o‘z qismida hokimlik qilgan va faqat 
oliy hukmdor Atlas yoki yunoncha Atlantga bo‘ysungan. Atlan­
tida aholisi yuksak axloqiy me’yorlarni asrlar davomida saqlab 
kelgan. Lekin vaqt o‘tishi bilan ular juda izzattalab va ochko‘z 
bo‘lib qolganlar. Shunda Zevs ularni jazolashga qaror qilgan va 
orolni suvga g‘arq qilgan.
Atlantida haqidagi afsona katta ma’naviy mazmunga ega. U 
axloqiy nopoklikdan saqlanishga chaqiradi, ayni vaqtda, inson 
o‘z millatdoshlari va butun dunyo taqdiri uchun mas’ul ekani 
haqida ogohlantiradi.
Hozirgi adabiyotlarda kosmos tafakkuri yoki kosmik aqlni 
anglatuvchi 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish