Xusrav va Shirin
» dostoni Nizomiyning ayni
nomdagi dostoniga o‘xshatma tarzida yozilgan. Asarning yagona qo‘lyozmasi
1383-1384 yillarda Misrda ko‘chirilgan bo‘lib, 1914 yilda Parijdagi Fransiya
Milliy kutubxonasida topilgan. Oltin O‘rda xonlaridan biri Tinibekka
bag‘ishlangan mazkur asar 90 bobdan iborat. Obida tili «Devonu lug‘otit turk»,
«Qutadg‘u bilig», «Hibatul haqoyiq» asarlari lisoniy xususiyatlari bilan ayrim
umumiy tomonlarga ega. Shu bilan birga, Xorazm yodgorliklarining dialektal
asoslari shundaki, o‘g‘uz, qipchoq, uyg‘ur unsurlari sinonimik tarzda qo‘llanadi.
«Husrav va Shirin» asari ma’lum adabiy til an’anasi yuzaga kelgan paytda
yaratilgan. Bu davrda adabiy tilda endigina me’yorlar tizimi paydo bo‘la
boshlagan, ayni zamonda, qoraxoniylar davrida yaratilgan adabiy til an’anasining
ta’siri kuchli edi, chunki o‘sha davrda o‘zini olim va fozil sanagan har bir kishi
butun sharqqa mashhur bo‘lgan «Qutadg‘u bilig», «Hibatul haqoyiq» asarlarini
o‘rganmasdan, undan bahra olmasdan qolmasdi.
Ma’lumki, sanab o‘tilgan asarlar tilida ham qarluq, ham chigil
dialektlarining xususiyatlari aks etgan, Shu jihatdan ham «Xusrav va Shirin»
dostoni tilida qarluq lahjasi unsurlari bo‘lgan. Anglashiladiki, asar tili shevasi
xususida gap borar ekan, «dialektlar rang-barangligi» haqida emas, balki
o‘g‘uz-qipchoq shevasining qisman ta’siri haqida so‘z yuritish mumkin bo‘ladi.
Shu munosabat bilan yana bir faktga oydinlik kiritish maqsadga muvofiq. O‘zbek
adabiy tili tarixiga nazar tashlasak, XIV asrda endigina eski turkiy adabiy tildan
ajralib chiqa boshlagan eski o‘zbek adabiy tilining «qarluq-xorazm adabiy tili”,
«Chig‘atoy ulusi adabiy tili», «Oltin O‘rda adabiy tili» degan yorliqlar bilan
yuritilganini ko‘ramiz. Adabiy tilning turlicha nomlanishida, ayniqsa,
«Chig‘atoy», «Oltin O‘rda» nomlari bilan yuritilishida ilmiy asos yo‘q bo‘lib, u
ko‘proq davr siyosati bilan bog‘langan.
Doston tilida asosan 10 ta unli unli qo‘llangan: a, ā, ә, o, ө, u, ү, i, ы, e.
Bunda alif a, ā, i, ы, u, ү, o, ө unlilarini, yoy i, ы, e (e), ā, unlilarini, vov esa
77
u, ү, o, ӛ unlilarini, hoyi havvaz e, a unlilarini ifodalagan. Asar tilida
singarmonizm qonuniyati to‘la amal qilgan.
Emdi, opkeleri, qoyg‘l, ancha, bila
kabi so‘zlarida tanglay uyg‘unligi,
olluruңuz, ko‘rүңүz, turub
singari leksemalarda
lab uyg‘unligi saqlangan. Asarda “z” va “y” hodisasi paralel qo‘llangan bo‘lsa-da,
“z” holati ustunroq:
qazg‘u, azaq, bo‘z
(bo‘y).
Amir Najib dostondagi 5004 ta leksemaning 2500 tasi turkiy so‘z ekanini
qo‘rsatadi
16
. Doston leksikasida turkiy so‘zlar taxminan 65 foizni tashkil qilib,
quyidagi qatlamlar ko‘zga tashlanadi:
1. Turkiy-o‘zbek tiliga xos leksik birliklar:
qamug‘ -
barcha,
o‘kunch, ukush
- ko‘p,
tapug‘
- xizmat,
asig‘
– foyda,
ug‘an
– tangri va hokazo.
2. Mo‘g‘ulcha so‘zlar: ulus, qarshi - saroy va boshqalar.
3. Forscha so‘zlar. Doston tilida mazkur so‘zlarning bo‘lishi ikki
munosabat bilan izohlanadi, birinchidan, asar bevosita fors-tojik tilidan tarjima
qilingan; ikkinchidan, muallif yashagan vohada turkiy til fors-tojik tilini
allaqachon siqib chiqargan bo‘lsa-da, bu til unsurlari hali iste’molda edi:
ārām,
āzād, tāj, taxt, xasta, xumār
(maslik),
dushvār, rustā
(qishloq),
magar
kabi.
4. Arabcha so‘zlar. Arab tili unsurlari bevosita islom dini ta’siri hamda
fors-tojik tili orqali o‘zlashgan:
ajal, āxыr, ādam, asbāb, atrāf
,
imin
(tinchlik),
hukm, xazina, adl, falak, quvvat, qaysar, vasiyat
.
Asarda sinonimik qatorlar kuzatiladi:
ukush-telim
(ko‘p),
uzaq-alыs-yыraq
(uzoq),
el-ulus
(el),
azmaq-yanshmaq
(yanglishmok). Shuningdek, dostonda juft
so‘zlar ham qo‘llangan:
artы-arqasы, ash-su, altun-kүmүsh, ayaq-chanaq
(idish),
ichi-tashы, barыm-yoqыm
(mol-dunyo),
kөz-qulaq, malu tavar
(boylik),
artuq-
өksүk
(ortiq-kam).
Doston morfologiyasida, bir tomondan, eski turkiy til an’analari saqlangan,
ikkinchi tomondan, keyinchalik u eski o‘zbek adabiy tilida meyorga aylangan
morfologik shakllar bilan boyigan. Qaratqich kelishigi -im, tushum kelishigi
ba’zan -g /g‘ qo‘shimchasi bilan ham hosil qilingan:
menim, yerig
- yerni. Vosita
kelishigidan unumli foydalanilgan:
anin
- u bilan,
eligin
– qo‘li bilan.
16
Наджип Э. Историко-сравнительный словарь тюркских языков XIV века: на материале «Хосрау и Ширин»
Кутба. – М: Наука, 1979. –С. 48.
78
Asar tilida chiqish kelishigi -dan/-dәn, -din -dыn, -tin -tыn, jo‘nalish
kelishigini -kә\-qa qo‘shimchalari bilan berilgan:
bag‘dan, holimdin
,
ishkə,
sahrāqa.
Tartib son -nch, jamlovchi son -agu qo‘shimchasi orqali ifodalangan:
ikagu, uchagu, ikinch.
Fe’lning amaliy shakllarida hozirgi davrda mavjud bo‘lgan qo‘shimchalar
bilan birga qadimgi turkiy tilga xos bo‘lgan -ыg‘lы /-igli, -gan, -mish
sifatdosh, -u, -yu, -madin ravishdosh affikslari ham qo‘llangan:
o‘qыg‘lыlar,
ko‘rgan, aymish, aytu, o‘ynayu, so‘zlamadin.
Buyruq-istak maylining I shaxsida (birligi va ko‘pligi) -ay (ayin), -aling, -alim
(-g‘alim, -g‘aling), III shaxsida -su qo‘shimchalari qatnashgan: -
bo‘layin,
yopaling, baralim, alaling, kelsu
. Kelasi zamon fe’li birinchi shaxs bo‘lishsiz
shakli -man, shart mayli -sa tarzida keladi:
kelman, barman, bilman, alsang,
so‘zlasabiz, baqdisa.
Shunday qilib, «Xusrav va Shirin» dostoni o‘zbek adabiy
tilining o‘g‘uz – qipchoq lahjalarida yaratilgan yodgorlik sanaladi.
Xorazmiy o‘zbek adabiyotida nomachilik janriga asos solgan san’atkordir.
Ayni vaqtda she’riyatda ikki tillilikka ham asos solgan so‘z ustasidir. U
Jonibekning mahalliy beklaridan bo‘lgan Muhammad Xojabekning iltimosiga
ko‘ra hijriy 754, milodiy 1353 yilda mashhur
Do'stlaringiz bilan baham: |