Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/83
Sana20.05.2023
Hajmi1,87 Mb.
#941637
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83
Sakkokiy
(XIV asrning ikkinchi yarmi - XV asrning birinchi yarmi) 
Samarqandda Xalil Sulton (1405-1409) va Ulug‘bek hukmronligi davrida yashab, 
ijod etgan. Alisher Navoiy uning ijodiga yuksak baho bergan: «...turk alfozining 


84 
bulag‘osindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiy rahimahumollohkim, birining shirin 
abyoti ishtihori Turkistonda bag‘oyat va birining latif g‘azaliyoti intishori Iroq va 
Xurosonda benihoyatdurur». Shoir g‘azallari va qasidalari devon qilib to‘plangan 
bo‘lsa-da, to‘liq nusxasi bizgacha yetib kelmagan. Mazkur devon Britaniya muzeyi 
va O‘zbekiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Britaniya muzeyidagi 
nusxada 13 ta qasida, 57 ta g‘azal, Toshkentdagi qo‘lyozmasida 13 qasida, 52 
g‘azal bor.
Sakkokiy ham Atoiy kabi xalq tili unsurlaridan ustalik bilan foydalanib, 
original tasviriy vositalar yaratishga intiladi. U tazod, tanosib, jonlantirish, laf va 
nashr kabi usullardan foydalanadi, o‘xshatish, mubolag‘a, majoz va boshka
turdagi tasviriy vositalarga murojaat qiladi. Natijada xalq og‘zaki ijodiga xos
bo‘lgan xalq, qo‘shiqlari uslubida g‘azallar yaratdi. Jumladan, shoirning 
ma’shuqaning turli sifatlariga doir 
ishq shohining elchisi, kaffor ko‘z, qon 
to‘kuvchi g‘amza, bulbul begi 
singari o‘ziga xos o‘xshatishlari mavjud.
Sakkokiy tuyuq janrida asarlar bitmagan bo‘lsa-da, yozgan g‘azallari- dan 
uning so‘z o‘yiniga usta shoirligi ko‘zga tashlanadi. U xalq maqollari bilan o‘z 
g‘azallarining mazmunini ham, tilini ham boyitdi. Sakkokiy siyosiy lirikaning
adabiy janri bo‘lgan qasida yozish sohasida ham qalam tebratdi. Ma’lumki, 
qasida davlat arboblariga, siyosiy va harbiy voqealarga bag‘ishlab yoziladi. 
Ulug‘bekka atab yozgan qasidalarida shoir uning ilmiy va siyosiy faoliyatini 
maqtaydi. Ulug‘bekni «Sulaymoni zamon», «No‘shiravon», «Shubon», «Atodin 
mehribon», «Xurshidi zamon» kabi sifatlar bilan ulug‘laydi. Qasidaga xos bunday 
uslubni Sakkokiydan keyingi shoirlar ham davom ettirdilar. Sakkokiy asarlarida 
uza, ustida, uchun, birla, yanglig‘, aro
kabi ko‘makchilar qayd etilgan.
O‘ziga xos tomoni shundaki, shoir asarlarida qadimgi va eski turkiy 
manbalarda ishlatilgan leksik birliklar istifoda etilgan: 
tangri, ev, yerin, elchi, 
arslon, ilik, asig‘, yag‘mo, mengiz. 
Atoiy tilida arabcha, fors-tojikcha so‘z va 
iboralar talaygina. Masalan: 
ko‘hkan
- tog‘ qo‘poruvchi, 
jonkan
- jon oluvchi, 
zulf, 
buzurg, paykon, ravon, g‘orat, la’l, nazir, fath, ummat, mutlaq
va hokazo. 


85 
Bundan tashqari, o‘tgan zamon sifatdoshi -mish affiksini qo‘shish orqali 
yasalgan: 
bilmamish, almish
. Ma’lumki, bu qo‘shimcha O‘rxun-enasoy
yozuvlarida ham, undan keyingi yodnomalar tilida ham keng qo‘llanadi. 
Ravishdosh -ib, -guncha, kelasi zamon -gay, -g‘ay qo‘shimchalari bilan hosil 
qilingan: 
ko‘rsatib, solib, yuruguncha, tingay, qilg‘ay.
Jo‘nalish kelishigi -ga, g‘a, 
-qa, -na, tushum kelishigi -ni, -n, chiqish kelishigi -din affikslari yordamida 
ifodalangan: 
manga, qayg‘ug‘a, chiqmoqqa, devonalarni, bag‘rin, lashkarin, 
ag‘zina, o‘qina, qayg‘udin
.
Umuman, Sakkokiy ham o‘zbek adabiy tilini taraqqiyotiga samarali 
ulush qo‘shgan shoirlardan biridir. 
Lutfiy
o‘zbek adabiyotining‘ yirik siymolaridan biri, 1366 (yoki 1367 
yilda) Hirotda tug‘ilgan. Shoir 99 yil umr ko‘rgan, shu davrda Xuroson va 
Mavoraunnahrda yuz bergan juda ko‘p tarixiy voqealarning guvohi bo‘lgan. Lutfiy 
eng yirik zullisonayn shoir sanaladi. Alisher Navoiyning ta’kidlashicha, “o‘z
zamonining malik-ul kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo‘q erdi”. Lutfiyning
butun faoliyati o‘zbek adabiyoti, o‘zbek adabiy tili rivojiga qaratilgan. 
Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” nomli tarixiy asarini fors-tojik tilidan 
o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Lutfiyning o‘zbek tilidagi she’rlari o‘z davrida devon 
holiga keltirilgai va juda mashhur bo‘lgan. Bizgacha shoirning XVI-XX asrlar 
mobaynida ko‘chirilgan turkiy devonining 33 qo‘lyozma nusxasi yetib kelgan 
bo‘lib, ular Toshkent, Dushanbe, Istanbul, Tehron, London, Parij, Sankt-Peterburg 
kutubxonalari va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi. E.Ahmadxo‘jaevning aniqlashi, 
shoir qalamiga mansub mavjud she’rlarning umumiy miqdori 2775 bayt yoki 5550 
misradan iborat. Ularning katta qismi (2086 bayti) g‘azal janrida yozilgan. 
U xalq jonli tilidan foydalanib, yangi-yangi badiiy til vositalarini va original 
bayon etish uslubini yaratgan:
Ey yuziga baqsalar, o‘larmen,
Xurshidni, netay, yoshursa bo‘lmas.
Hayot suyig‘a eltib, suvsiz kelturdi meni,


86 
Dudag‘ingiz ne balo ol ko‘rguzdi. Mazkur she’riy parchalarda “Oyni etak bilan 
yopib bo‘lmas”, “Daryoga olib borib suvsiz keltirdi” maqollari misralarga 
singdirib yuborilgan. Bundan tashqari, Lutfiy she’rlarida xalq tiliga xos bo‘lgan 
yumor, qarg‘ish kabilar ham o‘rinli ishlatilgan:
Lutfiyni kim qarg‘adi “yorab balog‘a uchra” deb,
Kim, seningdek tosh bag‘irlik dilrabog‘a uchradi.
Bu davrda sinonimik qatorlar hosil qilishda fors-tojik, arab tillaridan kirgan 
so‘zlar ham ishtirok etgan. Shoir bunday sinonimlardan ham ustalik bilan
foydalangan: 
yov, yog‘i, xasm, dushman, lab, dudag‘, erin, yuz, oraz, vasl, jamol
.
Lutfiy o‘zbek mumtoz lirikasining original janri bo‘lgan tuyuqni mukammal 
egallagan edi. Bunda shoir omonim so‘zlarga murojaat qilgan:
Ko‘ngluma har yonki, boqsam dog‘i bor, 
Har necha dardimni desam, dog‘i bor. 
Qilcha tanga bari ishqing yor edi,
Biz sari bo‘ldi firoqning dog‘i bor.
Lutfiy asarlari leksikasining 55 foizdan ortig‘ini turkiy so‘zlar tashkil 
etadi. Shoir ijodi uchun leksik jihatdan qo‘yidagilar ham xarakterliki, qadimgi 
turkiy tilga doir so‘zlari uchraydi: 
ilik, ulus, qamug‘, irin, ujmog‘, ev, cherik, 
yazuq, yandi
(qaytdi) singari.
Morfologpk jihatdan qo‘yidagilar xarakterlidir.
1. Jo‘nalish kelishigining -a, -ka, -ga, -na, -qa, -g‘a affikslari mavjud: 
bo‘ynima, 
qashina, eshikka, yerga, g‘aripg‘a
. Tushum kelishigi -ni -i, -in, chiqish kelshigi -
din qo‘shimchalariga ega: 
g‘amzasini, ma’murimi, afsonasin, ilikingdin

zorimdin

Qaratqich kelishigi ning -ing shakli XI asrdayoq -ning shakliga o‘tgan bo‘lsa-da, 
Lutfiyda -ing shaklida uchraydi. Bu kelishik ko‘shimchasining taraqqiyoti haqida 
professor Bogorodiskiy tubandagicha fikr bildiradi: “-ning dastlab -ing shaklida 
bo‘lib, XI asrda kishilik olmoshlarining I-II shaxs birligidagi n tovushining -ing:
affiksiga qo‘shilishi natijasida -ning hosil bo‘lgan. Bu “morfologik qayta analiz” 
sanaladi”. N tovushi qaratqich kelishigi qo‘shimchasi bo‘lgan -ing affiksiga 


87 
o‘tishi bilan birga, kishilik olmoshlarining o‘zida ham saqlangan. -Ing shakli 
hozirgi o‘zbek tilining Qorabuloq shevasida ham uchraydi. 
Ma’lumki, bu holat ko‘pgina darslik va kitoblarda boshqacha ta’riflanadi. 
Ya’ni agar kishilik olmoshlar I-II shaxs birligiga qaratqich kelishigi qo‘shilsa, -ing
qo‘shimchasi tushib qoladi, deb noto‘g‘ri izoh berilgan, haqiqatda esa uniig 
qadimgi shakli namoyon bo‘ladi.
2. Otlarning egalik qo‘shimchalari -um-ung affikslari bilan beriladi: 
ko‘nglum, qulung
. Ot yasovchi -lik affiksi ba’zan -lig‘, -luk; ayrim hollarda -lik 
shaklida uchraydi: 
shodlig‘, qoronguluk, nozuklik
.
3. Buyruq maylining -sun, -guz, istak maylining -qay, -g‘ay, -gay shakllari 
kuzatiladi: 
ko‘rsun, ko‘rguz, topqay, bergay, borg‘ay.
Ravishdosh -ub//ib, 
sifatdosh -g‘on ,-qan,-gan, -mish, -an affikslari bilan yasalgan: 
to‘kib, olib, 
buzulg‘on, yaratqan, bo‘lmish, qilmish, qilan, alan.
O‘xshatish bildiruvchi dek//tek
qo‘shimchalari parallel qo‘llangan: 
nortek, hurlardek
kabi.
4. Olmosh kategoriyasiga mansub 
an, o‘shul, ul
kabi kishilik va ko‘rsatish 
olmoshlari ishlatilgan. Shu bilan birga, 
barcha, men, sen
kabi hozirgi ko‘rinishlari 
ham bor.
5. Lutfiy ijodida 
birla
(bilan, ila, bila, la), 
kibi, ichra, uzra
singari yordamchi 
so‘zlar; 
erdi, erur
kabi to‘liqsiz fe’llar ham faol ishlatilgan. Xullas, Lutfiy ijodida 
adabiy til taraqqiyotining yangi davr boshlanganini ko‘ramiz. Shoir o‘z ijodi bilan 
Navoiy kabi o‘zbek adabiy tili asoschisining yetishuviga ma’lum darajada zamin 
tayyorladi. 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish