Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/83
Sana20.05.2023
Hajmi1,87 Mb.
#941637
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Savol va topshiriqlar 
 
1.
O‘zbek adabiy tili rivojida Atoiyning o‘rni.
2.
Atoyi ijodida maqol va tuyuqlarning ifodalanishi. 
3. Gadoiy she’riyatining lisoniy xususiyatlarini bayon qiling. 
4. Sakkokiy ijodida xalq tili unsurlarining aks etishi.
5. Lutfiy ijodi - adabiy tili taraqqiyotida yangi davr.


88 
6. Lutfiy she’riyatining morfologik jihatlari xususida fikr yuriting.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Жумаев А. ХV аср номалари тили лексикасининг қиёсий таҳлили. 
Филол. фан .ном. ...дис. автореф. –Т., 1994. 
2. Мухторов Ж., Санақулов Ў. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т. 
Ўқитувчи. 1995. 
3. Рафиддинов С. Мавлоно Атойи. Девони шайхзода Атойи. - Т.: Фан, 
2008.
4. Турсунов У., Ўринбоев Б., Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи. - Т.: 
Ўқитувчи, 1994. 
5. Рустамов М. Гадоий девони тилининг лексикаси. Филол. фан. н-ди. 
дисс. –Т., 1989. 
8-MAVZU: ALISHER NAVOIY 

 O‘ZBEK ADABIY TILINI MUMTOZLIK 
DARAJASIGA KO‘TARGAN SIYMO 
 
Reja 
1.
 
Alisher Navoiy – o‘zbek adabiy tilining asoschisi 
2.
 
Alisher Navoiy va o‘zbek xalq shevalari 
3.
 
Navoiy asarlarining til xususiyatlari 
4.
 
“Muhokamatul lug‘atayn” o‘zbek tilining ilmiy grammatikasi 
sifatida 
 
Ma’lumki, o‘rta asrda G‘arbiy Ovrupada lotin tili sharqiy va janubiy 
slavyanlarda cherkov-slavyan tili xalqaro til hisoblanganidek, musulmon sharqida 
arab tili xalqaro til sifatida qo‘llanilgan. O‘rta Osiyoning mashhur olimlari: Ibn 
Sino, Xorazmiy, Beruniy va boshqalar o‘z asarlarini arab tilida yozdilar. Hatto XI 
asrning yirik turkshunos olimi Koshg‘ariy ham «Devonu lug‘otit turk» asarini shu 
tilda bitgan. Biroq X asrda «dariy» yoki «forsiy» deb atalgan til ham mavjud 
bo‘lib, u somoniylar davrida badiiy adabiyotda keng o‘rin egalladi. Shu tufayli 


89 
Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy (3141-1203) «Layli va Majnun» dostonining 
kirish qismida o‘z asarlarini ona tilida emas, balki fors tilida yozishga majbur 
bo‘layotganini qayd qilgan.
XI 
asrda 
o‘zbek tilida original va tarjima asarlari yaratgan 
o‘tmishdoshlarining tajribalarini davom ettirgan Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Amiriy, 
Gadoiy va Yaqiniy kabi iste’dodli shoirlar o‘zbek adabiyotini ravnaq toptirish 
bilan birga, o‘zbek adabiy tili taraqqiyotiga ham katta hissa qo‘shdilar. Ammo 
Navoiy «Majolisun nafois»ning ikkinchi bobida ko‘rsatganidek, turkigo‘y shoirlar 
son jihatidan nihoyatda oz edi: 90 shoirdan 16 tasi turkiguy ekan. Bundan tashqari, 
ko‘pgina o‘zbek shoirlari, Navoiyning ta’kidlashicha, o‘zbek tilining boyliklari va 
keng imkoniyatlaridan foydalanishga kam e’tibor beradilar. Qolaversa, shoir 
«Muhokamatul-lug‘atayn» asarida o‘zi to‘g‘risida gapirib, she’r yozishni fors tilida 
boshlaganini aytadi. Lekin tushunish yoshiga yetib, turkiy til haqida fikr yuritish 
ehtiyoji tug‘ilgach, uning ko‘z o‘ngida zebu ziynatlari son-sanoqsiz o‘n sakkiz 
ming olamdan ortiq olam namoyon bo‘lgani, fazilat va yetuklikda chek-chagarasi 
bo‘lmagan to‘qqiz falakdan ortiq falak ko‘rgani, dur va gullari yulduzlardan 
ravshanroq xazina va gulshan uchratgani, ammo bu olamga hech kimning qadami 
yetmagani va qo‘li tegmagani haqida yozadi: 
Chun mazkur bo‘lg‘on qoida bilakim, 
ado topti – mayl forsiy sari bo‘ldi. ... o‘n sakkiz ming olamdin ortuq, anda zebu 
ziynat; va sipehre tab’ga ma’lum bo‘ldi, to‘qquz falakdin ortuq, anda fazlu rif’at; 
va maxzane uchradi, durlari kavokib gavharlaridin raxshandaroq; va gulshane 
yo‘luqti, gullari sipehr axtaridin duraxshandaroq; harimi atrofi el ayog‘i 
yetmakdin masun va ajnosi g‘aroyibi g‘ayr ilgi tegmakdin ma’mun. Ammo 
maxzanining yiloni xunxor va gulshanining tikani behaddu shumor. Xaylga 
keldikim, hamonoki, bu yilonlar neshi nashtaridin tab’ ahli xiradmandlari bu 
maxzandin bahra topmay o‘tupturlar va ko‘ngulga andoq evruldikim, go‘yo bu 
tikanlar sarzanishi zararidin nazm xayli guldastabandlari bu gulshandin bazm 
tuzgucha gul iliklay olmay yo‘l tutubdurlar.
Shu tariqa, «Bu til dag‘al, unda yuksak 
san’at asarlari yaratib bo‘lmaydi», degan fikriga zarba berish, o‘zbek tilining 
yashirinib qolg‘an xazinalarini ochish va uni ilm ahliga, she’r muxlislariga 


90 
tushuntirish kabi muhim vazifani Alisher Navoiy ko‘tarib chiqdi. Bobur 
aytmoqchi, “Аliserbek naziri yoq kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytubturlar, 
hech kim oncha ko‘p va xo‘b aytqon emas”
17
. Binobarin, Yassaviy, Rabg‘uziy, 
Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy singari adiblar adabiy tilning boshlovchilari 
sanalsa, hazrat Navoiy bu tilni kamolotga yetkazdi, yuksak cho‘qqiga olib chiqdi. 
Arab tili ilmiy til, fors-tojik tili badiiy adabiyot tili sifatida shuhrat topgan bir 
paytda 30 tan ortiq asarini o‘zbek tilida yozib, o‘zbek mumtoz adabiy tilini har 
tamonlama asoslab berdi. 
Ikkinchidan, Navoiygacha bo‘lgan adabiy til tarqoq holda edi, o‘g‘uz, 
qipchoq, o‘g‘uz-qipchoq, qarluq kabi. Navoiy katta hududdagi lahjalarni 
birlashtirib, yagona adabiy til holiga keltirdi, uning tepasida o‘zi turdi. Mazkur til 
uzoq yillar davomida o‘zbeklar va atrofdagi boshqa turkiy tillar uchun adabiy til 
sifatida xizmat qildi. Ayni paytda, mutafakkir “Farhod va Shirin” dostonida ushbu 
til Xitoydan Xurosongacha, jumladan, Sheroz va Tabrizgacha tarqalgani haqida 
ma’lumot berib o‘tadi. 
Uchinchidan, so‘z mulkining sohibqironiga qadar biror ijodkor til nazariyasi 
bilan shug‘ullangan emas. Shoir umrining oxirgi paytlarida juda katta hayotiy va 
ijodiy tajribasini sarhisob qilayotgan davrida, ya’ni 1499 yilda yozilgan 
“Muhokamatul - lug‘atayn” risolasida mutafakkir oltoy tillari oilasiga kiruvchi 
turkiy, ya’ni o‘zbek tili bilan hind-yevropa tillariga mansub sart (forsiy) tilini 
fonetik, leksik va grammatik jihatdan solishtirib, chog‘ishtirma tilshunoslikka asos 
soldi.
“Muhokamatul-lug‘atayn” asari dastlab so‘z ta’rifi bilan boshlanadi: so‘z 
go‘yo durdur. Durnining joylashish o‘rni dengiz tubi bo‘lsa, so‘zning joylashishi 
o‘rni ko‘ngil (xotira)dir. Dur g‘avvos yordamida dengiz tubidan tashqariga 
chiqarilib, jilvalantirilsa va g‘avvosning qiymati javharni jilvalantira olish 
qobiliyatiga qarab belgilansa, so‘z sohibi ixtisos tomonidan ko‘ngildan tashqariga 
olib chiqiladi va notiqnining qiymati so‘z qo‘llash mahoratiga, uni jilvalantirish 
qobiliyatiga qarab belgilanadi. Dengiz qa’rida harakatsiz imkoniyat tarzida turgan 
17
Заҳириддин Муҳаммад Бобур. Бобурнома. – Тошкент: Юлдузча, 1989. -Б.153.


91 
durlar g‘avvos yordamida harakatga keltirilsa, ko‘ngil tubidagi imkoniyat tarzidagi 
so‘zlar ham so‘zlovchi tomonidan nutqiy jarayonda o‘z jilvasini topadi
18
. Bundan 
ko‘rinadiki, nemis tilshunosi Vilgel’m Gumbol’dt va shveysariyalik olim F.de 
Sossyurdan ancha oldin til va nutq hodisalarini bir-biridan farqlagan. Achinarli 
tomoni shundaki, yaqin-yaqingacha til va nutq munosabati, bu ikki hodisani bir-
biridan farqlash nomlari zikr etilgan olimlar lingvistik ta’limotining asosini tashkil 
kiladi deb hisoblab kelinar edi.
Eski o‘zbek adabiy tilining 

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish