Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон



Download 1,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/83
Sana20.05.2023
Hajmi1,87 Mb.
#941637
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83
3.
 
Lutfiy asarlarining tili va uslubi 
4.
 
Gadoiy she’riyatining tili 
 
Atoiy
o‘zbek adabiyotining Navoiyga qadar yetishgan atoqli namoyanda- 
laridandir. Yassaviy avlodidan. XIV asrda Samarqand, Buxoro va Balxda 
yashagan. Turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur o‘rgangan. Turkiy va fors 
tillarida ijod qilgan. Navoiy «Majolis un-nafois» asarida shoir hayoti va ijodi 
haqida to‘xtalib, shunday yozadi: «Mavlono Atoiy Balxda bo‘lur erdi. Ismoil ota 
farzandlaridindur, darveshvash va xushxulq, munbasit (ochiq chehrali) kishi erdi. 
O‘z zamonida she’ri atrok (turkiy tilda so‘zlovchilar) orasida ko‘p shuhrat tutti. Bu 
matla’ aningdurkim:
Ul sanamki suv yaqosinda paritek o‘lturur,
G‘oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo‘lur”. 
Shoir ijodi bizgacha to‘la yetib kelmagan. Devonining taxminan XVI asrda 
ko‘chirilgan, 260 g‘azalni o‘z ichiga olgan qo‘lyozma nusxasi Sankt-Peterburgda 
saqlanadi. Tanlangan asarlari 1958 va 1960 yillarda e’lon qilingan. Shoir 
devonining to‘liq va mukammal nashri 2008 yilda S.Rafiddinov tomonidan amalga 
oshirilgan. 
Atoiy adabiy merosi bilan tanishar ekanmiz, uning xalq og‘zaki ijodini 
yaxshi bilganligi va ulardan ijodiy foydalanganini sezamiz. Atoiy xalq
qo‘shiqlarining tili soddaligi, ravonligi va musiqiyligidan ilhomlanadi hamda uni 
o‘rganadi. U o‘zining 260 ta g‘azalidan 109 tasini xalq qo‘shiqlariga hamohang 
yaratgan. Bu narsa uning xalq tili boyliklaridan bahramand bo‘lib, ijod etganligini 


82 
ko‘rsatadi. Atoiy xalq maqollariga katta e’tibor beradi. Ularning mazmunini
she’riy misralarga singdiradi:
Bo‘ldi bag‘rim suv g‘amingdin, yaxshiliq, sal sug‘a, 
Axir, ey gul, xirmonni, albatta, zar ekkan o‘rar. 
Bundan tashqari, shoir omonim so‘zlar va turli birikmalar vositasi bilan
chiroyli so‘z o‘yinlari yasaydi va go‘zal mumtoz tuyuqlar namunasini yaratgan: 
Yuzingni, ey malohat xani, bir ach, 
To‘ya ko‘rsun seni bu mustaxiq ach. 
Atoiy asarlarining tili Oltin O‘rda yodgorliklarining tilidan farq qiladi. 
Chunki Atoiyda qipchoq unsurlari ustun darajada. Shoir g‘azallarida jo‘nalish 
kelishigining -a, -ga (-gә, -kә), -qa, -na, tushum kelishigining -ni, -in affikslari 
uchraydi: 
ko‘nglumə, yuzinə, manga, alamg‘a, bahrina, qa’rina, xirmanni, 
hamdamin
. O‘rin-payt va chiqish kelishigi qo‘shimchalaridan oldin bir n tovushi 
ortgiriladi: 
lālazārыnda, yaqasinda, nāzuklikindin
. Sifatdosh yasovchi qo‘shimcha 
-g‘an, -an shakllarida uchraydi. Masalan: 
qilan, alan, qilg‘an, alg‘an
kabi. Buyruq 
fe’lining birinchi shaxs ko‘pligi fe’l negizlariga -aling affiksini qo‘shish orqali 
yasaladi: 
baraling, kelaling, alaling
va hokazo. Fe’lning buyruq maylining III 
shaxc birligi -sun bilan yasalgan: 
bo‘yamasun, to‘ya ko‘rsun
. Fe’lining orttirma 
nisbati -dur, -tur bilan hosil bo‘lgan: 
o‘ldur, uyoldur, keraktur, xaloyiqtur 
kabi. 
Atoiy g‘azallarida leksik jihatdan quyidagi so‘zlarni uchratish mumkin: 
ukush
- ko‘p, 
arig‘
- toza, 
baqmaq,
meng
- xolning kattasi,
qamuq
-hamma, 
asruk
- mast, 
dudoq
- lab, 
ajun 
- dunyo, neng - narsa, 
iydgoh
- sayilgoh kabilar. 
Shoir o‘xshatish va tashbehlardan unumli foydalangan: 
Ey begim, ushbu yuz degul, shams bila qamarmudur, 
Ey begim, ushbu so‘z degul, shahd bila shakarmudur. 
Umuman, Atoiy g‘azallari tilida XV asr boshidagi o‘zbek adabiy tiliga xos 
xususiyatlar uchraydi. 
XV asrdagi o‘zbek she’riyati namoyandalaridan biri shoir

Download 1,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish