A s o s L a r I toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini


Jamiyatning moddiy-ma’naviy hayoti



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/230
Sana25.05.2023
Hajmi3,11 Mb.
#943737
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   230
Bog'liq
Falsafa asoslari; Q.Nazarov va boshq. 2018

Jamiyatning moddiy-ma’naviy hayoti. 
Insonning moddiy 
ehtiyojlari oziq-ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vosi- 
talari, o‘zini himoyalash, zurriyot qoldirish kabilardan iboratdir. 
Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o‘zlikni anglash, dunyoqarash, 
donishmandlikka intilish, bilim, san’at, g‘oya, mafkura, go‘zallik, 
ma’naviy kamolot yolidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohi­
yati moddiy ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol 
namoyon bo‘ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida moddiy ehtiyojla­
rini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat va jamiyat mo­
hiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uyg‘unlashtirishga, 
tabiat va jamiyatni o‘z maqsadlariga mos ravishda o‘zgartirishga 
harakat qiladi. Ilm-fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy 
ehtiyojlarini qondirish quroli, muhim vositasi bo‘lib xizmat qila­
di. Inson yuksak ma’naviyat tufayligina o‘z ehtiyojlarini madaniy 
shakllarda oqilona va to‘laroq qondirish imkoniga ega bo‘ladi.
Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor 
berilayotganining sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy 
va m a’naviy hayoti kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari 
bilan uzviy bog‘liq holda vujudga keldi.
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi:
— kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun 
zarur bo‘lgan iqtisodiy shart-sharoitlar;
— oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, yoqilg‘i, kommuni- 
katsiya vositalari;
— moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirbosh- 
lash va iste’mol qilish;
— ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida amal qiladigan 
iqtisodiy munosabatlar majmuyi;
moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar.
Jamiyatning m a’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va 
inson to‘g‘risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar, g‘oyalar,
149


mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot vositalari, 
madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi.
Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotini boshqarish, kishilar 
o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar 
(davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim 
o‘rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning siyosiy-huquqiy jihatlari 
ham muhim. Kishilar tomonidan siyosiy va huquqiy bilimlar- 
ning chuqur o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi hamda 
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat rivoji, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlari 
qondirilishida mehnat, mulk va mehnatning ijtimoiy taqsimlani- 
shi beqiyos ahamiyatga ega. Mehnatni kishilarning qobiliyatiga 
qarab ijtimoiy taqsimlanishi natijasida muayyan kasb-kor bilan 
shug‘ullanadigan toifalar, guruh, qatlam va sinflar vujudga ke­
ladi, ular jamiyat strukturasida o‘ziga xos o‘rin egallaydi, jamiyat 
taraqqiyotiga muayyan hissa qo‘shadi.

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish