Eli turkdur. Shahri va bozorlarida
turkiy bilmas kishi yo‘qdir. Elining lafzi qalam (badiiy adabiyot) bilan shuhrat
topgan. Ne uchunkim (ajablanarlisi) Mir Alisher Navoiyning tasniflari (asarlari)
Hiriyda yuksaklikka erishgan bo‘lishiga qaramay, ushbu tilda (Farg‘ona va Hirot
adabiy muhitida amal qilgan yagona adabiy tilda)dir
». Darhaqiqat, Navoiy
asarlari tilini biror shevaga bog‘lash mumkin emas, u temuriylar saltanati,
qolaversa, musulmon turk ellarida qo‘llangan adabiy tilda ijod qildi va unga
yetakchilik qildi. Buni “Lisonut tayr” asarida uning o‘zi ham ta’kidlagan edi:
Turk nazmida chu men tartib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
19
Ma’lumki, Navoiygacha ham ikki tillilik keng tarqalgan edi. Xorazmiy,
Atoiy, Lutfiy va boshqa shoirlar har ikki tilda ijod qildilar. Ammo bu hol tojik
shoirlarida uchramas edi. XV asr o‘rtalaridan boshlab Navoiy ta’sirida fors-tojik
adabiyotida ham turkiguylik paydo bo‘ldi. Navoiyning dastparvarlaridan
Kamoliddin Binoiy, Badriddin Xiloliy, Davlatshoh Samarqandiy, Zayniddin
Vosifiylar birinchi bo‘lib o‘zbekcha she’r yozganlar. Bu davrda Navoiy o‘zbek
adabiyotini yuksak darajaga ko‘tarish bilan o‘zbek tilining tarakqiyotiga ham
salmoqli hissa qo‘shdi. Navoiyning «Lison ut-tayr» asarida 5004 ta
20
, Navoiy
asarlari tilida 26035 ta
21
, 1400 ga yaqin qadimgi turkiy va eski turkiy tilga oid
so‘zlar mavjudligi
22
aniqlangan. 1983-1985 yillar yaratilgan to‘rt jildlik Navoiy
19
Содиқов Қ. Туркий ёзма ёдгорликлар тили: адабий тилнинг юзага келиши ва тикланиши. – Тошкент, 2006.
– Б. 72.
20
Ҳамидов З. Лексико-семантическое и лингвопоэтическое исследование языка «Лисан ат-тайр» Алишера
Навои. . Автореф. дис. ...канд. филол. наук. –Т., 1982. –С. 3.
21
Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. –Т.:ФАН, 1983. –Б. 19.
22
Эгамова Ш. Алишер Навоий асарлари тилидаги қадимги туркий лексика тадқиқи. –Т.:Фан, 2008. –Б. 25.
94
asarlari izohli lug‘ati XV asr o‘zbek adabiy tili leksikasining 98-99 foizini tashkil
etadi.
Shoir asarlarining tovush tarkibi borasida turli fikrlar mavjud. Professor
A.Borovkov Navoiy tilida 8 unli bor deydi:
1. I — indeferent «i»
2. e — yarim keng «e»
3. a — orqa qator «a»
4. a— old qator «a»
5. u — orqaqator «u»
6. u — old qator «u»
7. o— orqaqator «o»
8. o— old qator «o»
A.Щerbak Borovkov tan olgan old qator «a» unlisini old qator va orqa qator
«i» (і+і) shaklida mavjud deb, eski o‘zbek tilida 8 unli bor deydi. Navoiy
asarlarining fonetik-morfologik xususiyatlarining tadqiqotchisi, akademik Alibek
Rustamov eski o‘zbek tilida 9 unli fonema borligini ko‘rsatadi. Uning fikricha,
Navoiy tilida ochiq «o» unlisi bor (o), «a» unlisi esa indeferent bo‘lib, «i» unlisi
qatorga qarab emas, balki cho‘ziqlig‘i bilan farqlanadi. Q.Sodiqov shoir asarlarida
10 ta unli qo‘llanishda bo‘lganini qayd etadi: a, ä, ā, e, i, ï, o, ö, u, ü.
Shoir asarlarida hayotning turli sohalariga tegishli qator turkiy so‘zlar
ifolalangan:
1. Oziq-ovqat nomlari:
qatlama, bulamiq, qurut, qimiz, suzma, quymaq,
bo‘za, tutmach, umach, ko‘mach, mantu
.
2. Chorvachilikka oid so‘zlar:
arg‘umaq, toy, g‘unon, tulan, chirg‘a,
lang‘a, jibildir, to‘qum, chilvir
kabilar.
3. Kiyim-bosh nomlari:
dastor, qalpoq, to‘ppi, shirdoq, jalak, qur, terlik.
4. Hayvon nomlari:
kiyik, to‘ng‘uz, huna, qilchaqchi, suyqun, bug‘u, maral,
ohu, g‘avazn, huk, guraz
kabilar.
Navoiy asarlari tilida bir qancha arxaizmlar uchraydiki, ular O‘rxun-Yenisey
manbalari, «Qutadg‘u bilig», «Devoni lug‘otit turk», «Qisasi Rabg‘uziy»,
95
«Muhabbatnoma», «Xisrav va Shirin» kabi asarlarda ham mavjud:
qamuq
-
hamma,
arig‘
–toza
Ug‘an
- xudo,
o‘kush
- ko‘p,
o‘ksuk
- kam,
bitik
- yozuv, xat
singari.
Ta’kilash joizki, Navoiy so‘z o‘zlashtirish, boshqa tillardan so‘z olish
masalasiga ham e’tibor qaratadi. Qolaversa, shoir ijod qilgan davrda arab tili ilm-
fan, forsiy esa badiiy adabiyot tili darajasiga aylanib ulgurgan edi. Shuning uchun
ham Navoiy o‘z asarlarida arabi va forsiy so‘z va iboralarni ko‘plab qo‘llagan va
buni tabiiy hol deb bilgan. O‘z asarlariga nom qo‘yishda ham an’anaga muvofiq
arabcha so‘z va ifodalardan foydalangan. Bundan anglashiladiki, ijod jarayonida
Navoiy hal qilgan lisoniy muammolardan biri — boshqa tillardan so‘z olish
muammosi — birinchi navbatda arab tiliga aloqador bo‘lgan. Bunda, hech
shubhasiz, shoirning Qur’on tilini mukammal bilganligi (uning arabcha lug‘at
tuzganligi ma’lum) katta o‘rin tutgan. Navoiy zamonida Movarounnahr va
Xurosonda forsiyning mavqei baland bo‘lgani, turkiyda ijod qilgan adiblar undan
andoza olgani uchun bu tildan turkiyga so‘z o‘zlashtirishga hech kim monelik
qilmagan. Shu bois Alisher Navoiyning poetik va ilmiy asarlari so‘z boyligining
taxminan 30-33 foizini arab tilidan kirgan so‘zlar tashkil qiladi. Fors-tojik leksik
zlementlari 18-20 foizgacha boradi
23
. Bahrom Bafoevning yozishicha, Navoiy
arab-fors tillaridan foydalanganda, ularning turkiy tilga o‘zlashib, singib
ketadiganlariga ko‘proq murojaat qiladi. Shu bilan birga, shoir har uch tilning
imkoniyatlaridan foydalanib, yangi ma’noli so‘zlar – neologizmlar yaratadi.
Alisher Navoiy yaratgan yangi so‘z, yangi ma’nolar turkiy tillar doirasidan chiqib,
fors-tojik tilining ham lug‘at fondini boyitgan
24
.
Navoiy fors-tojik tilida qaysi tur va janr, uslubda asarlar yozilgan bo‘lsa,
ularning hammasida o‘zbek tilida original asarlar yaratgan. Shu tariqa, shoir fors-
tojik, arab so‘zlaridan ham samarali foydalangan. Jumladan, fors-tojik tiliga xos
leksemalar, -iy, -sar, -nak, -vash kabi affikslari, izofa qurilmasi ko‘p ishlatilgan:
paykar
- gavda,
nihon
- yashirin,
maykada
– mayxona,
zindaniy
,
ko‘hsar
- tog‘lik,
dardnak, g‘amnak,
shahzodai parivash, sayiri falak, dahri fitna
. Shuningdek, shoir
23
Навоий ва адабий таъсир масалалари. – Тошкент: Фан, 1968. –Б. 254.
24
Бафоев Б. Навоий асарлари лексикаси. –Тошкент: Фан, 1983. –Б. 35.
96
asarlarida bir qancha arabcha so‘z va birikmalar mavjud:
bayzo
- oq,
barq
-
yashin,
vahdat
- birlik,
sahob
- bulut,
mutrib
– sozanda,
alqissa
,
fadjumla,
muqarribin, hadisot, kalimat, mahluqot, mushkilot
kabilar.
So‘zlashuv nutqiga xos sintaktik qurilmaning muallif gapi bilan kelgan
dialog shakli mavjud. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida esa dialog muallif gapisiz
qo‘llanadi:
Dedi: Qaydinsen ey majnuni gumroh?
Dedi: Majnun vatandin qayda ogoh.
Kelishik qo‘shimchalari hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi kabidir, lekin ba’zi
fonetik variantlariga ega: chiqish asosan -din, -tin tarzida qo‘llanadi: jonondin,
yiroqroqtin. Fe’lning masdar shakli -moq, -mak, sifatlarning qiyosiy darajasi -roq,-
rak qo‘shimchalari bilan yasaladi:
tuzmak, tirguzmak, torroq, buyukrak
.
Sifatdoshning -g‘uchы, -guchы, -kuchы,-kuchi, ravishdoshning -bon, -ibon
qo‘shimchalari mavjud.
Navoiy asarlarida g‘arbiy yoki o‘g‘uz tillariga xos bir qancha leksik va
grammatik belgilar ham ko‘zga tashlanadi:
ev
- uy,
o‘l
– bo‘l,
uyumoq
– uxlamoq.
Morfologiya jihatdan g‘arbiy turkiy tilga xos qo‘yidagi grammatik shakllar
uchraydi: -mish ko‘shimchasi bilan o‘tgan zamon sifatdoshi yasalgan:
o‘lmisham
-
bo‘ldim,
qilmamish
- qilmadi,
bog‘lamishmen
- bog‘ladim.
Hozirgi zamon fe’lining bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllari hozirgi ozarbayjon
tilidagi kabi:
boruram
- boraman,
o‘param
- o‘paman,
qilmam
-qilmayman kabilar.
Hozirgi zamon fe’lining birinchi shaxs birlik shakli ham o‘g‘uz tillariga xos
xususiyatni ifodalaydi. Masalan,
aytmon
- aytmayman,
bilmon
- bilmayman,
ayirman
- ajratolmayman. Xuddi shunday eski ozarbayjan tiliga xos masdarning
bo‘lishsiz shakli kuzatiladi:
olmamog‘
- olmaslik,
urmamog‘
- urmaslik,
bermamog‘
-bermaslik singari.
Alisher Navoiy «Chor devon», «Xamsa», «Mahbub-ul qulub», «Majolisun
nafois», «Mezon-ul avzon» kabi asarlari bilan o‘zbek adabiy tilini amaliy jihatdan
isbotlagan bo‘lsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |